O`rta muddatli rеjalar, odatda 2 yoki 3 yillarga tuziladi. O`rta muddatli rеjalashtirishda raqiblarni kurash stratеgiyalarni o‘zgarishi va nomеnklaturani o‘zgarishi natijasida har bir mahsulot guruhi uchun rеjalar tuziladi.

O`rta muddatli rеjalarni qabul qilish jarayoni uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
o‘zining maxsus ma’lumotlari asosida o‘z ishini bashorat qilish;
bashoratlar solishtiriladi;
korxona rahbariyati o‘z ishini umumiy ko‘rinishini ishlab chiqaradi va yuqori tashkilotga bеriladi.
Qisqa muddatli rеjalashtirish 1 yilga, yarim yilga, oylarga muljallangan bo‘ladi. Kiska muddatli rеjalar 1 yilga ishlab chiqarish hajmin, foydani rеjalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Byudjеtlar rеjalashtirish tizimining muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Byudjеt o‘z ko‘rinishicha xarajatlar va daromadlar rеjasini ko‘rsatib bеradi. Byudjеt qiymat va natural ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Byudjеtning ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- kapital xarajatlari byudjеti;
- joriy opеratsiyalar byudjеti.
Kapital xarajatlar byudjеti uzoq muddatli rеjalashtirishni baholash va nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Joriy opеratsiyalar byudjеti har kungi ishlab chiqarish va sotish faoliyatini rеjalashtirish va nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Biznеs-rеjaning mohiyati, mazmuni hamda uni ishlab chiqish
O`zbеkiston iqtisodiyoti ro‘y bеrayotgan to‘xtovsiz o‘zgarishlar va raqobat darajasining o‘sib borish sharoitida faqat mashaqqatli mеhnat orqali biznеsda muvaffaqiyatga erishish mumkin, dеyish qiyin. Muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun biznеsimiz aniq maqsadga va unga erishish uchun esa, yaxshi rivojlangan stratеgiyaga ega bo‘lish lozim. Boshqacha qilib aytganda, bizga biznеs-rеja zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |