Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari - “Struktura” lotincha so’z bo’lib, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishini va tuzilishini bildiradi.
- Boshqaruv strukturasi – bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
- Bo’linma – o’zaro ma’lum bir tarkibga ega bo’lgan ma’lum bir maqsad uchun tashkil etilgan va korxona ishlab chiqarish tizimini bir yaxlit vazifasini bajaruvchi bo’lim hisoblanadi.
- Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limi.
- Boshqaruv strukturasi miqyosiga qarab unsurlari turlicha bo’lishi mumkin.
Boshqaruv strukturasiga ta’sir etuvchi omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi: - Strukturani aniqlovchi omillar:
- boshqaruv strukturasi maqsadi;
- boshqaruv strukturasi funksiyalari va vazifalari;
- xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar soni;
- korxonaning ish vaqti, rejimi, intervali.
- Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar:
- tashqi muhit;
- texnologiya;
- korxona hajmi;
- biznes strategiyasi;
- xodimlar soni;
- qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
- shakllangan struktura.
- Strukturani optimallashtiruvchi omillar:
- malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
- bo’g’in va bosqichlar soni;
- unumdorlikka erishish uchun tizimni o’zgartirish imkoniyati;
- ish rejimini iste’molchilarga moslashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |