Boshqaruv va moliyaviy hisob o'rtasidagi munosabatlar


Download 25.46 Kb.
bet2/2
Sana13.05.2023
Hajmi25.46 Kb.
#1455306
1   2
Bog'liq
boshqaruv hisobi7

rejalashtirish va hisoblashda yagona o‘lchov birliklarini ishlatish bo‘lib, bu tamoyil rejalashtirish va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarama-qarshi aloqani ta’minlaydi.
Reja-hisob birliklari turli darajadagi operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimining mohiyatini ochib beradi; ular yordamida xarajatlarning buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligiga va ayrim tarkibiy tuzilmalar xo‘jalik yuritish natijalarini aniqlashga asoslangan hisob tizimi metodoligiyasini ishlab chiqish uchun real sharoit yaratiladi.
Ishlab chiqarishni operativ (tezkor) rejalashtirishninng turli darajalarida ishlatiladigan hisob birliklari yoki juda yiriklashtiriladi, yoki aksincha, juda detallashtiriladi. Detallashtirish jarayoni asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi yirik birliklardan (mahsulot ishlab chiqarish buyurtmasi, mahsulotlar seriyasi, nomlanishi va sh.k.) sexlar, uchastka, brigadalar darajasidagi kichikroq birliklar (ehtiyot qism, operatsiyalar majmuasi, mashinokomplekt, murakkab mexanizm komplekti, brigada komplekti va h.k.)ga o‘tish tamoyili o‘rin olgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi reja-hisob birliklari va omborga topshirilgan tayyor mahsulotning o‘lchov birliklari bir xil bo‘ladi. Shu tufayli, ular orqali bajarilgan buyurtmalarning boshqaruv va moliyaviy hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi. Shu bilan birga, boshqaruv obyektlari bo‘yicha, hoh u mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanishi bo‘lsin, hoh ishlab chiqarish buyurtmalari yoki tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha bo‘lsin, u yoki bu ko‘rinishdagi ma’lumotlarni guruhlash mumkinligini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi reja-hisob birliklari kalkulyatsiya obyektlari bilan bir-biriga mos tushadi yoki uning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Tarkibiy tuzilmalar darajasidagi reja-hisob birliklari xarajatlar hisobi obyektlarini tanlashda foydalanishi mumkin.
Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling