xo`jaligi hisobiga tayanadi. - Rejalashtirish – boshqaruv faoliyatini ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilish usullaridan biridir. Rejalar korxona faoliyatining barcha jihatlarini: moddiy-texnika ta’minoti, ishlab chiqarish, mahsulot sotish, moliyaviy va investitsion faoliyat, personal faoliyatini qamrab oladi. Rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy maqsadi, vazifalari va yo`nalishlarini hamda erishilishi ko`zda tutilayotgan natijalarni oldindan belgilab olish hamda prognozlashtirish imkonini beradi. Rejalarni operativ, joriy va istiqbol davrlar uchun, alohida ish turlari yoki muayyan bir investitsion loyihalar uchun hamda korxonaning barcha faoliyatini qamrab oluvchi biznes-reja tarzida tuzish mumkin.
- Samarali boshqaruv tizimini yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik muammolarning oqilona yechimini topish, mavjud shart-sharoitlar hamda vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida ta’minlanadi.
- Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - rejalashtirish tizimi orqali belgilangan maqsad va vazifalarga erishish holatini operativ ma’lumotlar, statistik va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etib borish hamda tegishli qarorlar qabul qilishdir.
- Iqtisodiy tahlil vositalari orqali korxonaning o`tgan davr va joriy holatdagi iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil etish, biznesdagi sheriklarning moliyaviy ahvolini o`rganish, o`zga korxonalar tajribasi bilan yaqindan tanishish orqali bu tajribalarni qo`llash imkoniyatlarini o`rganish hamda iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish rezervlarini qidirib topish mumkin.
- Moddiy rag`batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Bu usul ishlab chiqarish natijalari va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishdan shaxsning manfaatdorligini ta’minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
- Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga
Do'stlaringiz bilan baham: |