Boshqaruv xisobi oraliq nazorat ishi


Boshqaruv hisobi obyektlari


Download 155.64 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi155.64 Kb.
#1276671
1   2   3   4
Bog'liq
BOSHQARUV MUSTAQIL ISH

2. Boshqaruv hisobi obyektlari


Boshqaruv hisobi mohiyatini belgilashda uning muhim xususiyatini ta’kidlash lozim: boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob-kitoblar jarayoni bilan uzluksiz bog’laydi.
Boshqaruv predmeti - ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish maqsadida xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv obyekti yoki boshqaruv jarayoniga ta’sir o’tkazishdir. Boshqaruv rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish va nazorat qilish yordamida boshqaruv predmetiga ta’sir o’tkazadi. Aynan shu funksiyalarni boshqaruv hisobi bajarib, u o’z tizimini yaratib, boshqaruvning maqsad va vazifalariga javob beradi.


  • moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar: qadoqlash, tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari tushuniladi; mahsulotni reklama qilishdan boshlab, iste’molchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishgacha bo’lgan jarayonni qamrab olgan sotish hajmining o’sishiga xizmat qiluvuchi operatsiyalar; chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati;

  • tashkiliy – xo’jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlardir. Shu o’rinda xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tizimidan, lozim bo’lsa, funksional bo’limlar, xizmatlar, sexlar va uchastkalarni ajratish bo’yicha aniq ishlarni amalga oshirish ham inobatga olinadi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo’limlari o’rtasidagi ichki aloqalar talablariga javob beruvchi hamda rejalashtirish, nazorat qilish, reja bajarilishini baholash, rag’batlantirish funksiyalariga muvofiq keluvchi to’g’ridan-to’g’ri va teskari (qarama-qarshi) aloqaga ega bo’lgan ma’lumotlar tizimini tashkil etish ishlarini amalga oshirish ham nazarda tutiladi. Shu bilan birgalikda, xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadlarini bajarishga yo’naltirilgan ichki mutassadilar harakatini muvofiqlashtirish jarayonlari ham amalga oshiriladi.

Qayd etish joizki, boshqaruv hisobining obyektlarini ayrim olingan tarmoqlar, qolaversa, ayrim bir xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida ham boshqacha guruhlash mumkin, lekin har qanday holatda ham u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi va xizmat qilishi kerak.

Download 155.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling