Bosim qurilmalarini avtomatlashtirish. Reja


Download 155.42 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi155.42 Kb.
#1517289
Bog'liq
9-маьруза


Bosim qurilmalarini avtomatlashtirish.



Reja:

  1. Suyuqlik sathini o’lchovchi rele tuzilishi;

  2. Drenaj nasosining tuzilishi va uning sxemasi.


Tayanch so’z va iboralar:nasos qurilmalarini, kontaktorlar, magnit ishga tushirgichlar, oraliq rele, nasosda suyuqlik sathini ko’rsatuvchi rele, markazdan qochma nasosni nazorat qiluvchi rele.

Nasos qurilmalarini avtomatlashtirganda asosiy apparatlar: kontaktorlar, magnit ishga tushirgichlar, oraliq relelardan tashqari maxsus boshqaruv va nazorat apparatlari, masalan: nasosda suyuqlik sathini ko’rsatuvchi rele, markazdan qochma nasosni nazorat qiluvchi reledan foydalaniladi.


Suyuqlik sathini nazorat qilishda qalqovchi (poplavokli) rele, sathni nazorat qiluvchi elektrodli rele (elektrodli datchiklar), quvurlarga o’rnatiladigan har xil turdagi manometrlar, sig’imli datchiklar va radioaktiv datchiklardan foydalaniladi.
Suyuqlik sathini nazorat qiluvchi qalqovchi relelardan asosan agressiv bo’lmagan suyuqliklar sathini o’lchashda foydalaniladi. Quyida 30.1-rasmda suyuqlik sathini o’lchovchi rele ko’rsatilgan.



30.1-rasm. Suyuqlik sathini o’lchovchi rele tuzilishi:
a) ochiq rezervuarli; b) yopiq rezervuarli.
Ochiq rezervuarga suyuqlik sathini nazorat qilish uchun suyuqlikda cho’kmaydigan qurilma (qalqovich) 1 egiluvchan arqon yordamida, blok 3 orqali yuk 6 bilan muvozanatlangan. Arqonga ikkita shayba 2 va 5 o’rnatilgan. Bu shaybalar suyuqlikning yuqori va pastki chegarasida maxsus qurilmani 4 (koromislo) buraydi. U qurilma holatiga mos keluvchi 7 va 9 kontaktlarni tutashtiradi. Ushbu kontaktlar nasosning boshqaruv zanjiri bilan ulangan. Yopiq rezervuarlarda suyuqlikda cho’kmaydigan qurilma 1 richag o’qi bilan bog’langan 10 va maxsus yo’l, korpus devori orqali relening kontaktorlar 11qismiga o’tadi (30.1, b-rasm).
Oddiy turdagi drenaj nasosining sxemasi 30.2, a-rasmda ko’rsatilgan. Nasosning elektr sxemasi 30.2, b - rasmda ko’rsatilgan. Boshqaruv KU kalitini ikki holatga: avtomatik va noavtomatik (qo’lda) o’tkazish mumkin. Agar KU noavtomatik holatda bo’lsa, nasos M elektr motorini boshqarish odatiy sxemada ko’rsatilgani kabi K magnit ishga tushirgichning KnR va KnS tugmalari orqali amalga oshiriladi. Kalit KUavtomatik boshqaruv holatiga o’tkazilganda nasos motorining boshqaruvi suyuqlik sathini nazorat qiluvchi datchigi (qalqovchi rele) QR orqali amalga oshiriladi. Suyuqlikning darajasi past bo’lganda drenajni qabul qiluvchida QR relesining kontakti uzilgan va nasos o’chiq bo’ladi. Suyuqlik ma'lum bir 2 darajaga ko’tarilganda QR relesining kontakti ulanib, K ishga tushirgichni ulaydi. Nasos ishga tushadi va suvni haydaydi. Qalqovchi relesining QR kontakti suyuqlikning sathi quyi 3 darajagacha tushguncha ulanib turadi. Suyuqlik pastga tushgach RU kontaki ajralib, K magnit ishga tushirgichni uzadi va nasos to’xtaydi.



30.2-rasm. Drenaj nasosining tuzilishi (a) va uning sxemasi (b).

Elektr motorning qisqa tutashishdan va o’ta yuklanishdan himoyalash birlashtirilgan (maksimal va harorat) ajratuvchi B avtomat orqali amalga oshiriladi. Nol himoyasini magnit ishga tushirgichni o’zi taminlaydi. Qalqovchi relesi QR pasaytiruvchi transformatorsiz ishlab, uning boshqaruv impulsi sxemaga oraliq relesiz uzatiladi. Bunday oddiy sxemalardan nasos va suv to’planuvchi hovuzlar oraliq masofasi yaqin bo’lganda, kontaktor chulg’ami va qalqovchi releni o’zaro ulaydigan simlardagi kuchlanishning tushishi past bo’lganda foydalaniladi.
Download 155.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling