Boshqaruvning tashkiliy strukturasi
Boshqarish bo‘g‘ini va bosqichlari, Chiziqli, funksional, Chiziqli-shtabli, Chiziqli -funksional, loyiha bo‘yicha boshqarish va matritsali tuzilmalar
Download 197.88 Kb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli tuzilma
- Chiziqli-funksional tuzilmada
3. Boshqarish bo‘g‘ini va bosqichlari, Chiziqli, funksional, Chiziqli-shtabli, Chiziqli -funksional, loyiha bo‘yicha boshqarish va matritsali tuzilmalar
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi Chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil Chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi. Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo‘g‘inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita bo‘ysunushi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo‘ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog‘langan bo‘ladi. Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo‘yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi. Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko‘rsatmalar nisbatan malakali bo‘ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo‘g‘inlar soni ortishi bilan har bir bo‘g‘in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati har bir bo‘g‘in o‘z masalasini birinchi navbatda hal qilishdan manfaatdor bo‘lishida emas, balki bitta ham bo‘g‘in bu masalani etarli darajada asoslangan holda va to‘g‘ri hal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to‘liq bo‘lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli-funksional tuzilmada, funksional zvenolar quyi turgan bo‘linmalarga o‘zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taaluqli bo‘lgan aniq belgilangan savollar bo‘yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo‘limi sex boshlig‘iga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo‘yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa sexda hisob va hisobotni yaxshilash bo‘yicha va x.k. Chiziqli funksional tuzilmasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik tuzilmada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiha bo‘yicha boshqarish; matritsali tuzilma va boshqalar. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali tuzilmasida loyiha yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga qo‘yilgan masalalar maqsadli hal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo‘yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo‘yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning har-xil darajalari va har bir zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo‘jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo‘jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi. Download 197.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling