Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Download 129.28 Kb.
bet6/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

Sud hokimiyati — uch hokimiyatning biri, uning yuksak nufuzli huquqiy holati jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo'lishining asosiy shar-tidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi — fuqarolaming huquq va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat Hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’-minlash, qonunlami va boshqa normativ hujjatiarni ijro etish va qo'llashda qonu-niylik hamda adolat uchun kurashishdan iborat. Mustaqil 0 ‘zbekistonda davlat ho-kimiyatining taqsimlanishi real joriy etilishi bilan chinakam tom ma’nodagi sud hokimiya-tining qaror topishiga yo‘1 ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa-sudning davlat hokimiya-tining bir bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iy vakolatlar sohibi ekanli-gini tan olishdir. Jamiyat ijtimo-iy ongi sud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘ni-kishi lozim. Sud hokimiyati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonun-da o‘z aksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiq etiladi.0 ‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Ma’lum-ki, sobiq totalitar tuzum sharoitida sud ma’muriy-buyruqbozlik tizimining to‘qmo-g‘iga aylantirilgan edi. Odamlar ko‘z o‘ngida sud jazolovchi, qoralovchi, ozodlik-dan mahrum etuvchi organ sifatida gavdalandi. Endigi islohotlaming bosh vazifasi esa sudni adolat va haqiqat posboniga aylantirishdan iborat. Pirovardida sudga mu-nosabat tubdan o‘zgarib, unga hurmat shakllanishi lozim. Bu o‘rinda quyidagi so‘zlar muhim metodologik, yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega: “Xalq sudni faqat odamlami qoralaydigan, jazolaydigan,organ deb emas, aksincha ulaming haq-huquqlari va manfaatlarinihimoya qiladigan organ deb bilishi kerak. Bu o‘ta mu-him... Odamlar sud organlarini o‘zlarining himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak”1. Buning uchun sud organlari faoliyatining huquqiy asoslarini qadamba-qadam takomillashtirib borish zarur. Mazkur huquqiy asos sud va sudyalarning hokimiyatning boshqa barcha tarmoqlaridan haqiqiy mustaqilligini,sud qarorlarini qabul qilishda ulaming faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashi lozim. Bu huquqiy asos demokratizmni, xolislikni, sudning hammabop bo'lishini, sudning himoya doirasi kengayishini ta’minlashi lozim. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-iyunda “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. U 0 ‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan
kundan boshlab sud-huquq tizimida amalga oshirib kelinayotgan chuqur demokra-tik islohotlami davom ettiradi va huquqni qo‘llash hamda sud amaliyotini takomil-lashtirish, sud obro‘sini mustahkamlash, uning qonun ustuvorligini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini puxta himoya qilishga oid faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Qarorda belgilanganidek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida tashkil etilayotgan muassasa, awalambor, tadqiqot markazi hisobla-nadi va uning vazifasi Oliy sud organlari tizimida sud-huquq munosabatlarini
yanada isloh qilishning ikkita muhim yo'nalishini amalga oshirish — uni libe-rallashtirish va demokratlashtirish, shuningdek, sud hokimiyati mustaqilligini
ta’minlash holatini tadqiq etish hamda ular bo'yicha takliflar tayyorlashdan iborat2.
Yuqorida bayon etilgan barcha ijtimoiy-siyosiy,huquqiy va tashkiliychoratadbirlar jamiyatimizda sudning yuksak nufuzini ta’minlashga, uning samarali faoliyat yuri-tishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mustaqil, xolis, demokratik sud tizimini vujudga keltirish pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolaming huquq va erkinliklarini kafolatli muhofaza etishga xizmat qiladi. Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar katta mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim tarkibiga kiruvchi barcha bo'g'inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo'g'inda ro'y berayotgan o'zgarish va jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovli va kompleks yondoshish lozim. Ana shundagina islohiy kuch-g'ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar berishiga umid bog'lash mumkin3.

16.

Давлат тузилиши шакллари тушунчаси ва турларини муҳокама қилинг.




Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling