Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Ochiq turdagi issiqlik tarmog'ining sxemasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki suv ta’minoti tarmog‘ini joylashtirish va gidravlik hisoblash.
Ochiq turdagi issiqlik tarmog'ining sxemasiBunday komplekslar tomonidan tartibga solinadi harorat avtoregulyatori, va ulanish yopiq tizimlar bilan bir xil. Issiq suv ta'minotining bunday ulanishi uchun bir nechta sxemalar mavjud va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega.Termostat yordamida odatiy ulanish. Bunday sxemada issiq suv termoregulyatsiya qurilmasining chuqurligida aralashtiriladi. Bunday holda, DHW aylanish liniyasi drenaj nuqtasi orqasida va gaz kelebeği plitasining orqasida o'rnatiladi.Qaytish liniyasidan suv olish bilan issiq suv ta'minotining kombinatsiyalangan ulanishi. Quvurdagi suv oqimi va bosim darajasidagi o'zgarishlarni kamaytirish uchun juda qulay sxema. Issiqlik moslamasi tizimga ketma-ket tarzda o'rnatiladi.Issiq suv ta'minotini ta'minot liniyasidan suv olish bilan birgalikda ulash. Ular suv manbai kam quvvatga ega bo'lsa va qozonxona yoki stantsiya yuqori bosimni talab qilsa, lekin quvur liniyasida barqaror harorat bo'lsa ishlatiladi. Bu juda tejamkor usul.
Ichki suv ta’minoti tarmog‘ini joylashtirish va gidravlik hisoblash. Tayanch so‘z va iboralar: Aksonometrik sxema, dush, umivalnik suv to‘kish bakchasi, truba diametri, suv sarfi, suv tezligi, suv qabul qilish extimolligi, bosimning yo‘qolishi. Binolarda joylashgan suv taʼminoti tizimini gidravlik xisoblash. Ichki sovuq suv taʼminoti tarmoqlarini gidravlik xisoblash eng katta sekund ichidagi suv sarfi boʼyicha olib boriladi. Maktabda ishlatiladigan suv taʼminoti tizimlari agar yongʼin oʼchirish uchun xam ishlatiladigan boʼlsalar, u vaqtda ular yongʼin uchun sarf boʼladigan suv miqdorini xoʼjalik–ichimlik va sanoat korxonalari uchun sarf boʼladigan eng katta sekund ichidagi suv sarfi bilan qoʼshib uni umumiy suv sarfini aniqlash vaqtida xisobga olinadi. Ichki suv taʼminoti quvurlarini diametrlarini aniqlash vaqtida ularni oʼlchamlarini bu quvurni eng koʼp suv oʼtkazish mumkinligidan kelib chiqib tanlanadi. Poʼlat quvurlardan oqayotgan suvlarning eng katta tezligi 400mm boʼlgan quvurlar uchun 3m sek dan oshmasligi kerak. Ichki suv taʼminotini xisoblash quyidagi ketma –ketlikda amalgam oshiriladi. Аksionometrik sxema va binoning bosh rejasida bino ichidagi asosiy suv olish nuqtalari belgilanib chiqiladi va binoga qaysi tomondan suv kiritilishiga qarab uni xisobiy tugunlar tomon yoʼnaltiriladi. Xisobiy yoʼnalishni xisoblash kerak boʼlgan oraliqlarga ajratib chiqiladi. Xisobiy oraliqlardan qanday miqdordagi suvlar oqishi kerakligi aniqlanadi. Xisobiy suv miqdorlari asosida xar bir xisobiy oraliqni diametri va undan oqayotgan suvning tezligi va yoʼqotilayotgan bosim aniqlanadi. Oraliqlarda yoʼqotilgan bosimlarni umumiy miqdori aniqlanib, tashqi suv taʼminotining bosimi bilan solishtirilib, kerak boʼlsa bosim oshirish nasoslari oʼrnatiladi. Loyiha qilinayotgan binoda qabul qilingan tizim va tasvirlar. Sovuq suv tarmogʼi xoʼjalik ichimlik maqsadlari va bino atrofini sugʼorish uchun xizmat qiladi. Bino uchun suv pastdan tarqaladigan boshi berk sxema qabul qilib qilindi. Nasos – kuchaytirish va bosimli suv baklari loyixa qilinmagan. Sugʼorish uchun sarf boʼladigan suv miqdori suv oʼlchash asbobidan oʼtayotgan paytda hisobga olinib, lekin maksimal bir sekundlik suv sarfi hisoblanayotganda eʼtiborga olinmaydi. Chunki sugʼorish kranlari maksimal suv isteʼmol qilinadigan soatda ishlatilmaydi. Loyixada umivalnikning har qaysisi uchun alohida-alohida aralashtirish mostlamasi qabul qilinadi. Sovuq suv tizimi uchun DАST 18599-2001 ga taʼlluqli boʼlgan polietilen quvurlari ishlatiladi. Binoga suv tarmogʼining kirish qismining maksimal chuqurligi quyidagicha topiladi. h=hmuz+0,5+dt, m (1) bu yerda, hmuz –erning muzlash chuqurligi dt-suv tarmogʼi quvurining tashqi diametri. Binodagi oqava suvlarni tashqi kanalizatsiya tarmogʼiga uzatish uchun ichki xoʼjalik kanalizatsiya loyiha qilinadi. Tomdagi qor - yomgʼir suvlari ochiq navlar orqali irrbgatsiya tarmogʼiga tashlanadi. Ichki suv taminoti tarmogʼini hisoblashdan oldin grafikaviy qism bajarish kerak. Dastlab qavatlarning, yertoʼlaning rejalari va bosh reja oʼrganilganidan keyin suv tarmogʼi kirish qismining oʼrni aniqlanadi va chizmada u kirish V1-1 deb belgilanadi. Stoyaklar odam harorat noldan pasaymaydigan xonalar orqali oʼtkazilish kerak. Stoyaklar loyihada unitaz joylashgan xonalardan-xojatxonadan oʼtkazilgan. Stoyaklar St,V1-1, St V1-2 koʼrinishda belgilanadi. Yertoʼladan magstral tarmoqlar, stoyaklardan sanitariya asboblariga suv yetkazuvchi gorizontal quvurlar oʼtkazilgandan keyin tarmoqning aksonometrik sxemasi frontal proektsiyada bajariladi. V1, ,K1 tarmoqlari oʼtkazilgan rejalar, suv taʼminoti tizimi fazoviy koʼrinishi 1:1001:200 masshtablarda bajariladi. Sxema va rejalarda jihoz va qurilmalar grafik jihatdan soddalashtirilgan koʼrinishda tasvirlanadi. Sxemalarda uchastkalar orasidagi masofalar yon tarmoq va sanitariya asboblariga suv yetkazuvchi quvurlarning ulanish sathi otmetkalari, qavatlardagi pollar sathining otmetkalari koʼrsatiladi, hamda quvurlarning diametri, gorizontal tarmoqlar oʼrnatiladigan nishabliklar koʼrsatiladi. Loyiha rahbarining talabiga koʼra baʼzi qurilmalarning montaj sxemalari 1:100,1:200 masshtabda koʼrsatilishi mumkin. Hisoblashni boshlashdan oldin chizilgan aksonometrik sxema boʼyicha hisoblash sxemasi chizib olinadi. Dastlab suv tarmogʼining kirish qismidan eng uzoq va eng yuqorida joylashgan sanitariya asbobi aniqlanib, uning aralashtirish mastlamasi oʼqi “O” raqami bilan belgilanadi. Hisoblash uchastkasi deganda quvurning shuday boʼlagi tushinladiki, uning boshidan to oxirigacha bir sekunddagi hisobli suv sarfi oʼzgarmas boʼladi. Eng uzoqda joylashgan sanitariya asbobidan kirish qismigacha boʼlgan yoʼnalish hisoblash uchastkalariga boʼlingandan keyin hisoblash ishlariga kiritiladi. Har bir uchastka hizmat qiladigan sanitariya asboblarining soni aniqlanib 1- jadvalning ikkinchi ustuniga yozib chiqladi. Har bir uchastkaga toʼgʼri keladigan isteʼmolchilar soni uchinchi ustuniga yoziladi. Bitta isteʼmolchining maksimal soatda isteʼmol qiladigan suv sarfi QMQ 2.01.04-98 ning 3 – ilovasidan aniqlanadi, suv isteʼmol meʼyori 300 l kk boʼlganda Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling