Boshqaruv va menejment Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari


Bu o‘zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir


Download 26.46 Kb.
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi26.46 Kb.
#1269711
1   2   3   4
Bu o‘zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir:
boshqaruv sub’yekti boshqaruv ob’yektiga ta’sir ko‘rsatish impulslari (boshqaruv buyruqlari)ni jo‘natadi, ular boshqaruv ob’yekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega bo‘ldilar;
boshqaruv ob’yekti ushbu impulslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi
Boshqaruv (menejment)ining mohiyati va tizimi
Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari
Zamonaviy tashkilotni boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yuqori egiluvchanlikka ega bo‘lish;
ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish, tashkil etish va taqsimlashning tegishli shakllarini talab qiluvchi texnologiyasiga o‘xshash bo‘lish;
korxonaning tashqi va ichki muhiti, bozor holatining omillari o‘zgarishlariga operativ javob qaytarish;
tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
tashkilotning rivojlanishiga ko‘maklashish;
fan va ilg‘or amaliyot yutuqlarini tatbiq etilishini ta’minlash;
o‘zini o‘zi tartibga solish xususiyatiga ega bo‘lish.

    • To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa – boshqaruv sub’ektining ob’ektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va h.q ko‘rinishidagi ta’siridir.

    • Teskari aloqa – boshqaruv ob’ektidan boshqaruv sub’ektiga chiquvchi axborotdir.

Aloqa boshqaruvning har qanday tizimining muqarrar elementi bo‘ladi. Aloqalar to‘g‘ridan to‘g‘ri, teskari, vertikal, gorizontal va diagonalli va h.k bo‘lishi mumkin.


Keltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqalar vertikalga kiradilar. Ulardan tashqari rasmiy va norasmiy munosabatlarni amalga oshishiga imkon beruvchi, bilimlar va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashuvchi, boshqaruv tizimining o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish bo‘yicha bitta darajadagi sub’yektlarning harakatlari muvofiqlashuvini ta’minlovchi gorizontal aloqalar ham mavjud. Dioganal aloqa, masalan, bitta bo‘limning mutaxassisi va boshqa bo‘limning boshlig‘i o‘rtasida mavjud bo‘ladi.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar – boshqaruvchi (boshqaruv sub’yekti) va boshqariluvchi (boshqaruv ob’yekti) hamda ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqani tashkil qiluvchilarni elementar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.

Download 26.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling