Boshqaruv xodimlarining kasb mahorati va kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari


Download 290.9 Kb.
bet6/17
Sana08.02.2023
Hajmi290.9 Kb.
#1176781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t

4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash– rahbardagi xodimlarning o’z ishiga sadoqatini mustahkamlay olish kompetensiyasi.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi;
b)xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi;
c)xodimlar o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi;
d)xodimlarning ishdan xursand bo’lishlari uchun turli ijodiy usullarni o’ylab topadi;
e)barcha muhim tadbirlarda shaxsan o’zi qatnashadi;
f)ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo’qotadi;
g)xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya (taqdimot)lar o’tkazadi.
Uslubiy kompetensiyalar:
1)Qo’l ostidagilar-ning imkoniyatla-rini rivojlantirish– rahbardagi mas’uliyatni his etish, komandada ishlash, xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish xususiyati.
Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos uslubiy kompetensiyalar (6.2-rasm).

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a) har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo’ladi;
b)qo’l ostidagilarining ko’proq muvaffaqiyatga erishishlariga yordamlashish maqsadida ma’lumot, maslahat va takliflarni bo’lishadi hamda treningning samaradorli-gini ta’minlaydi;
c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi;
d)qo’l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi;
e)kasbiy o’sish (karyera) va komillikka yo’naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi;
f)qo’l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi.
2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish– rahbarning o’z g’oyalari, maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo’llab-quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi;
b)qo’llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi;
c)kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi;
d)vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qa-rorlarni topadi va taklif qiladi;
e)ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o’tkazishga qiziqtiradi;
f)atrofdagilarga ta’sir ko’rsatishning boshqa bilvosita usullarini o’ylab chiqadi;
g)kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi;
g)atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi;
i)haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o’ziga ta’sir o’tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o’shalarga yo’naltiradi;
j)axborot, intellekt, karyera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o’rnatishga harakat qiladi;
k) atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do’stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnata oladi.

Download 290.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling