Bosim epyurasi. Sillindrik sirtga ta’sir qiluvchi bosim kuchi,TO’liq bosim kuchini va uning yo’nalishini aniqlash


Jismlarning suyuqlikda suzishi. Suzuvchanlik


Download 45.3 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi45.3 Kb.
#1024959
1   2   3   4
Bog'liq
BOSIM EPYURASI.SILLINDRIK SIRTGA TA’SIR QILUVCHI BOSIM KUCHI,TO’LIQ BOSIM KUCHINI VA UNING YO’NALISHINI ANIQLASH

Jismlarning suyuqlikda suzishi. Suzuvchanlik

Jismlarning suyuqlik sirtiga qalqib chiqishi yoki suyuqlik ichida suzib yurishi yuqorida aytilgan kuchlarning o’zaro nisbatiga bog’liq. Shuning uchun suyuqlikka botirilgan jismlarga ta’sir etuvchi kuchlarning (1.26-rasm) teng ta’sir etuvchisini topamiz:



yoki

Bu kuchni ko’taruvchi kuch deb ataladi.
va
ekanligini hisobga olsak, teng ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch
(2.45)
Oxirgi munosabatdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1. Agar γ>γ1 bo’lsa, ya’ni jismning solishtirma og’irligi suyuq-liknikidan kam bo’lsa, ko’taruvchi kuch R musbat bo’ladi (yuqoriga yo’-nalgan). Bu holda jism suyuqlik sirtida qalqib yuradi.
2. Agar γqγ1 bo’lsa, ya’ni jism bilan suyuqlik solishtirma og’ir-liklari teng bo’lsa, u holda Rq0, ya’ni jism suyuqlik ichida suzib yuradi. 3. Agar γ<γ1 bo’lsa, u holda ko’taruvchi kuch manfiy (pastga yo’nalgan) bo’ladi va jism suyuqlik tubigacha cho’kadi. (2.45) dan jismlarning suyuqlikda suzuvchanligi, ya’ni ma’lum yuk bilan suzib yurish qobiliyati tug’risida xulosa chiqarish mumkin. Har qanday qalqib yuruvchi jism su-zuvchanlik zapasiga ega bo’lib, bu uning suzib yurishidagi xavfsizligini ta’minlaydi.
Suzuvchanlik zapasi jismning suyuqlik sirtidan yuqori qismining hajmidagi suyuqlik og’irligiga teng.
Suzuvchanlik zapasi Rsbilan belgilanadi va quyidagicha topiladi:

Suzuvchijismningqanchaqismisuvgabotibturishivauningsuzishigataalluqliboshqaqonuniyatlarma’lumbo’lib, bizularhaqidato’xtalibo’tishimizgahojatyuq.
Suzibyuruvchijismhaqidayanaquyidagitushunchalarnikeltiramiz.
1. Suzish tekisligi — jismni kesib o’tuvchi erkin sirtAV.
2. Vaterchiziq— suzish tekisligi bilan jism sirtining kesishish chizig’i.
3. Suzayotgan jismning og’irlik markazi(1.27-rasmda S nuqta).
4. Suv sig’imimarkazi yoki bosim markazi(1.27-rasmda Dnuqta). Bu erda suv sig’imi — jismning suvga botgan qismi. Suv sig’imi markazi jismning suyuqlikka botgan qismiga ta’sir etuvchi bosimning teng ta’sir etuvchisi quyilgan nuqta bo’lib, u suvga botgan qismning og’irlik markaziga joylashgan.
5. Suzish o’qi— suzayotgan jism normal holatida uning o’rtasidan o’tganO —O o’qi (1.27-rasm, a),
6. Metamarkaz — jismning qiya holatida teng ta’sir etuvchi bosim kuchi yo’nalishining suzish o’qi bilan kesishgan nuqtasi (1.27-rasm, b, v). Suzayotgan jismning og’irlik markazi S u qiyalashganda ham o’zgarmaydi. Suv sig’imi markazi D esa jism qiyaligining har xil holatida har xil bo’ladi. Qiyalik burchagi 15° gacha bo’lganda D taxminan radiusi biror r ga teng bo’lgan aylana yoyi bo’yicha siljib boradi va bu radius D va M orasidagi masofaga teng bo’lib, metamarkaziy radius deyiladi. M va Sorasidagi masofa metamarkaziy balandlik deyiladi va hharfi bilan belgilanadi.
Suyuqlikda suzayotgan jismning qiyalangandan keyin yana avvalgiho-latiga qaytishi turg’unlik deyiladi. Bu tushunchaning to’liq mazmunini tushuntirish uchun quyidagilarga to’xtalib o’tamiz.
Normal holatda (1.27-rasm, a) og’irlik markazi va suv sig’imi markazi suzish uqida yotadi. Og’irlik kuchi G va bosim R esa suzish o’qi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Suzayotgan jism qiyshayishibilan Gva R kuchlar moment hosil qiladi. Bu moment jism qiyalangan tomon yo’nalishida yoki unga teskari bo’lishi mumkin.

G’
1.27-rasm. Suzib yuruvchi jismlarning turli holatlari



Agar G va R kuchlarning momenti jism qiyalangan tomonga teskari yo’nalgan bo’lsa, u tiklovchi moment deyiladi. Bunday holat esa turg’un ho-lat deyiladi. Agar moment jism qiyalangan tomonga bo’lca uni ag’daruvchi moment deyiladi. Bu holda jism avvalgi holatiga qaytmaydi G va R kuch-lar momentining yo’nalishi bu kuchlarning qo’yilish nuqtalari, ya’ni og’irlik markazi S bilan suv sig’imimarkazi D ning o’zaro holatiga bog’liq.


Bunda uch hol bo’lishi mumkin:
1) agar metamarkaz og’irlik markazidan yuqorida bo’lsa (1.27 -rasm, b), G va P kuchlarning momenti jismni normal holatga qaytaradi, ya’ni jism turg’un holatda bo’ladi;
2) agar metamarkaz og’irlik markazidan pastda bo’lsa (1.27-rasm, v), G va R kuchlarning momenti jismni ag’darishga harakat qiladi, ya’ni jism noturg’un holatda bo’ladi;
3) agar metamarkaz og’irlik markazi ustiga tushsa, u holda suyuqlikda suzayotgan jism holati turg’unlikka bog’lik bo’lmaydi (masalan, shar uchun). Turg’unlikka bog’liq boshqa masalalar ustida to’xtalib o’tirmaymiz.

Qattiq jismlar bosim berishi mumkin, ammo oquvchan moddalar (ya’ni suyuqlik yoki gazlar) ham bosim berishi mumkin. Agar siz bu haqda o’ylasangiz, g’alati tuyulishi mumkin, chunki suyuqlik bilan mixga urishni tasavvur qilish qiyin. Buni anglash uchun suvga qandaydir chuqurlikka sho’ng’iganingizni tasavvur qiling. Yuqoridagi suv og’irlik kuchi bilan sizga ta’sir qiladi, shu sababli bosimni his qilasiz. Agar yanada chuqurroq sho’ng’isangiz, ustingizda ko’proq suv bo’ladi hamda suvning og’irligi va bosimi ham oshadi.


Nafaqat suyuqliklarning og’irligi, balki gazlar ham og’irligi bilan bosim beradi. Masalan, atmosferamizdagi havo og’irligi juda katta va biz deyarli har doim uning tubida bo’lamiz. Tanangizga atmosfera tomonidan beriladigan bosim hayratlanarli darajada katta. Buni sezmasligingizga sabab atmosfera bosimi har doim mavjudligidir. Biz faqat normal atmosfera bosimidan yuqori yoki pastroq bo’lgan bosimni, ya’ni uning o’zgarishini sezamiz (masalan, samolyotda yoki suzish havzasida suv ostida bo’lganimizda). Katta atmosfera bosimi bizga ziyon yetkazmaydi, chunki tanamiz havo bosimini muvozanatlash uchun ichki kuch hosil qila oladi. Ammo bu shuni anglatadiki, agar siz kosmik qaroqchilar tomonidan ochiq fazo vakuumiga chiqarilsangiz, tana katta kuch bilan bosim hosil qilishda davom etadi, lekin hech qanday havo bu bosimni muvozanatlamaydi.
[Demak, yorilib ketamanmi?]
Xo’sh, oquvchan moddalar ularga botirilgan narsalarga ta’sir qilishi mumkin, ammo oquvchan moddalarning qancha bosim berishini qanday aniqlaymiz? Buni suv havzasiga tushib ketgan bir dona loviya bankasi misolida o’rganing (rasmga qarang).
Bosimni o’lchashda odamlar ko’pincha umumiy bosimni (atmosfera bosimini o’z ichiga olgan) bilishni xohlamaydi. Odatda odamlar atmosfera bosimidan baʼzi bir bosim farqini bilishni xohlashadi. Sababi shundaki, atmosfera bosimi o’zgarmaydi va deyarli har doim mavjud. Shuning uchun uni o’zingizning hisoblashlaringizga qo’shsangiz, baʼzida bu biroz foydasizligini his qilishingiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, havosiz g’ildiraklaringiz ichidagi havoning umumiy bosimi 1,01×105Pa1{,}01 \times 10^5 Pa1,01×105Pa1, comma, 01, times, 10, start superscript, 5, end superscript, P, a bo’lganini bilish unchalik foydali emas (chunki atmosfera bosimi shinangizning havosizligini anglatadi). Shinalar atmosfera bosimidan yuqori bosimga ega bo’lganda shishadi va to’g’ri ishlay boshlaydi.
Shu sababli ko’plab monitoring jihozlari
Download 45.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling