Boshqaruv va menejment Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari
Download 26.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv va menejment 2. Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI _____________________ GURUHI TALABASI _________________________________________________________NING ________________________________________________________FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU:__________________________________ BAJARDI:_______________________________________________ QABUL QILDI:___________________________________________ NAVOIY-2023 Reja 1. Boshqaruv va menejment 2. Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari 3.Foydalanilgan adabiyotlar Menejment (inglizcha, «Management» – boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: «Menejment» tushunchasi xayotimizga mustahkam kirib kelgan va o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo‘lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish joizki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustuvorliklarning yangi tizimlari amalda bo‘ladi. Shu munosabat bilan «menejment» atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to‘xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o‘zbekcha «boshqaruv» so‘zi va inglizcha «menejment»ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni birmuncha farqlanadi. «Menejment» atamasini qo‘llab turib biz xalqaro amaliyotda o‘rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko‘ra uning ostida hodisa va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko‘zda tutiladi. Aslida esa «boshqaruv» atamasi «menejment» atamasining qanoatlantiruvchi o‘rinbosari bo‘lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasi va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan holda tashkil etish asosida amalga oshirilgan xo‘jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo‘ladi. Shunday qilib, «menejment» atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo‘llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va publik admiristration – ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun «tashkil etish», «tartibga solish», «boshqarish» va «ma’muriy boshqarish» atamalarini qo‘llash kerak. Shunga qaramay davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o‘z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur. Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olish bilan ushbu ishda «boshqaruv» atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan «menejment» ma’nosida ham qo‘llaniladi. Download 26.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling