Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Download 129.28 Kb.
|
DHN savollar javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noan ’anaviy monarxiya
Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukmdor bilan birga davlat hokimiyatining oliy organlari — parlament, hukumat va boshqa organlar o'rtasida taqsimlangan bo'ladi. Parlament xalq tomonidan ko'ppartiyaviylik asosida saylash yo'li bilan shakllantiriladi. Hukumatni parlamentda ko'pchilik o'rin egallagan partiya tuzadi, xuddi parlamentar respublikada bo'lganidek, saylov natijalariga ko'ra hukumat parlament oldida hisob beradi. Eng ko'p deputatlik mandatiga ega bo'lgan partiya rahbari hukumatga boshchilik qiladi.Parlamentar monarxiyada hokimiyatning taqsimlanishiga amal qilinadi. Hukmdor siyosiy hayotda ishtirok etadi, lekin uning hokimiyat funksiyalari juda kam bo'lib, tantanavor marosimlar xususiyatiga ega
(hukumatning o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishini qabul qilish, xalqaro munosabatlarda davlat nomidan vakillik qilish, davlat nishonlarini taqdim etish va hokazo). Faqat ba’zi bir parlamentar monarxiya davlatlarida hukmdor qo'lida davlatni boshqarishning real vositalari mavjud (masalan, Buyuk Britaniyada qirolicha parlamentni tarqatib yuboradi, u ayni vaqtda, sud hokimiyati va cherkov boshlig'i hisoblanadi), lekin amalda hokimiyatni boshqarish vositalari qo'llanilmaydi. Qonunlami parla-ment qabul qiladi va monarx tomonidan imzolangach yuridik kuchga kiradi. Bunday imzolash ramziy ma’noga ega. Hozirgi vaqtda Yevropaning qator davlatlari parlamentar monarxiya shaklida faoliyat yuritmoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Norvegiya va boshqalar shular jumlasidandir. Noan ’anaviy monarxiya cheklangan monarxiya shakli sifatida ko‘p uchramaydigan davlat shakli bo‘lib, davlat boshqaruvi amaliyotida faol rivoj lan magan. Ushbu boshqaruv shakli monarxiyaning boshqa turlaridan farqli o ‘laroq, ayrim o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Noan’anaviy monarxiyada ham respublika, ham monarxiya shaklining elementlari uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Birlashgan Arab Amirligi yetti amirlik — Abu Dabi, Dubay, Shaija, Ajman, Umm ul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra’s ul- Xaymadan iborat bo‘lib, hokimiyatning oliy organi — amirliklaming shayxlaridan iborat Oliy kengash hisoblanadi. Mazkur kengash a’zolari 5 yil muddatga davlat boshlig‘i — Oliy amirni saylaydilar. Uning monarxiya boshqaruv shakliga xos xususiyati shundaki, Oliy amir faqatgina yetti amirlik rahbarlaridan va kelajakda shu amirlarning taxt merosxo‘rlaridan saylanadi. Amir lavozimi esa faqatgina yagona avlod va uning merosxo‘rlariga tegishlidir. Hukmdoming taxtni egallashi jarayoni xalqning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllantiriladi, bu esa, o‘z navbatida, monarxiyaga xos xususiyat kasb etadi. Mazkur boshqaruv shaklining respublikaga oid jihati shundaki, Oliy amir saylov yo‘li bilan belgilanib, u muayyan davrgacha vakolatli hisoblanadi. Demak, saylovning mavjudligi va muayyan muddatning o‘rnatilganligi respublikaga xos bo‘lgan xususiyatdir. Malayziya davlati misolida quyidagilami ko‘rish mumkin: davlat boshlig‘i — Oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Said Nutra Jamolullayl) 9 malayya shtati sultonlari kengashida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bunda uning tor doiradagi shaxslar tomonidan saylanishi hamda davlat boshlig‘i lavozimiga faqat sulton va uning qavm-qarindoshlari tarkibidan nomzodlar taqdim etilishi monarxiyaning belgisi sifatida e ’tirof etilsa, saylov institutining mavjudligi hamda muayyan davriy muddatga vakolat berilishi esa respublika boshqaruv shaklining ko'rinishi hisoblanadi.
Download 129.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling