Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Download 129.28 Kb.
|
DHN savollar javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. XV bob. Ommaviy axborot vositalari 67-modda.
- Elitar nazariya
XIV bob. Oila
63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. 64-modda. Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi. 65-modda. Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. XV bob. Ommaviy axborot vositalari 67-modda. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlatning mohiyatini aniqlash deganda, uning ma’no –mantig‘ini, ichki tabiatini, asl mazmunini, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyatlarini anglab yetish tushuniladi. «Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiy mantig‘ini, o‘zagini hokimiyat tashkil etadi, shuningdek, uning jamiyatga tegishli siyosiy tashkilot ekanligi ifoda etadi. Boshqacha aytganda, davlat mohiyati masalasi – davlat hokimiyati kimga tegishli, uni kim va qaysi manfaati yo‘lida amalga oshiradi, degan savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois bu muammo o‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi. Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va ularning yondashuvlari mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umumfarovonlik davlati nazariyasi, demokratik 54 (huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu yondashuvlarni alohida ko‘rib chiqaylik. Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uning tarafdorlari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalga oshirishga va jamiyatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati jamiyatning yuqori qismiga – elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitani almashtirib turadi. Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Darvoqe, bunda elita saflari xalq ommasi hisobiga, ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldirib borilishi mumkinligi ham nazarda tutilgandi. Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari bir qancha elitalar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida hokimiyat uchun kurash borishi, biroq xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazorat qilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar. Shubhasiz, ushbu nazariyaning nuqsonlari ham mavjud. Chunonchi, aholini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targ‘ib qiladi, hokimiyatning sinfiy tabiati butunlay inkor etiladi. Lekin ushbu nazariyaning ijobiy tomonlari ham yo‘q emas. Haqiqatan ham hokimiyat ishlarini olib borish amalda kishilarning g‘oyat cheklangan doirasi – deputatlar, davlat mahkamasi xodimlari tomonidan bajariladi. Muhimi – mazkur kishilar chindan ham xalq, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishlari kerak. Shu jihatdan xalq saylagan va o‘z nomidan vakil qilgan kishilarning elita xarakterini, ular faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin. Download 129.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling