Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Download 1.6 Mb.
bet3/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Bino kanalizatsiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: ichki kanalizatsiya sistemasi, ichki kanalizatsiya asosiy elementlari, maishiy kanalizatsiya sistemasi, moyka, vanna, dush, unitaz. Ishlab chiqarish kanalizatsiyasi, sistemasi, umumlashgan kanalizatsiya sistemasi. Kanalizatsiya trubalar va ularning joylashtirish.
Ichki oqova suv tarmog‘i bu muhandislik qurilmasi va inshooti bo‘lib, sanitariya asboblaridan chiqqan oqova suvlarni bino tashqarisidagi oqova suv tarmog‘iga uzatish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi kanalizatsiya tizimi oqova suvlarni qabul qilish, ularning binodan oqib chiqib ketishini ta’minlash uchun o‘rnatiladi. Bundan tashqari, kanalizatsiya tarmoqlari binodan tashqaridagi oqova suvlarni qabul qilish, aholi yashash joylari va sanoat binolaridan qoldiq suvlarini qabul qilish va uni shahardan tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. 68 Oqova suvlari, yig‘ilishi va ularning chiqarib tashlanishiga qarab, oqizib chiqariladigan va yig‘ib olinadigan bo‘ladi. Oqizib chiqariladigan tizim markazlashtirilgan bo‘ladi, qachonki, hududda kanalizatsiya tizimi o‘tkazilgan bo‘lsa va uylarda ichki suv bilan ta’minlash tizimi bo‘lsa. Tizim oqova suvlarni va axlatlarni qabul qilish, suv bilan aralashtirib binodan tashqariga, mavze va aholi yashash joyi, kichik hudud yoki obyekt kanalizatsiyalariga qo‘shish uchun xizmat qiladi. Xizmat qilish doirasiga qarab tizimlar birlashtirilgan va alohida bo‘ladi. Birlashtirilgan tizimda ichki kanalizatsiya maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini yig‘ib oladi. Alohida tizimni qachonki oqova suvlarning iflosligi ko‘p bo‘lganida tashqi kanalizatsiya tizimiga qoshish ta’qiqlanadi. Oqova suvlarni qabul qiluvchilar vazifasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Qabul qiluvchi sanitar jihozlari. Bularga idish yuvgich, yuvinish jihozi, unitaz, vanna, dush uchun mo‘ljallangan poddan va boshqalar kiradi. Davolash maskanlari, sanatoriyalar uchun davolash vannalari, tibbiy va jarrohlik yuvinish jihozlari, tupurgichlar, yuvish kameralari va boshqalar. Sanoat oqova suvlarini qabul qiluvchilarga yig‘uvchilar, qabul qiluvchilar, voronkalar va boshqalari kiradi. Binolarning tomlaridan yomg‘ir va qor suvlarini qabul qiluvchi voronkalar qoplamali va tekis bo‘ladi. Funksional xarakteristikalariga qarab, ishlash rejimi vaqtincha ishlaydigan va hamma vaqt ishlaydigan bo‘ladi. Konstruksiyalarga ko‘ra texnik xarakteristikalariga qarab, qanday materiallardan tayyorlanganligiga qarab bo‘linadi. Oqova suvlarni qabul qiluvchilar emallangan cho‘yandan, chinnidan, emallangan temirdan, plastmassadan tayyorlanadi. Unitazlar quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi: kattalar uchun 460 × 360 × 400 mm; bolalar uchun 405 × 290 × 330 mm. Pissuarlar erkaklar hojatxonalarida qo‘llaniladi, devorlarga va polga o‘rnatiladi. Yuvinish jihozlari o‘lchamlari: uzunligi 500–550, 600–650 mm, eni 300 dan 600 mm gacha chuqurligi 150 – 180 mm. Ular poldan 800 mm balandlikka o‘rnatiladi. Vanna har xil shaklda va o‘lchamlarda chiqariladi. Yuvinish vannalari aylana va to‘g‘ri burchakli shaklda, eni 700 – 750 mm. uzunligi 1200, 1500 va 1700 mm, chuqurligi 445 – 460 mm, poldan yuqorisigacha 600 mm bo‘ladi. Idish yuvgich emallangan cho‘yandan, plastmassadan tayyorlanadi. Chuqurligi 170–200 mm bitta moyka va 2 ta bo‘limdan iborat katta modeli 600 × 1000 mm, kichik modeli 600 × 800 mm o‘lchamda bo‘ladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling