Boshqaruv tahlili fanidan mustaqil ish topshirdi
Download 66.73 Kb.
|
Berdiqulov U
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg’ona 2023 ‘’UZTEXTILE’’ Association
- Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
- Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili
Farg’ona Politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv Fakulteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi Boshqaruv tahlili fanidan MUSTAQIL ISH Topshirdi: 72-20 guruh talabasi Berdiqulov Umarjon Qabul qildi: Nazarova Latofat Farg’ona 2023 ‘’UZTEXTILE’’ Association Mahsulotlar ishlab chiqrish hajmining tahlili Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash; b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili. Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili UZTEXTILE
Korxonada mahsulot ishlab chiqrish rejasi 2020 yilda 108.07 %ga, 2021 yilda 105.2 %ga, 2022 yil 105.8 % ga bajarilgan. Kompleks iqtisodiy tahlilga oid ayrim manbalarda mahsulot hajmini o‘sishi mahsulot hajmini indeksi deb ham ataladi. Bu ko‘rsatkich korxonaning rivojlanish dinamikasini ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik o‘zgarishlari 2021-yil 2020-yilga nisbatan 159814 ming so‘mga o‘sgan, 2022-yil 2016-yilga nisbatan 89430 ming so‘mga, 2022-yil 2020-yilga nisbatan 249244 ming so‘mga ortgan. Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim. Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin: - oliy sifat kategoriyasi; - birinchi sifat kategoriyasi. Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi. Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Download 66.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling