Bosim o'lchash asboblarini tuzilishi va undan foydalanishni o'zgarishi reja
Manometr — absolyut va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; Barometr
Download 67.52 Kb.
|
BOSIM O\'LCHASH ASBOBLARINI TUZILISHI VA UNDAN FOYDALANISHNI O\'ZGARISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyagonaporomer
- Ikki naychali manometrlar
Manometr — absolyut va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
Barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi; Vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining kamayishi (siyraklanishi) ni o‘lchaydi; Monovakuummetr — ortiqcha bosim va bosim kamayishini o‘lchaydi; Naporomer—kichik kiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi; Tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishini o‘lchaydi; Tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; Differensial monometrlar — ikki bosim ayirmasini (bosim o‘zgarishini) o‘lchaydi. SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARI Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi. Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llaniladi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli monometrlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. SHunday suyuqlikli asboblar gruppasi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi po‘kakning siljishiga olib keladi yoki boshqa qurilma xarakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu xarakteristikalar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. Suyuqlikli asboblarning ba’zi xillarini ko‘rib chiqamiz. Ikki naychali manometrlar. Bosim va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali simon manometrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi (4.1-rasm). Ikki vertikal tutash naycha 1, 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 mahkamlangan. Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismdagi bosim bilan mos kelsa, sistema muvozanat holatda bo‘ladi. SHunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin: bu erda Rabs – o‘lchanayotgan bosim, Pa; Ratm – atmosfera bosimi, Pa; s – naycha kesimining yuzi, m3; N – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3; ρ1 – manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3; g – tezlanish kuchi, m/s2. Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda: Suyuqlik ustupi balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini sanab chiqish kerak (bitta tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini va ularning qiymatini ko‘shish lozim, ya’ni Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional (∆R): anometrlarda kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8–10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin. Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat. Download 67.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling