Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Binolarga suv kiritish.
Tayanch so‘z va iboralar: quvurlarni yer ostida kiritish, turbalarni izolyatsiya qilish, suv tarmog‘i quvurining boshqa quvurlar bilan farqi, binoga kiritish chuqurligi. Ichki suv ta’minoti deb, imorat va inshootlarga tashqi suv manbayidan suv tarqatish nuqtasiga bosim ostida suv berish uchun mo‘ljallangan muhandislik qurilmasiga aytiladi. Ichki suv ta’minoti tarmoqlari quyidagi elementlardan iborat: binoga suvquvur kiritish (bir va bir nechta), suv o‘lchagich tuguni, tarqatuvchi quvur tarmoqlari; suv ko‘tarish qurilmalari (ularga ko‘tarish nasoslari, suv tarmoq minorlari va idishlari kiradi). Suv ta’minoti tarmog‘ining tashqi magistraldan binoga o‘rnatilgan suv o‘lchagichgacha bo‘lgan yer osti uchastkasi kirish qismi deb ataladi. Kirish cho‘yan quvurlar orqali bajariladi. Asosiy suv o‘tkazuvchi magistral quvur tarqatuvchi quvurlarga suv berish uchun xizmat qiladi. Tik quvur (tik quvur) uy qavatlariga suvni taqsimlab, tarqatish nuqtalariga yetkazib beradi. Yetkazuvchi quvurlar tarqatish nuqtasiga suvni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Tarqatish tarmog‘i yerning muzlash chuqurligidan 40 sm pastroq o‘tkaziladi. Janubiy hududlarda quvurlarni o‘tkazish chuqurligini tanlashda issiq kunlari quvurdagi suv isib ketmasiligini ham hisobga olish lozim. Quvurlarni o‘tkazishda yer ustidan quvur ustigacha bo‘lgan o‘rtacha chuqurlik: shimoliy hududlar uchun 2,2–2,7 m, markaziy va janubiy hududlar uchun 1–1,5 m ni tashkil etadi. Agar quvur uncha chuqur o‘tkazilmasa, qatnaydigan transportdan tushadigan tashqi zo‘riqishlarni hisobga olish va quvurlarining mexaniq shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak. Suv ta’minlash quvurlarining oqova suv quvurlari bilan kesishgan joylarida suv ta’minlash liniyalari kanalizatsiya tarmoq- 16 laridan kamida 0, 4 m balandlikda o‘tkaziladi. Suv ta’minlash va oqova suv quvurlarining bir sathda o‘tkazilganida quvurlar devorlari orasidagi masofa diametri 200 mm gacha bo‘lgan quvurlar uchun kamida 1,5 m, katta diametrli quvurlar uchun kamida 3 m bo‘lishi kerak. Suv ta’minoti tarmog‘ining tashqi magistraldan binoga o‘rnatilgan suv o‘lchagichgacha bo‘lgan yer osti bo‘limi kirish qismi deb ataladi. Kirish quvurlari sifatida cho‘yan suv ta’minoti quvurlaridan foydalaniladi. Kiritish quvurlari tashqi suv ta’minoti quvurlariga payvandlash usuli bilan ulanadi. Turar joy binolariga bitta suv bilan ta’minlash quvuri o‘rnatiladi. U tashqi suv ta’minoti tarmog‘i tomonga 0, 005 qiyalikda o‘tkaziladi. Bu esa uni zarur paytlarda suvdan bo‘shatishga imkon beradi. Suv bilan uzluksiz ta’minlanishi lozim bo‘lgan binolarda 2 ta va undan ortiq kiritish quvuri o‘tkaziladi. Kiritish quvurlari poydevor va poydevor tagidagi tuproq orqali o‘tkazilishi mumkin. Agar binoda yerto‘la bo‘lsa, kiritish quvurlari poydevor o‘yig‘idan o‘tkaziladi, agar yerto‘la bo‘lmasa, kiritish quvurlari poydevor ostidagi tuproqdan o‘tkaziladi, chunki tashqi tarmoq quvurlari poydevordan chuqurroq o‘tkazilgan bo’ladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling