xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari - Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir.
- Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi.
- Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
- Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga jamoaning alohida individual shaxslardan tashkil topgani e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
- Shaxsning individual xususiyatlari, yashash tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ruhiy holati, bilim va malakasi, kasbiy tayyorgarligi uning professional sifatlarini ro`yobga chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruvchilar shaxsning ijodiy yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qaratilgan intilishlaridan unumli foydalanishlari, uni shaxs sifatida kamolotga yetishiga keng yo`l ochib berishlari maqsadga muvofiq.
- Mehnat unumdorligi va sifat ko`rsatkichlarini oshirish faqatgina jamoa hamda individual xodimning ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish evaziga ta’minlanishi mumkin. Xodimlarni tanlashda ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlari va kasbiy malakasiga keng e’tibor qaratish lozim.
- Mehnat jamoasini boshqarishda quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |