VI. Schyotchiklar. Vaqt oralig’i t 1– t 2 dagi oqim, massa yoki energiya yig’indisini ko’rsatuvchi o’lchov asbobi schyotchik deb ataladi. Schyotchiklar o’z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi :
(14)
Bu erda
Q – vaqt oralig’ida sarflanadigan modda miqdori Q – vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi .
Ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan hamma schyotchiklar uch turga bo’linadi :
1)tezlik schyotchiklari
2) hajm schyotchiklari
3) vazn schyotchiklari
XULOSA
Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash ko’p tarqalgan va o’rganilgan usul hisoblanadi. Sarfni bunday usul bilan o’lchashda suyuqlik yoki gaz o’tayotgan trubkada kichik diametrli to’siq – diafragma yoki soplo o’rnatish natijasida hosil bo’ladigan modda statik bosimining o’zgarishini o’lchashga asoslanadi. Bunda diafragmadan oldingi bosim bilan diafragmadan keyingi bosimlar farqi modda sarfiga mutanosib bo’ladi.
Adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - Toshkent, 1964
Do'stlaringiz bilan baham: |