Mavzu pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili
Download 19.69 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2 Milliy daromad, mahsulot va to‘lov balansi hisoblari o‘rtasidagi aloqa
- Milliy hisoblar asosiy kategoriyalari bo‘yicha operatsiyalar
- 6.3. Pul-kredit obzorining boshqa makroiqtisodiy hisoblar bilan o‘zaro aloqasi
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Mavzu-8. PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI 6.1. Iqtisodiy operatsiyalar Iqtisodiy operatsiyalar hisobotiga makroiqtisodiy hisoblarning umumiy elementi deb qaralishi mumkin. Mulkchilik huquqi biror iqtisodiy birlikdan boshqasiga real yoki moliyaviy aktivga bo‘lgan mulkchilik huquqiga o‘tsa yoki biror-bir iqtisodiy birlik boshqa birlikka xizmat qilsa, iqtisodiy operatsiya sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda iqtisodiy operatsiyalar sodir bo‘lganda, biror moliyaviy aktiv boshqasiga almashiladi. Ba’zi hollarda iqtisodiy operatsiyalar tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar almashuvisiz bo‘ladi. Masalan, biron aholi punktiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi yoki davlatga soliq to‘laganda. Bu operatsiyalar 2 ta komponentdan iborat1: tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar oqimi; 2-“Bir tomonlama transfertlar”. Milliy hisoblar tizimida va to‘lov balansida operatsiyalar biror passiv bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganda emas, balki qachonki shunday passiv paydo bo‘lganda o‘tkaziladi. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari poydevorida, aksincha, kassa prinsipi yotibdi. Pul statistikasi sohasida balansli hisobotlarga asoslaniladi. 6.2 Milliy daromad, mahsulot va to‘lov balansi hisoblari o‘rtasidagi aloqa a) Milliy hisoblar konsepsiyasi obzori. Milliy daromad va mahsulot hisoblari poydevori mahsulotning ishlab chiqarilganligi va taqsimlanganligi birlamchidir. Tovar va xizmatlarning bir yildagi taklifini, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulot yig‘indisi va importni hisoblash mumkin. Mahsulotni taqsimlash rezidentlarini umumiy xarajatlarini tashkil etadi (bular iste’mol, investitsiya + eksport). Buni quyidagicha yozish mumkin: Y+M=C+ I +X Bundan quyidagi tenglikni hosil qilamiz: Y=C+I(X-M) (1) U holda: Y+YF=C+1+(X-M+YF) (2) Endi tenglamaning chap tomoni YAIMga emas, balki YAMD ga teng. a) Davlat moliya statistikasi va milliy daromad davlat operatsiyalarining ma’lumotlarni standart ko‘rsatish poydevori hisoblanadi. Bu poydevor davlat boshqaruv organlarining daromad, xarajat, kapital jamg‘arish va moliyalashtirish nuqtai nazaridan operatsiya analizini engillashtirish uchun mo‘ljallangan. Milliy daromad va mahsulot hisoblari ham davlat boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni standart holda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Milliy hisoblar asosiy kategoriyalari bo‘yicha operatsiyalar DMS tarmoqlari bilan bog‘lanib ketishi mumkin. Markaziy hukumatning DMS metodi bo‘yicha iste’moli oylik ish haqi va davlat xarajatlari uchun to‘lovlarini ayiramiz. b) Davlat moliya statistikasi. To‘lov balansi. Davlat boshqaruv organlari tomonidan va chet mamlakatlar bilan olib borilgan operatsiyalar ham DMS ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Faqat farqlar kengligini jalb etish va hisob prinsipini hisobga olmaganda, berilgan operatsiyalar ikkala tizilmada ham bir xil namoyon bo‘ladi. Jalb etish kengligiga kelsak, bu erda farqlar minimal. Birinchidan, to‘lov balans hisobiga davlat boshqaruvi darajalari farqlanmaydi, ikkinchidan, to‘lov balansida tashqi operatsiyalar bilan milliy birlashmalar o‘rtasida chegaralanish yo‘q. To‘lov balansi ma’lumotlar hisobi ustiga qo‘yib hisoblash usuli orqali olib boriladi. DMSda esa kassa usulidan foydalaniladi. YA’ni to‘lovlar asosida. SHunday qilib DMSda faqat to‘lovlar oqimi, to‘lov balansida esa resurslar, to‘lovlar, majburiyatlar aks etadi. 6.3. Pul-kredit obzorining boshqa makroiqtisodiy hisoblar bilan o‘zaro aloqasi Pul-kredit obzori to‘lov balansi bilan hisobot ma’nosida bog‘liq, chet el aktivlari va pasivlari summasining o‘zgarishi orqali va DMS – davlat boshqaruv organlarining bank tizimiga sof qarzi orqali. Biroq pul-kredit obzori (tizimi) bilan milliy daromad va mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rtacha hisoblanadi: iqtisodiyotda likvidlik zahirasining o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish va daromadlar hajmining o‘zgarishiga olib keladi. Milliy daromad va xarajatlarning o‘zgarishi esa import talabi va eksport taklifiga ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida sof tashqi aktivlar summasining o‘zgarishiga va nihoyat, pul massasiga ikkilamchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Pul-kredit sohasi qanday olib boriladi? 2. Pul-kredit sohasi qanday iqtisodiy operatsiyalar bilan bog‘liq? 3. Pul-kredit sohasini olib borishda qanday tamonlar asos bo‘ladi? 4. Pul-kredit sohasining tartibga solish organlarining qanday balanslari mavjud? 5. Pul-kredit bozori qaysi sektorlar bilan bog‘liq? 6. Pul-kredit masalasining asosiy ko‘rinishi qanday bo‘lishi mumkin? 1 Andrew B. Abel, Ben S.Bernanke, Dean Croushore, Macroeconomic Sixth edition. Copyright 2008 Pearson Education, Inc. 456-460 p. Download 19.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling