Bosim ostidagi idish va tizimlar xavfsizliigi. Reja


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1709640
  1   2   3   4
Bog'liq
Azimjon TF 10


Bosim ostidagi idish va tizimlar xavfsizliigi.
REJA:
1. Bosim ostida ishlaydigan idish va tizimlar haqida umumiy ma’lumot.
2. Bosim ostida ishlaydigan idish va tizimlar ishlashi va boshqarilishi uchun
shartlar.
3. Kompressor qurilmalarining xavfsiz ishlashini ta’minlash.
4. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni monitoring qilish.

Paxta, ipak va yengil sanoat korxonalarida bosim ostida ishlaydigan


apparat, idish va quvurlar ko‘p ishlatiladi. Bular ko‘pincha portlash xavfini
tug‘dirishi mumkin. Bunday portlashlarga zanglash natijasida uskuna
devorlarining yemirilishi va mexanik pishiqligining yo‘qolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning urilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, portlash yonuvchi moddalarga uchqun ta’sir qilishi natijasida ham sodir boiishi mumkin. Bunda yonish tezligi sekundiga yuzlab
metmi tashkil qiladi.
Portlash bosimning keskin kamayishiga, buning natijasida suyuqlikning
bug‘lanishi, gaz yoki bug‘ hajmining ortishiga (suv bug‘langanda hajmi
1700 marta ortadi), bu esa idishning reaktiv kuch ta’siri ostida qolishiga
olib keladi. Idishning yoki apparatning portlashi natijasida bug‘ yoki gazning
adiabatik kengayish energiyasi ozod boiadi.
Portlash vaqtida katta quwat paydo boiadi va u jiddiy buzilishlaiga olib
kelishi mumkin. Hajmi 1 m3 va 0,98 - 106 Pa bosim ostida boigan idish
portlaganda 13164 kVt quwat paydo qiladi. Shuning uchun bosim ostida
ishlaydigan idishlami loyihalash, tayyorlash va ishlatish «Sanoatkontexnazorat» agentligi talablariga rioya qilgan holda olib boriladi. Bu qoidalar
ortiqcha bosim (6,8 • 104 Pa. dan katta) ostida ishlaydigan idish hamda apparatlami tayyorlash va ishlatish uchun joriy qilinadi. Masalan, harorati +50° C
gacha va ortiqcha bosimi 0,7 • 105 Pa. dan ortiq suyultirilgan gazlar uchun
mo'ljallangan bochka va sistemalar, ish bosimi 0,7 • 105 Pa. dan ortiq boigan,
siqilgan, suyultirilgan va erigan gazlar ballonlari shularga misol b oia oladi.
Ulami ishga tushirishdan awal «Sanoatkontexnazorat» agentligi tomonidan
rasmiylashtirilishi kerak. Buning uchun idish yoki apparatning pasporti,
qoidaga asoslangan holda montaj qilinganligi haqidagi dalolatnoma, uning
soz holatda ekanligi to'g'risida m a’lumotnoma, bosim manbai va ishlab
chiqarish muhiti parametrlari ko‘rsatilgan ulanish sxemasi, uni boshqaruvchi ishchining attestats To‘qimachilik korxonalarida bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavsharlangan bo‘lsa, birjoydan ikkinchi joyga ko'chirilganda
yoki uning xavfsiz ishlashiga javobgar shaxsning talabi bilan muddatidan
ilgari texnik ko‘rikdan o'tkaziladi. Gidravlik sinov esa har sakkiz yilda bir
marotaba amalga oshiriladi. Ish harorati 200°C gacha bo‘lgan idishlaming
gidravlik sinovi, ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa suyuqlik
bilan qo‘shimcha bosim berish orqali o‘tkaziladi. Qo‘shimcha bosim
idishning ish bosimiga bog‘liq bo‘lib, quyma idishlardan tashqari barcha
idishlar uchun ish bosimidan 20—25 % katta bo‘ladi. Shunday bosim
ostida idishlar (devorlarining qalinligi 50 mm. gacha bo‘lgan) 10 minut
ushlab turiladi va biror sezilarli o‘zgarish bo'lmasa, ya'ni choklardan ajralish,
suyuqlik tomishi, tashqi devorlaming terlashi, qoldiq deformatsiyalar ko'rinmasa idishlar gidravlik sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik rejimda va xavfsiz
ishlashini ta’minlash uchun quyidagi nazorat-o'lchash asboblari va ehtiyot
uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning
bosimini o‘lchash va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni
nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan taqdirda portlashning oldini olish uchun saqlagich, idishda bir vaqtning o‘zida gaz va
suyuqlik bo‘lgan taqdirda suyuqlikning ko‘p yoki ozligini ko‘rsatuvchi asbob,
idish ichidagi moddani butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi
moslama, agar idish ichida kondensat to‘plansa, uni chiqarib tashlash
imkonini beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ularning issiqdan uzayishini hisobga olish kerak. Buning uchun ularning burilgan joylari ravon,
silliq qilib yasaladi hamda kompensator halqalari va shunga o‘xshash
elementlar kiritiladi. Issiqlik deformatsiyalarini bir tekis taqsimlash maqsadida, ulami ayrim uchastkalarga bolib chiqib, issiqdan uzayishiga imkon
qoldirib, oxirgi nuqtalarini tayanchlarga mustahkamlanadi iyadan o’tganligi to‘g‘risda ma’lumotnoma kabihujjatlar talab qilinadi
Bosim ostida ishlaydigan idishlardan xavfsiz foydalanishga mustahkamlik
zaxirasi koefTitsiyenti katta bo‘lgan eng maqbul konstruksiyalami yaratish,
yuqori sifatli ashyolami ishlatish, saqlovchi uskunalar va nazorat-o'lchash
asboblarini o‘rnatish yo'li bilan erishiladi. Bunday uskunalaming ishdan
chiqishi va portlâshiga zanglash oqibatida mexanik mustahkamligining
yo‘qolishi, bosimning chekli bosimdan ortib ketishi, berkituvchi armaturaning yo‘qligi yoki buzilishi, belgilangan tartibotga rioya qilmaslik, tegishlicha nazoratning olib borilmasligi sabab bolishi mumkin.
Bosim bilan ishlaydigan idishlami o‘matish va ulardan foydalanishda xavfsiz
foydalanish qoidalariga amal qilish zarur. Bosim bilan ishlaydigan idishlar
ulami quvurlardan uzib qo‘yish uchun berkituvchi ventillar, jo‘mraklar, surilma
qopqoqlar, saqlovchi uskunalar, muhit harorati va bosimni o‘lchash uchun
asboblar suyuqlik miqdori ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Saqlovchi klapanlar idishdagi bosim m e ’y ordan oshib ketganida ortiqcha
bug‘, gaz yoki suyuqlikni tashqariga chiqarib yuborish uchun moljallangan.
69-rasmda (a) pishangni saqlovchi klapanning sxemasi keltirilgan. Bosim
keragidan ortib ketganida klapan yoriladi va gaz idishdan chiqib, portlashning oldi olinadi. Bosim belgilangan qiymatidan ortib ketganida, prujina yoki yukning kuchi yetarli boim ay qoladi, natijada klapan uyasidagi teshik ochiladi va gaz idishdan chiqadi.
Saqlovchi klapanlarning soni, o'lchamlari va o'tka/ish imkoniyati shunday hisob bilan tanlanadiki, idishdagi bosim 300 kPa. gacha bosimli idishlar uchun ish boshnidan 50 kPa. dan ortiq, 300—600 kPa bosimli idishlar uchun esa 15 %dan ortiq oshib ketmaydigan bo‘lsin.
Saqlovchi klapanlarning o’tkazish imkoniyati (G) ushbu formuladan
aniqlanadi:
G = l , 5 9 - a - F - B,J(Pt - P2) p ' t (8.1),
bu yerda, a — klapanninggaz sarflash koeffitsiyenti; F — klapan kesimining
yuzasi; B — koeffitsiyent (suyuqlik uchun B=l); Pt —klapandan oldingi
ortiqcha bosim; P — klapandan keyingi ortiqcha bosim; p — muhitning
zichligi; — klapandan oldingi muhitning harorati.
Ortiqcha bosimni aniqlash uchun manometrlar o'matiladi. Ular uch
xil bo‘ladi: ish manometrlari, nazorat va namuna manometrlari. Ish manometrlari ish sharoitida bosimni o'lchash, nazorat turidagisi ish manometrlarini tekshirish, namuna turidagisi esa manometrlarni laboratoriyalarda
tekshirish uchun ishlatiladi.
Ish manometrlarining aniqlik sinfi quyidagicha bo‘ladi: 0,5; 1,0; 1,5;
2,5; 4. Idishlardagi bosimni o‘lchaydigan manometr ish bosimiga moslab
tanlanishi va aniqlik sinfi 2,5 dan past bo'lmasligi kerak. Manometr shkalasida
idishdagi mxsat etilgan ish bosimini ko'rsatuvchi qizil chiziqcha bo‘lishi lozim.
Manometrda tamg‘a bo'lmasa, uskunani tekshirish muddati o'tib ketgan
bo'lsa, u o ’chirilganda mili shkalaning nolinchi bo'linmasiga qaytmasa,
oynasi singan bolsa undan foydalanish mumkin emas. Manometrlar kamida
yiliga bir marta tekshirib turilishi zarur. Tekshirish chog‘ida ular tamg‘alanadi.
Korxonada uzog'i bilan olti oyda bir marta manometrlarni nazorat manometri yordamida qo‘shimcha tekshirib, natijalarini nazorat tekshiruvlari
daftariga yozib qo‘yilishi kerak
2. Bosim ostida ishlaydigan idish va tizimlar ishlashi va boshqarilishi uchun shartlar.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling