Boshqaruv uslubi bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir. ❖Ish uslubi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Menejment joriy 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbarning ish uslubi
- Avtoritar uslubda
- Ijobiy nuqtalar: • maxsus moddiy xarajatlarni talab qilmaydi: • xodimlar va bolimlar ortasidagi ozaro aloqani tezda ornatishga imkon beradi. Salbiy nuqtalar
❖Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir. ❖Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish masqadida biror bir organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuasidir. ❖Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi. ❖ Biroq har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo‘q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‘zaro munosabatlarida tarkib topadi. Avtokratik rahbarlar Liberal rahbarlar Demokratik rahbarlar • Avtoritar uslubda boshqaruv shundan iboratki, barcha hokimiyat boshida o’zi bo'lib, barcha qarorlar bo'ysunuvchilarning fikrini hisobga olmasdan, yolg'iz o'zi tomonidan qabul qilinadi. Boshqalarning fikrini umuman hisobga olmaydi va tanqidga chiday olmaydi. Boshqarishda buyruq usuli qo'llaniladi. Boshqaruvning avtoritar uslubi inqirozli vaziyatda, qarorlar tezda qabul qilinishi va aniq muvofiqlashtirilishi kerak bo'lganda zarur bo'lib, bu jamoaviy qarorlar qabul qilish sharoitida ancha qiyin . • Avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi. Ijobiy nuqtalar: • maxsus moddiy xarajatlarni talab qilmaydi: • xodimlar va bo'limlar o'rtasidagi o'zaro aloqani tezda o'rnatishga imkon beradi. Salbiy nuqtalar: • tashabbusni bostiradi; • xodimlarning ishini nazorat qilish uchun noqulay tizimni talab qiladi; • byurokratiya darajasini oshiradi. Natijada, xodimlarning o'z faoliyatidan qoniqish darajasi pasayadi va menejerga bog'liqligi kuchayadi. Ushbu boshqaruv uslubidan uzoq muddatli foydalanish korxona samaradorligining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Bu sotsializm davridagi mamlakatimiz uchun xos edi. • Boshliqning o'z vakolatlarining bir qismini bo'ysunuvchilarga topshirishni va kollegial asosda qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Bu korxonaning barqaror ishlashi va uning innovatsiyalarni joriy etish istagi uchun dolzarbdir. Ya’ni ular qaror qabul qilayotganda xodimlarning ham fikrini hisobga olgan holda, o’zaro maslahatlashib, barcha bilan samimiy munosabayda bo’lgan holda ish olib borishadi. Buyruq berish yo’li bilan emas tushuntirish yo’li bilan ish ko’rishadi. • ijodiy faoliyatni rag'batlantiradi; • xodimlarning qabul qilingan qarorlardan noroziligini kamaytiradi, chunki ular birgalikda qabul qilinadi; • mehnat motivatsiyasini oshiradi; • korxonadagi psixologik iqlimni va bajarilgan ishlardan qoniqishni yaxshilaydi. • qat'iy markazlashtirilgan nazorat yo'q; • amalga oshirish uchun javobgarlik uzoq vaqt davomida o'zgarishi mumkin; • qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayoni kechiktiriladi rahbar ishtirokisiz boshqaruv usulidir. Xodimlar o‘z holiga qo‘yilgan,nazorat yo’q bo’ladi. Bunday rahbarlar tashabbussiz, ishni o’z bo’yniga olishni yoqtirmaydigan, xodimlarni o’z holiga qo’yib qo’yadigan, mustaqil fikrga ega bo’lmagan rahbatlar hisoblanishadi. Ularni ko’pincha “qo’g’irchoq” rahbarlar deb ham atashadi. • Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. • Yuqorida qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutish va buysinuvchilarning o‘ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling