Bosim ostidagi idish va tizimlar xavfsizliigi. Reja
Qozonxona qurilmalaridan foydalanish qoidalarí
Download 0.69 Mb.
|
Azimjon TF 10
Qozonxona qurilmalaridan foydalanish qoidalarí. Qozonxona qurilmalari
korxonalami texnologik ehtiyoj va isitish uchun zarur bo‘lgan bug' hamda issiq suv bilan ta’minlaydi. Bosimi 70 kPa va bundan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlari hamda suvni 115°C dan yuqori haroratgacha isitadigan qozonlar mavjud. 200 Bug‘ ishlab chiqaradigan bug‘ qozonlari va ana shu bug‘ni ishlatadigan apparatlar yopiq tizim ichida bosim bilan ishlaydi. Bunday tizim xavfsizlik tadbirlariga doir hamma choralami qat’iy bajarishni talab qiladi. Bug“ qozonlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish og‘ir falokatga — qozonning portlashiga olib keladi. Portlash sodir bo‘lganda qisqa vaqt ichida anchagina potensial energiya bo‘shaydi. Gaz adiabatik kengayganda ro‘y beradigan portlashning ishi (A) ushbu formuladan aniqlanadi: - V 1 - ( p2 ^ n — 1 - 1 P, n - -1 bu yerda, V — gazning boshlang‘ich hajmi, m3; Pl va P2 — idishdagi boshlang‘ich hamda oxirgi bosimlar, Pa; n — adiabatik ko‘rsatkich. Statistik ma’lumotlarga qaraganda qozon devorlarining buzilishiga olib keladigan asosiy sabablar quyidagilar ekan: — qozonda suv kamayishi natijasida devorlarning o‘ta qizishi; — ashyoning mos emasligi, qozonning sifatsiz tayyorlanishi; — metallning o‘yilishi oqibatida qozon devori ayrim joylarining bo‘shashib qolishi, haddan tashqari ko‘p tosh (nakip) hosil bo'lishi va kirlanishi natijasida qozon devorlarining ortiqcha qizishi; — saqlovchi klapanning buzilishi, xizmat ko‘rsatuvchi kishilarning e’tiborsizligi tufayli bosimning haddan ziyod ortib ketishi; — o'txonalarda gazlaming portlashi. Mana shu sabablar o‘z vaqtida bartaraf etilsa, qozonlar portlamaydi. Suv bosimi va haroratini nazorat qilib turish uchun suv isitish qozonlarining kirish hamda chiqish joylariga manometr va termometrlar o‘rnatiladi. Qozonlarga, bulardan tashqari, nasoslar ham o‘rnatilib, ular qozonni suv bilan ta’minlashi bilan bir qatorda, undagi suvni kanalizatsiyaga haydab chiqarishi ham mumkin. Qozonxona qurilmalariga xizmat ko‘rsatadigan kishilar 18 yoshdan kichik bolmasliklari, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, maxsus dastur bo‘yicha o‘qigan va malaka komissiyasi tomonidan beriladigan mutaxassislik guvohnomasiga ega bo'lishlari shart. Qozonxona qurilmasida ishlashni boshlashdan oldin smenani qabul qilib olish va agregatning o‘sha vaqtdagi holatini, ishlash tartibini albatta ish daftariga yozib qo‘yish kerak. Quyidagi hollarda bug“ qozonlarini o'chirish zarur: — qozonxonadagi bosim me’yordagidan 10 % ortib ketganda; 201 — suvi kamayganda; — ta’minlovchi uskunalari, suv miqdorini ko‘rsatuvchi asboblari yoki saqlovchi klapanlari ishlamay qolganda; — qozondan suv sizayotganda; — gaz yo‘llarida gaz portlaganda. «Sanoatkontexnazorat» agentligi xodimlari qozonlami muntazam ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turadilar. Qozonlar kapital ta’minlangandan keyin ham texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Davriy ko'riklar to ‘rt yilda bir marta, gidravlik sinovlar esa sakkiz yilda bir marta amalga oshiriladi. Bug‘ qozonlari, bug‘ni qayta qizdirgichlar, bug‘ yoki qaynoq suv quvurlari va ballonlar 5 minut mobaynida sinov bosimi bilan gidravlik sinalishi kerak Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling