Bosim farqlari o’zgarmas bo’lgan sarf o’lchagichlar. Sath o’zgarishiga asoslanib ishlaydigan sarf o’lchagichlar


II BOB 2.1 Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash


Download 0.49 Mb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1535301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-KURS ISHI

II BOB 2.1 Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash ko’p tarqalgan va o’rganilgan usul hisoblanadi. Sarfni bunday usul bilan o’lchashda suyuqlik yoki gaz o’tayotgan trubkada kichik diametrli to’siq – diafragma yoki soplo o’rnatish natijasida hosil bo’ladigan modda statik bosimining o’zgarishini o’lchashga asoslanadi. Bunda diafragmadan oldingi bosim bilan diafragmadan keyingi bosimlar farqi modda sarfiga mutanosib bo’ladi.
To’siqlar sifatida qo’llaniladigan diafragma, soplo va Venturi soplolari davlat standarti asosida tayyorlanadi va ishlatiladi.
Diafragma. Ichki diametri d1 modda oqimi o’tayotgan trubaning ichki diametri D1 dan ancha kichik bo’lgan metall disk diafragma (A) deb ataladi (1-rasm, a). Modda oqimi diametri d1 bo’lgan diafragma teshigiga muvofiq qisiladi. Bu qisilish diafragma teshigi oldidan boshlanib oqim inersiyasi ta’sirida teshikdan keyin ham, oqim diametri d2 bo’lganga qadar davom etadi. Shundan so’ng modda oqimi yoyila boshlaydi va natijada oqim diametri truba diametriga tenglashadi.Diafragmadan oldingi va keyingi zonalarda (1 va 2) moddaning uyurmali harakati vujudga keladi. Diafragmadan keyingi uyurmali harakat zonasi 2 diafragmadan


1 – rasm.
Diafragmaning trubaga o’rnatilishi :
a – diafragmali trubadagi suyuqlik oqimining xarakteri ;
b – statik bosimning o’zgarish grafigi.

oldingi zonadagidan katta bo’ladi. Diafragma oldida oqim bosimi P1' birmuncha ko’tariladi, ya’ni P1 ga teng bo’ladi (2- rasm, b), diafragmadan o’tishi bilan oqimning statik bosimi R2 gacha kamayadi, so’ngra yana ko’tariladi, lekin bosim P1' gacha qayta tiklana olmaydi. Bunga oqim yo’lidagi ishqalanishda va uyurma zonalarida oqim energiyasining bir muncha sarflanishi (o’zgarishi) sabab bo’ladi.


Statik bosimning o’zgarish grafigiga muvofiq aniqlanadigan bosimlar farqi P1' - P2 ' truba orqali o’tayotgan modda sarfini o’chlash uchun hizmat qiladi. Bosim farqi ∆= P1' - P2 ' ni aniqlash uchun amalda difmanometrdan foydalaniladi.(2-rasm).
Soplo. Oqim o’takdigan trubaga konsentrik ravishda kiygaziladigan voronkasimon to’siq soplo deyiladi. Bunday to’siqning old tarafida – diafragmada vujudga keladigan uyurmali harakat vau bilan bog’liq bo’lgan energiya va bosim kamayishi bo’lmaydi. Shuning uchun ham normal soplo diafragmaga nisbatan yuqori o’lchov aniqligiga ega.
Venturi soplosi. Venturi soplosi diafragmaga va normal soploga nisbatan ham yuqori aniqlikda sarf o’lchash imkoniga ega, chunki bunda soploning ikkala zonasida (kirish va chiqish) ham uyurmali harakat va u bilan bog’liq bo’lgan bosim kamayishi sodir bo’lmaydi.
Venturi soplosining kamchiligi uning qimmatroqligi, o’lchamlarining kattaligi va o’rnatish (montaj) ishlarining murakkabligidadir.
Tuzilishi jihatidan juda oddiy bo’lganligi uchun amalda ko’proq diafragmadan foydalaniladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling