Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Download 129.28 Kb.
bet8/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

Federativ davlat (lotincha “foederare” so'zidan olinib, “ittifoq bilan mustahkam-lash” ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat — teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi.Tarixda yirik davlatlar vujudga kelishining ikki yo`l boigan. Har ikki yo'l bir necha yoki ko'pchilik alohida davlatlaming birlashuvidan boshlanadi. Birinchi yo'l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yoii); ikkinchisi—unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy
qo'shilish yoii. Federatsiya tushunchasi haqida ko'pchilikning tasawuri va tushun-chasi noxolis yoki mavhum boiib, ayrimlaming fikricha, federatsiyaga birlashish go'yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeyi yuqori boigan davlatga qaram boiib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik davlatlaming tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775-yilda Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan. Federativ davlatlar yer yuzida kecha yoki bugun paydo boigan yangi davlat tuzilmasi boimay, balki uning vujudga kelish tarixi XVII asrning oxiri va XVIII asming boshlariga borib taqaladi. AQSH, Kanada, Meksika, Germaniya davlatlari shular jumlasidandir.Davlatlaming yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning tuzilishi shakli dastawal federatsiya boisa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi. Fransiya misolida ko‘-radigan boisak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat boigan alohida kichik mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir “kaptalat” va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichik davlatlaming barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o ‘zida unitar siyosiy shaklni
tashkil etdi. Federativ davlat tuzishning o‘ziga xos asoslari boiib, ulaming inkor
etilishi kelajakda bu kabi tuzilmaning barham topishiga olib kelishi mumkin: birinchidan, federatsiya tashkil etilishi uchun ikki yoki undan ortiq davlatlaming boiishi talab etiladi; ikkinchidan, davlatlar nisbatan uncha katta boimagan shaklda tuzilgan boiishi lozim, chunki federatsiyani markazdan turib boshqarish imkoniyati va unga qulaylik yaratilishi talab etiladi. Agar federatsiya tarkibida juda ko‘p davlatlar birlashtirilsa, bunday federatsiya samarasiz boiib qolishi mumkin; uchinchidan, shart -lashayotgan davlatlar bir-biriga haqiqatan ham strategik, ham xo‘jalik,ham siyosiy jihatdan aniq ehtiyoj sezishi lozim. Aslida ham federatsiya-ning yuzaga kelishida davlatlaming o‘zaro tabiiy ehtiyoji asosiy o ‘rin egallaydi.
Ehtiyojsiz birlashuv esa, o‘z navbatida, zo'ravonlik, bosqinchilik, qolaversa, buyuk davlatchilik shovinizmiga xos xususiyatdir; to'rtinchidan, xalqda o ‘z burchini anglash hissi tarbiyalangan, majburiyatlar va shartnomalarga xolis va sadoqat bilan qarash, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini bilish, davlat sifatida o‘zini o ‘zi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xalqlar bor joydagina federatsiya tuzish maqsadga muvofiqdir. Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal
darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federativ davlat o ‘z tarkibiga
kiruvchi subyektlarining qonun chiqaruvchi organlari, hukumati,alohida sud organlari kabi qator davlat tuzilmalarining ittifoqidan iborat bo‘ladi.Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat: Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali boiadi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiya-sida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud boiib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi. To‘rtinchidan, federatsiyaning oliy
qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega: quyi palata
butun mamlakatning manfaatini,yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi. Beshinchidan, markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatlari, bojxona tizimi mavjud boiadi. Oltinchi-dan, federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga— o ‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshligi, parlament, hukumat), o ‘z ramzlariga ega boiadi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyekt-lar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi.
Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy va milliy-hududiy federatsiya. Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo'yicha taqsimlash prinsipiga asoslangan. Bu qoidaga ko‘ra,hududi juda katta boigan dav-latlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya tuziladi.Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren bo'lmaydi. Subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan mahrum etilgan bo'lib, ulaming ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. Qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSH, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol bo'ladi.

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling