Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Bino issiq suv ta’minoti.
Tayanch so‘z va iboralar: binoga kirish, issiq suv iste’molchilari, issiq suvga qo‘yilgan talablar, ichki issiq suv tarmog‘ini joylashtirish Issiq suv bilan ta’minlash tizimi issiq suv tayyorlab beruvchi manba, iste’molchilarning suv oluvchi asboblariga suv yetkazib berayotgan quvurlar va suvning ko‘rsatkichlarini sozlab beruvchi hamda suv sarfini nazorat qiluvchi asboblardan iborat bo‘ladi. Tizimlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, shu tufayli ularning tasnifi turli tamoyillarga asoslangan bo‘ladi. Issiq suv bilan ta’minlash manbayi vazifasiga ko‘ra markazlashtirilgan va mahalliy tizimlarga bo‘linadi Mahalliy tizimlar issiq suv tayyorlab beruvchi uskunalari yaqin joyda joylashgan mahalliy manbalar orqali suv bilan ta’minlanadi. Markazlashtirilgan tizimlarda bir qancha iste’molchilarga suv tashqi issiqlik tarmoqlaridan IEM (issiqlik energiya markazi) va tuman qozonxonalaridan yoki o‘z qozonxonalaridan yetkazib beriladi. Sanoat korxonalarini issiq suv bilan ta’minlashda ikkilamchi energiya manbalarida faoliyat yurituvchi qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlash ikki xil: issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining ochiq tizimlaridan, to‘g‘ridan to‘g‘ri tizimdan issiq suv olish va issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining yopiq tizimlarida mahalliy ichimlik suvini qizdirib berish ko‘rinishida bo‘ladi. Tashqi bug‘li issiqlik tarmoqlari orqali markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlash ham ikki ko‘rinishda: ichimlik suvini bug‘-suv qizdirgichlarida isitish va ichimlik suvini to‘g‘ridan to‘g‘ri bug‘ bilan aralashtirib isitish usulida amalga oshiriladi. O‘z qozonxonalaridan va utilizatsiya qurilmalaridan tashkil etilgan markazlashtirilgan issiq suvni tayyorlash (qizdirish) usullari o‘rnatilgan uskunalar xiliga bog‘liq bo‘ladi. Agar suv qizdirib beruvchi uskunalar katta hajmga ega bo‘lsa, issiq suv iste’molchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi. Suv qizdirib beruvchi uskunalarda issiq suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri tayyorlash iqtisodiy jihatdan afzaldir, chunki ko‘p miqdordagi suv zaxirasi bo‘lganligi sababli, issiq suvga bo‘lgan talab akkumulator baklarisiz ham qanoatlantiriladi. Bug‘ ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘rnatilgan mahalliy qozonxonalarga, issiq suv qozonxonalariga o‘rnatilgan bug‘-suv qizdirgichlarida tayyorlab beriladi. Iste’molchilarni issiq suv bilan ta’minlash tizimi vazifasiga ko‘ra turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarini issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga bo‘linadi. Turar joy binolari va mehmonxonalarning ayrimlarida tik quvurlarning va suv olinuvchi asboblarning ko‘p tarmoqlanishi binoning barcha hajmi bo‘yicha joylashtirilishi bilan farqlanadi. Ko‘pgina jamoat, ma’muriy va ishlab chiqarish binolarining issiq suv bilan umumiy foydalanish joylari (sanitar xonalar, umumiy va individual dush va vannaxonalari) bir nechta xonalarda joylashadi. Turarjoy binolarida, davolash, mehmonxona va ayrim boshqa korxonalarda suv olinuvchi asboblar turli qavatlarda joylashadi; kommunal, sport, ishlab chiqarish korxonalarida umumiy issiq suv bilan ta’minlash punktlari birinchi qavat va yerto‘lalarga joylashtiriladi. Ko‘p qavatli binolarda tik quvurlardagi turli gidrostatik bosimlar xonalarga tarmoqlanish quvurlarida drossel shaybalar o‘rnatishni yoki qavatlardagi suv 56 olish asboblaridagi suv bosimini tenglashtirib berish uchun boshqa tadbirlarni qo‘llashni taqozo etadi. Turar joy binolarining sutka davomidagi issiq suvga bo‘lgan talabi jamoat-ishlab chiqarish binolarining issiq suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra notekisligi bilan keskin farq qiladi. Jamoat, ishlab chiqarish binolari uchun issiq suvdan foydalanish davriyligi bilan ajralib turadi. Quvurlar mahalliy issiqlik punktidan suv olinuvchi asboblargacha yotqizilishiga qarab, yuqoridan va pastdan tarmoqlanish boshi berk va sirkulatsiyali bo‘ladi. Issiq suv sirkulatsiyasi usuliga ko‘ra tizim tabiiy va majburiy (nasosli) sirkulatsiyali tizimlarga bo‘linadi. Issiq suvni to‘plash joyiga qarab, mahalliy isitish punktlarida individual to‘plash, markazlashtirilgan isitish punktlarida bir guruh iste’molchilar uchun to‘plash yoki mahalliy qozonxonalardagi suv qizdiruvchi uskunalar, issiqlik manbayida markazlashgan tayyorlash tizimlari bilan farqlanad Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling