Boshqaruvni qarorlarini qabul qilish


Iqtisodiy samara = moliyaviy natijalar - xarajatlar


Download 18.63 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1211817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish 1

Iqtisodiy samara = moliyaviy natijalar - xarajatlar.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrigacha samaradorlikni baholashda xarajatlar mezoni keng tarqalgan edi:



Iqtisodiy samaradorlik = moliyaviy natijalar : xarajatlar

Aksionerlik jamiyatlarining paydo bo'lishi, turli xil mulk shakllarining rivojlanishi, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayishi, ichki va tashqi investorlarning faollashuvi rentabellikni aniqlashga yangicha yondashuv - investitsiyalar (yoki ularning alohida elementlari: kapital qo'yilma, kapital) samaradorligini hisoblashni talab qilmoqda.


Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida respublikamiz korxonalarida tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish, ya'ni biznes tarkibini o'zgartirish (qayta tarkiblash) moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularni taqsimlash imkonini beradi.
Ushbu tarkibiy o'zgarishlarning asosiy maqsadi korxonaning tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan hold a boshqarishga erishish hisoblanadi.
Quyidagi holatlar korxonalarda qayta tarkiblash zaruratini yuzaga keltiradi:
- mablag'larni qayta investitsiyalash, rivojlanishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, ularning uzluksiz moliyalanishini ta'minlash;
- boshqarishning samarali tizimini shakllantirish;
- birgalikdagi faoliyatdan olinadigan mablag'lardan maqsadli foydalanishni qat'iy nazorat qilish;
- investitsiya loyihalari (biznes-rejalar)ni yagona standartlar asosida, xorijiy investorlar manfaatlari va tashqi omillar (inflatsiya darajasi, soliq qommchiligi, tarmoqning rivojlanish tamoyillari va h.k.)ni inobatga olgan holda rasmiylashtirish;
- investitsiya loyihalarini amaIga oshirish bo'yicha rejalami korxona tomonidan bajarilishini joriy nazorat qilish, tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishda loyihalar borasidagi mavjud mllammolar haqida rahbariyatga o'z vaqtida xabar qilish;
- korxona moliyaviy-xo'jaIik holati va investitsiya loyihalari samaradorligi tahliIi asosida investitsiya faoliyatining strategik rejasini ishlab chiqish;
- investitsiya loyihalarini moliyalash strategiyasini rejalashtirish. Bunda investitsiya loyihalariga mavjud moliyaviy resurslarni taqsimlash, ularni samaradorlik darajasiga qarab guruhlash talab etiladi;
- fond bozoriga mablag'larni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;
- qarzlarni qayta tarkiblash va ularni to'lash borasidagi muammolarini hal etish.
Biznes tarkibini o'zgartirish (qayta tarkiblash) bo'yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi ijobiy xllsllsiyatlarga ega:
- bozor konyunkturasining o'zgaruvchan talablariga muvofiq ishlab chiqarilayolgan mahsulotlar turlarini tez muddatlarda o'zgartirish;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan optimal darajada foydalanish;
- aylanma mablag'lar aylanishi tezligini ta'minlash va nazorat qilish imkoniyati;
- korxonaning ishlab chiqarish va boshqa bo'Iinmalari o'rtasida oqilona baho siyosati yuritilishiga erishish va h.k.
Shuningdek, biznes tarkihini o'zgartirish natijasida ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyasi, mahslliot (tovar, ish va xizmat)larni sotishni boshqarishda muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Bu holat esa korxona moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarining yaxshiIanishiga xizmat qiladi.
Qayta tarkiblash jarayonida korxonani boshqarishning tashkiliy tizimi tahlil qilib chiqiladi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'limlari, sexlari bozorda talab mavjud bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashtiriladi, samarali faoliyat ko'rsatmayotgan bo'limlar, ishlab chiqarish shohobchalari tugatiladi. Boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardan qarzlar foydalanilmayotgan asbob-uskuna, jihozlar yoki binolarni sotish hisobiga qoplanadi. Bundan tashqari. ishlab chiqarish jarayonini xomashyo va material, texnik vositalar bilan ta'minlovchi korxona yoki firmalar bilan o'zaro iqtisodiy munosabatlar ham qayta ko'rib chiqiladi. Shular qatorida qayta tarkiblashning boshqa chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.
Albatta, bunday usulni qo'llash birinchidan korxonaning bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahslliot ishlab chiqarishi, ikkinchidan xarajatlarni samarasiz yo'naltirilayotgan qismini tejab qolish va korxonaning pirovard moliyaviy natijasining oshishiga olib keladi.
Qayta tarkiblash jarayoni zarar ko'rib kelayotgan korxonalar ishlab chiqarishini tiklash yoki amaldagi ishlab chiqarishl1ing samaradorligini oshirishga imkon berishini aniqlash uchun korxonaning so'nggi yillardagi iqtisodiy ko'rsatkichlarining holati va dinamikasi, ularga soliqqa tortish tizimining ta'sirini tahlil qilish zarur.
Bunda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
- faoliyat yakuniy natijalari (debitorlik va kreditorlik qarzlari tannarxi, tushum, taqsimlanmaycligan foyda, rentabellik, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, xodimlar soni, mehnatga haq to'lash fondi);
- investitsiya va ish faolligining holati (o'z va qarz mablag'lari, zaxira va xarajatlarning aylanma mablag'lar bilan ta'minlanganligi, zaxiralar va o'z mablag'larining aylanuvchanligi);
- likvidlilik va to'lovga layoqatlilik (joriy likvidlilik, aylanma mablag'lar bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti).
Korxona aktivlarini qayta tarkiblashda quyidagi tadbirlar am alga oshiriladi:
- ishlab chiqarish rentabelligini ta'minlash;
- korxonada foydalanilmayotgan aktivlarni sotish va ijaraga berish, garovga berish hamda ro'yxatdan chiqarish;
- tugallanmagan ishlab chiqarish, safarbar etilgan va boshqa mol-mulkni konservatsiyalash;
- yangi yuqori sifatli jihozlami xarid qilish, ijaraga, lizingga olish;
- omborlardagi zaxiralarni kamaytirish, foydalanilmayotgan binolami ijaraga berish;
- debitorlik qarzlari qaytarilishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;
- moliyaviy qo'yilmalarni sotish, garovga qo'yish, ishonchli boshqaruvga topshirish.
Korxona passivlarini qayta tarkiblash (passivlaming tarkibi va asosiy unsurlari, ya'ni ustav hamda zaxira kapitali, jamg'arma fondi, ijtimoiy soha fondi, maqsadli moliyalash va tushumlar, taqsimlanmaydigan foyda, uzoq muddatli va qisqa muddatli qarz mablag'lari, kreditorlik qarzlarini tahlil qilish) ham yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi.
Korxonalarda biznes tarkibini o'zgartirish bo'yicha oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita bog'liq.
Bozor munosabatlari sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvi samaradorligini oshirish rnamlakat iqtisodiyotining istiqbolli rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda korxonalarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati ichki va tashqi omillar ta'sirida takomillashadi. Ular oldiga o'z faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi qo'yiladi.
Bu kabi talablar korxonalarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo'lga qo'yish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan hamda tashqi muhit o'zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimining vujudga keltirishni taqozo etadi.
Agar korxona boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining pirovard natijaviyligi bilan to'g'ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko'p qirrali obyektni baholash bo'yicha to'liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashda boshqaruv samaradorligi alohida o'rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali boshqarishni talab qiladi.
Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, avvalombor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.
Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o'ziga emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab chiqarishning bir-biridan ajratib bo'lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki korxona faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o'rganish, xodimlar va moliyani bosilqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu sababli, boshqaruv samaradorligi deganda, pirovard natijada obyektning yaxlit tizim sifatida oqilona faoliyat ko'rsatishi va uning rivojlanishini ta'minlaydigan boshqarishni tushunish zarur.
Korxona boshqaruvi samaradorligini ta'minlashda uning uslubiy jihatdan mezon va ko'rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko'rsatkichlarni aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o'tkazish lozim. Chunki o'tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo'lsa, boshqaruv samaradorligining obyektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Kichik biznes subyektlari boshqaruvda bir qator ijobiy ustunliklarga ega, jumladan:
- boshqaruv qarorlari qabul qilishning tezkorligi va ixchamligiga erishiladi;
- Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish, ulaming tannarxini pasaytirish, xomashyo va resurslardan samarali foydalanishda yirik biznesga qaraganda kichik biznes subyektlarining imkoniyati yuqori;
- kichik biznes sllbyektlarida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy yangiliklami amaliyotga qisqa muddatlarda joriy etish mumkin;
- iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'maklashadi;
- bozor talablariga raqobatbardoshlik shartIariga tezroq moslashiladi;
- qo'shimcha ishchi o'rinlarini yuzaga keltiradi va h.k.

Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish zaruriyati korxona iqtisodiy nochorlik holatiga tushib qolganda, ya'ni uning kreditorlar oldidagi o'z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajara olmaslik hollarida ham yuzaga keladi. Korxonalarda boshqarishning rnazkur tartibini samarali joriy etish ularda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishga bevosita bog'liq. Bunda korxonaning hisob tizimini xarajatlar va javobgarlik rnarkazlari ustidan hamda rejalashtirilgan ko'rsatkichlardan chetlanishlar bo'yicha tezkor nazorat o’rnatish, shuningdek, bo'linmalar o'rtasida transfert baholarni to'g'ri shakllantirish, ular moliyaviy xo'jalik faoliyatini batafsil aks ettiradigan segmentar hisobotlami tuzishga imkon berishi talab qilinadi.


Tizimlashtirilgan faoliyat turi sifatida bajaradigan vazifa tashkilotning maqsadlariga erishmoqlikni ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tashkilot tarkibidagi kichik guruhlar faoliyatining qabul qilingan qarorlarga mos kelishini kuzatib borish va nazorat qilish hamda vaziyatga muvofiq harakat rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.



Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling