Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Xonalarda havo almashinuvini tashkil etishning aerodinamik asoslari


Download 1.6 Mb.
bet67/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Xonalarda havo almashinuvini tashkil etishning aerodinamik asoslari.
Tayanch so‘z va iboralar: harakat tezligini,erkin, izotermik oqimlar, laminar va turbulent.

Ventilyasiya qilinadigan xonalarda oqib keluvchi havoni taqsimlanishida oqib keluvchi oqimni tarqalishini o‘ziga xosligini hisobga olish kerak, chunki ish zonasida havoni talab etilgan parametrlarini: haroratni, harakat tezligini, zararliklarni ruxsat etilgan konsentratsiyasini ta’minlash kerak.


Xonalarda havo berish va havoni chiqarib yuborish tirqishlarni joylanishiga qaraganda xonadagi havoni harakatlanish har xil bo‘ladi.
Eksperimental izlanish natijasida gidravlik lotokda suratga olingan havoni harakatlanish sxemalari keltirilgan
Xonaga oqib keladigan havoni to‘g‘ri taqsimlashda havo oqimlari katta rol o‘ynaydi.
Ventilyasiya texnikasida havo oqimlari xonadagi havo bilan aralashadi, bunday oqimlar cho‘ktirilgan deb ataladi.
Gidrodinamik rejimiga ko‘ra havo oqimlari laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Oqib keluvchi ventilyasion havo oqimlari har doim turbulent bo‘ladi.

6.2 – rasm. Erkin turbulent oqim
Havo oqimlari izotermik va izotermik bo‘lmagan oqimlarga bo‘linadi.
Izotermik oqimlarda butun oqim bo‘ylab harorat o‘zgarmas bo‘lib, xonadagi havo haroratiga teng (6.3 – rasm). Agarda haroratlar farqi mavjud bo‘lsa, bunday havo oqimlari izotermik bo‘lmagan oqimlar bo‘ladi. Xonalarni ventilyasiya qilishda ko‘pincha izotermik bo‘lmagan oqimlar ishlatiladi.
6.3 rasm. Erkin izotermik oqimni sxemasi

Agarda havo oqimi o‘z yo‘lida to‘siqlarga duch kelmasa va erkin harakatda bo‘lsa, bunday oqim erkin oqim deyiladi. Agarda oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘lsa u holda erkin bo‘lmagan yoki qisilgan oqim deyiladi.


Hamma oqimlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Tezlik vektorlari parallel bo‘lgan:
2. Tezlik vektorlari orasida ma’lum burchak bor bo‘lgan oqimlar.
Oqib kelish o‘tkazmasini (pritochnыy nasadok) geometrik shakli oqimning shaklini va uning tarqalish qonuniyatlarini aniqlaydi.
SHakli bo‘yicha ixcham (kompakt), yassi (ploskiy) va xalqasimon (kolsevoy) oqimlar mavjud.
Nuqtaviy va chiziqli quyilish tushunchalari real tirqishlarda hosil bo‘ladigan havoni so‘rish harakatini faqat sifatli baholashni imkoniyat beradi. Eksperemental tekshirishlar so‘rish tirqishlari oldidagi havo tezliklari ancha nazariya beradigan kattaliklarda farqlanishni ko‘rsatadi. Haqiqiy so‘rish tirqishlari oldidagi havo harakati uning geometrik shakliga va tomonlarining nisbatlariga bog‘liqdir.
Siqilib chiquvchi oqimlar. Xonaga oqib keladigan oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘ladi va ularni siqilgan oqim deyiladi. Siqilgan oqimni aerodinamikasi farqlanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling