Oriental Universiteti


Download 0.61 Mb.
Sana15.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1270259
Bog'liq
Menejment

Oriental Universiteti

Iqtisodiyot va Turizm fakulteti


Mavzu: Menejment tuzilmalarining yangi tashkiliy shakllari
Bajardi:. Mirsharipova Dilbar
Tekshirdi: Nurillayev Hoshimjon
Fan: Menejment asoslari

Reja:

  • Menejment tashkiliy tuzilmalarining turlari.
  • Menejment bosqichlari va menejment bo’g’inlari.
  • Menejmentning tarkibiy tuzilishiga qo’yiladigan talablar.

Menejment tashkiliy tuzilmalarining turlari.

Tashkiliy tuzilmalar juda turli tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka ega va qonuniyatlarga bo’ysunadi. Menejment tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional tuzilmalardir. Ularning birikishi asosida turli xil chizilqi funksional tuzilmalar tarkib topadi.

Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli boyishi uning ish qobiliyati yuqori bo'lishini kafolatlaydi, ya’ni menejment tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo’g’inlar soni qancha kam bo’lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo’ladi.

Menejment bosqichlari va menejment bo’g’inlari.

Menejment bosqichlari – bu boshqaruvning biror darajasidagi ma’lum bo’g’inlar yig’indisidir. Shu belgisiga ko’ra menejmentning tashkiliy tuzilmalari- ko’p bosqichli (ko’p bo’g’inli), uch, ikki bosqichli(bo’g’inli) bo’ladi. Bosqichlar va bo’g’inlar o’rtasidagi aloqa o’zaro vertikal va gorizontal bo’lishi mumkin.

Menejment bo’g’inlari – bu bitta yoki bir nechta vazifalarni bajaruvchi tarkibiy unsurlar, tuzilma elementlari, ularning bo’linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.

Menejmentning tarkibiy tuzilishiga qo’yiladigan talablar:

  • Optimallik- barcha darajadagi aloqalar va boshqaruv bosqichlari o’rtasida eng kichik bosqichlar bilan oqilona aloqalar o’rnatiladi.
  • Operativlik- ushbu talab, boshqariladigan tizimda ijro etilishidan oldin qaror qabul qilish vaqtida uni amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi har qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin emas.

Umumdavlat boshqaruv tashkilotlarining asosiy vazifalari.

Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini belgilash. Tabiiy muhitni muhofaza qilish. Pul va kredit tizimga rahbarlik qilish.

Soliq va daromadlarni belgilash. Hisob va statistikani tashkil etish. Narx va ta’riflar belgilash.

Chiziqli tuzilma

  • Chiziqli tuzilma uning boshqaruv bo'g'inlari yuqori vosqichdagi rahbarga bevosita bo’ysunishi bilan tavsiflanadi. Chiqizli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo’ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’lanadi.
  • Chiqizli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli kam xarajatligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar.Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi.

Funksional tuzilma

  • Funksional tuzilma – menejment vazifalarining funksional bo'g'inlar va rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruvning murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan.
  • Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo'ladi, lekin yakkaboshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar ortishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling