Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari
Download 58.06 Kb.
|
Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari-fayllar.org
Moddiy rag`batlantirish minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim. Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika menaviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy tasir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga tanaviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga etibordan chetda qolmasligi lozim. Shaxsning individual xususiyatlari, yashash tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ruhiy holati, bilim va malakasi, kasbiy tayyorgarligi uning professional sifatlarini ro`yobga chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruvchilar shaxsning ijodiy yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qaratilgan intilishlaridan unumli foydalanishlari, uni shaxs sifatida kamolotga yetishiga keng yo`l ochib berishlari maqsadga muvofiq. Mehnat unumdorligi va sifat ko`rsatkichlarini oshirish faqatgina jamoa hamda individual xodimning ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish evaziga tatibor qaratish lozim. Mehnat jamoasini boshqarishda quyidagi uchta bosqichni ajratib ko`rsatish mumkin:
Download 58.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling