Botanika. 6-sinf I bob. Gul
Download 403.5 Kb.
|
TEST Botanika 6
SamMI tayyorlov kursi 2018-2019 NIYOZQULOVA GULFIRA +998902513300 Botanika. 6-sinf I Bob. GUL. 1. Tashqaridan qaraganda qaysi hayotiy shakl vakillari bir-biriga judayam o’xshaydi? A ko’p yillik B bir yillik C ikki yillik D buta 2. O’simliklarni sistematikaga solishda ularning qaysi jihatiga e’tibor qaratiladi? A bir-biridan farq qiluvchi belgilariga B o’xshash belgilariga C gulining tuzilishiga D changchisining tuzilishiga 3. Yopiq urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish organini belgilang. A arxegoniy B gul C meva D urug’ 4.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan? A barg B novda C gulqo’rg’on D A vaB 5. Gul nimalardan tashkil topgan? 1)gulband 2)gulqo’rg’on 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi A 2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3 6.Gullarning xilma-xilligi …ga bog’liq. A hayotiy shakl B o’sish sharoiti C o’simlikning qaysi sistematik birlikka mansubligi D B va C 7. Gulband nima? A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy B yuqori qismi biroz kengaygan joy C gulni novdasiga biriktirib turadigan band D A va C 8.Gulo’rin nima? A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy B gulbandining yuqori qismidagi biroz kengaygan joy C gulni novdasiga biriktirib turadigan band D A va B 9. Gulband … bilan bir-biridan farq qiladi. A tuzilishi B shakli C o’lchami D B va C 10.Qanday gullar o’troq gullar deyiladi ? A changchi va urug’chisi shakllanmagan B gulqo’rg’oni yo’q yoki tangachaga aylangan C gulo’rni shakllanmagan D gulbandi shakllanmagan 11. Gul necha qismdan tashkil topgan? A 4 B 5 C 3 D 2 12. Gul qanday qismlardan tashkil topgan? 1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi A 1,2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 1,4,5 D 2,4,5 13.Gulqo’rg’on nimalardan tashkil topgan? 1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi A 1,2,4,5 B 1,2 C 4,5 D 1,2,3 14.Gulning barcha a’zolari joylashadigan qismi qanday ataladi? A gulqo’rg’on B gulband C gulo’rin D gultoj 15.Gulni tashqi tomondan o’rab turadigan qavat - … A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj 16. Notog’ri fikrni belgilang A barcha yopiq urug’li o’simliklar shakli o’zgargan novdaga ega B shamol o’simliklarning suv bug’latishida ahamiyatga ega C oddiy lavlagi 1-yili faqat vegetativ organlarni hosil qiladi D t.j.y 17. Gulkosacha …ning yig’indisidan iborat. A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg D A va C 18. Asosan yashil va boshqa ranglarda bo’ladi. A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj 19.guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo’rg’on qavati. A changchi B gulkosacha C gulo’rin D gultoj 20. Gultoj … lar yig’indisidan tashkil topgan. A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg D A va C 21. U turli rangda bo’ladi. A gulband B gulkosacha C gulo’rin D gultoj 22. … - gulqo’rg’on ichida joylashgan muhim qismi. A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj 23.Changchi nechta va qanday qismlardan tashkil topgan? A 2; changdon va changchi B 3; changdon, changchi, changchi ipi C 2; changdon va changchi ipi D 2; changchi va changchi ipi 24. Changdon nima orqali gulning qaysi qismiga bog’langan bo’ladi? A changchi; gulqo’rg’on B changchi ipi; gulqo’rg’on C changchi ipi; gulo’rin D changchi; gulo’rin 25.O’simlikda changchilarning bittadan yoki bir nechtadan bo’lishi nimaga bog’liq? A changlanish xususiyatiga B gul tuzilishiga C o’simlik turiga D joylashishiga 26.Changchi iplarining soni va shakli nimaga bog’liq? A changchiga B o’simlik turiga C gulga D sharoitiga 27.Qaysi o’simlikning changchilari urug’chisida o’rnashgan? A lola B olma C g’oza D ituzum 28. Gulning ichki qismlari keltirilmagan javobni belgilang. A changchi, urug’chi B changchi C tuguncha Dt.j.y 29.Changchi iplari gulo’ringa qanday shakllarda joylashgan bo’ladi? A alohida-alohida yoki qo’shilib B qo’shilib yoki tutam hosil qilib C alohida-alohida yoki tutam hosil qilib D alohida-alohida, tutam hosil qilib yoki qo’shilib 30. Changchining qaysi qismi ayrim o’simliklarda bo’lmasligi ham mumkin? A changdon B changchi C changchi ipi D changdon va changchi ipi 31.Gulning o’rtasida markazida joylashgan eng muhim qismi - … A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj 32. Urug’chi qanday qismlardan tashkil topgan? A 2; changchi va changchi ipi B 3; tuguncha, ustuncha va og’izcha C 3; urug’kurtak, markaziy va tuxum hujayra D 3; tuguncha, ustuncha va tumshuqcha 33.Urug’chining kengaygan pastki qismi - … A tumshuqcha B ustuncha C tuguncha D urug’kurtak 34.Yopiq urug’li o’simliklarda urug’kurtak qayerda joylashgan bo’ladi? A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha 35.Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi? A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha 36.Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab qanday bo’ladi? A bir va ko’p uyali B ostki va ustki C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli 37.Tugunchalar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi? A bir va ko’p uyali B ostki va ustki C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli 38.Tugunchaga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan javobni belgilang A uning ichida urug’kurtak joylashgan B bir va ko’p uyli bo’ladi C ostki va ustki bo’ladi D chang donachalarini ushlab qolish vazifasini bajaradi 39.Urug’chining o’rta qismi qanday ataladi? A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha 40.Ustunchaning vazifasi nimadan iborat? A chang donalarini ushlab qoladi B ichida urug’kurtak yetiladi C meva hosil qilishda ishtirok etadi D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi 41.Uning ichi g’ovak bo’ladi. A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha 42.U urug’chi(ustuncha)ning eng yuqori qismi –uchi hisoblanadi A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha 43.Tumshuqchaning vazifasi nimadan iborat? A chang donalarini ushlab qoladi B ichida urug’kurtak yetiladi C meva hosil qilishda ishtirok etadi D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi 44. Gulqo’rg’onning vazifasi nima(lar)dan iborat? A gul ochilguncha changchi va urug’chilarni o’rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi B meva hosil qilishda ishtirok etadi C hasharotlarni o’ziga jalb qiladi D hammasi 45. Gulqo’rg’on qanday bo’ladi? A oddiy va murakkab B bir yoki ko’p a’zoli C ostki yoki ustki D hammasi 46. Oddy gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi? A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi D hammasi 47.Gultojsimon oddiy gulqo’rg’onli o’simlikni belgilang. A g’o’za B lavlagi C sachratqi D lola 48. Oddiy gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12 49. Murakkab gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi? A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi D gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo’ladi 50. Murakkab gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A 1,6,9,11 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12 51. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12 52. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A 1,6,9 B 5,7,9,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 1,3,4,8,12 53.Yong’oq, terak o’simliklarining gullariga xos belgini aniqlang. A gulqo’rg’onsiz B oddiy gulqo’rg’onli C gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilmagan D kuchala to’pgul hosil qiladi 54. Gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o’simliklarni belgilang. A tok, terak, tut, yong’oq B yong’oq, tok, tut, tol C terak, yong’oq, tol, tut D terak, tol, yong’oq, tok 55. Gul tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida …dan foydalaniladi. A gul formula B gul diagrammasi C A va B D sxema 56. Gul diagrammasi deb nimaga aytiladi? A gul tuzilishining sonlar bilan ifodalanishiga B gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga C gulning tashqi tuzilishi va shaklining chizmalar bilan ifodalanishiga D Gul qismlarining nomi shu qismning boshlang’ich harflari va sonining raqamlar bilan ifodalanishiga 57. Yong’oqning qaysi turdagi guli to’pgul hosil qiladi(a) va hosil qilmaydi(b). 1)urug’chili guli 2)changchili guli A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1,2; D b-1,2; 58. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi? A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi 59. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilgan bo’lsa qanday holatda yoziladi? A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi 60. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlarining soni ko’p bo’lsa qanday holatda yoziladi? A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi 61. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqada uchrashi kerak bo’lgan gul qismlari rivojlanmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi? A yozilmay tashlab ketiladi B “0” belgisi qo’yiladi C “~” belgisi qo’yiladi D vergul bilan ajratib yoziladi 62.Agar gul qismlari bir emas ikki yoki undan ortiq halqada joylashgan bo’lsa qanday yoziladi? A har bir halqa qismlari vergul bilan ajratib yoziladi B “~” belgisi qo’yiladi C har biri qavs ichiga olinadi D har biri halqadan so’ng “+” belgisi qo’yiladi 63. Quyidagi gul tuzilishlari va o’simliklarni juftlab yozing. a)achambiti b)sachratqi c)lola d)olxo’ri 1)gulkosachabarglari rivojlanmagan 2)gultoji 6ta 3)gulkosachabargi 5ta 4) gultoji 5ta 5)gulkosachabargi va gultoji 4tadan 6)gulqo’rg’oni oddiy 7)gultojlari 2 halqada joylashgan 8)changchilari 2 halqada joylashgan 9)changchisi 6ta 10)urug’chisi bitta 11)urug’chisi 2ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 12)urug’chisi 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 13)changchilari cheksiz 14)gultojbarglari qo’shilgan 15)gultojbarglari qo’shilmagan 16)changchisi 5ta qo’shilgan A a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15; B a-5,9,10,11,15; b-1,4,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15; C a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,14; D t.j.y 64. Jag’-jag’ o’simligining ikkinchi nomini belgilang. A sachratqi B kovul C qoqio’t D achambiti 65.Achambitining gul formulasini to’g’ri belgilang. A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1 65.Olxo’rining gul formulasini to’g’ri belgilang. A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1 66.Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang. A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) C Og3+3 Ch3+3 U(3) D Og3+3 Ch3+3 U1 67.Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang. A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) C Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2) D Gk0 Gt(5) Ch5 U1 68. Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkin? A gulning tuzilishini B qaysi oilaga mansubligini C hammasi D sxema bilan ifodalanishini 69. Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi? A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa 70. Qanday turdagi gulga changchili gul deyiladi? A agar gulda faqat changchi bo’lsa B agar o’simlikda faqat changchili gul bo’lsa C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa 71. Qanday turdagi gulga urug’chili gul deyiladi? A agar gulda faqat urug’chi bo’lsa B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa 72.Bir jinsli gullarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori A 2,3,4,5 B hammasi C 1,3,4 D 1,2,3,4,5,7 73.Ikki jinsli gul deb qanday turdagi gulga aytiladi? A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa C agar o’simlikda urug’chili va changchili gul bo’lsa D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa 74.Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos A 8,9,10,11 B 1,6,7,8,9,10,11 C 1,3,4 D 2,3,4,5 75. Qaysi o’simlik(lar)ning bitta tupida ham changchili ham urug’chili gul alohida-alohida joylashgan bo’ladi? A qarag’ay B makkajo’xori C tol D A va B 76. Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa A 7 B 1,3,4,8 C 1,3,4 D 1,3,4,9 77.Quyidagi o’simliklardan qaysi birining changchilari 2 ta bo’ladi? A yong’oq B tol C tok D terak 78.O’zi ayrim jinsli bo’lib urug’chili va changchili gullari (har ikkalasi) to’pgul hosil qiladigan o’simlik(lar)ni belgilang. 1) yong’oq 2) tol 3) tok 4) makkajo’xori A 1,2,3,4 B 2,4 C 2 D 1,3 79. Gullar simmetriyasiga ko’ra qanday bo’ladi? A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq 80.To’g’ri gul deb nimaga aytiladi? A gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa B umuman teng bo’lakka ajralmasa C agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa D A va B 81. To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17 D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 82. Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17 D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 83. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang 1)angishvonagul 2)gunafsha 3)suvyig’ar 4)qo’ng’roqgul 5)marmarak 6) g’oza A 1,4,5 B 4,5,6 C 1,2,5 D 2,3,6 84.Olma guli g’o’za gulidan qaysi jihati bilan farq qiladi? A gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi(ostgulkosacha)ning borligi bilan B urug’chisining o’ziga xos tuzilganligi bilan C gulkosachasining tashqi tomonida ostgulkosachasi-ning bo’lmasligi bilan D A va B 85.G’o’za guli olma gulidan qaysi jihati bilan farq qiladi? A gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi(ostgulkosacha)ning borligi bilan B urug’chisining o’ziga xos tuzilganligi bilan C gulkosachasining tashqi tomonida ostgulkosachasi-ning bo’lmasligi bilan D A va B 86. Ayrim jinsli gullarning qaysi xususiyatiga qarab o’simliklar bir yoki ikki uyliga bo’linadi? A gulda changchi yoki urug’chining uchrashiga qarab B ayrim jinsli gullarning o’simlikda joylashishiga qarab C urug’chili va changchili gullarning tuzilishiga qarab D ayrim jinsli gullarning changlanish xususiyatiga qarab 87.Bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo’lsa, unga … deyiladi. A o’troq gul B shoxlangan gul C to’pgul D shingil 88.To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simliklarni belgilang. A gilos, nok, olcha, olma B lola, nok, behi, shaftoli C behi, lola, binafsha D behi, shaftoli, binafsha 89. To’pgulning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nimadan iborat? A o’simliklarning changlanish ehtimolligini oshiradi B gulning ichki qismlarini tashqi noqulay sharoitdan himoya qiladi C o’simlikning keng tarqalishida xizmat qiladi D hammasi 90.to’pgullar … … bo’ladi. A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq 91.Oddiy to’pgul(a) va murakkab to’pgullar(b)da gulpoyaning tuzilishini belgilang. 1)shoxlangan 2)shoxlanmagan A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1; b-1; D a-2; b-2; 92.Qaysi to’pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi? A oddiy boshoq B oddiy qalqon C oddiy shingil D kuchala 93.Oddiy qalqonsimon to’pgulli o’simliklarni belgilang. A shaftoli, nok, olma, olcha B o’rik, nok, olma, olcha C gilos, nok, olma, olcha D olma, o’rik, gilos, nok 94.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi? A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha D oddiy shingil 95. Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi? A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha D oddiy shingil 96.Oddiy boshoq to’pgulga ega bo’lgan o’simlikni belgilang. A qashqarbeda B zubturum C bodiyon D rovoch 97.Qaysi o’simlikning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi? A makkajo’xorining urug’chili guli B kelin supurgi C zubturum D jag’-jag’ 98. Qaysi turdagi to’pgulda gullar uzun bandi bilan joylashgan bo’ladi? A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha D oddiy shingil 99.Shoxlanmagan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 6,7,9,14,20 100. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 6,7,9,14,20 101.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan? A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil 102.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7 103.Shoxlangan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 6,7,9,14,20 104.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping. 1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos A 3,4,5,6 B1,2,5,6 C 1,2,7,8 D 2,4,5,8 105.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang. 1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6 106.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang. 1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6 107.Qaysi o’simliklarning changchili gullari kuchala to’pgulda yig’ilgan bo’ladi? A yong’oq, terak, oqqayin B oqqayin, tok, yong’oq C tut, oqqayin, yong’oq D oqqayin, yong’oq, tol 108.Qaysi to’pgullar turli xillarga mansub bo’lsada lekin o’zaro o’xshaydi? A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon C shingil va ro’vak D boshoq va kuchala 109. Sholi va qamish o`simligi uchun umumiy bo`lgan xususiyatni belgilang A hayotiy shakl B to`pguli C ildizpoyasi D hammasi 110.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi? A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi B asosiy gulpoyasi osilib turadi C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi D asosan changchili gullarda uchraydi 111. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang A qashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och 112.Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang A qulupnay B yantoq C sachratqi D qayrag’och 113. Qaysi o’simliklarning guli gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan bo’ladi? 1)karrak 2)kungaboqar 3)kartoshkagul 4)ermon 5)shuvoq 6)bo’tako’z 7)sachratqi A 1,2,4,5,6,7 B hammasi C 2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,6 114.Savatcha to’pgulning atrofi nima bilan o’ralgan bo’ladi? A jinssiz gullar bilan B naychasimon gullar bilan C tilchasimon gullar bilan D o’rama bargchalar bilan 115.Guli uncha ko’zga tashlanmaydigan o’simlikni belgilang. A sholi B tol C tol D anjir 116.To’pgullar juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang: 1) xarduma 2) qashqarbeda 3) sholi 4)shashir 5)karrak 6) olcha 7) qamish a) oddiy shingil b) yakka gulli c) murakkab soyabon d)ro’vak e)murakkab boshoq f)savatcha g)qalqonsimon A 1-e;2-a;3-e;4-d;5-f;6-b;7-d; B 1-e;2-a;3-d;4-c;5-f;6-g;7-d; C 1-f;2-a;3-e;4-c;5-g;6-b;7-e; D 1-d;2-g;3-a;4-f;5-e;6-g;7-c; 117.Qoqio’t, sachratqi va kungaboqar uchun umumiy bo’lgan xususiyatni belgilang. A hayotiy shakl B to’pgul C uchrash joyi D quyosh nuriga nisbatan munosabati 118. Ituzum, pomidor va kartoshkaning to’pgulini belgilang. A shingil B ro’vak C gajak D kallakcha 119.Ziradoshlar oilasiga xos bo’lgan to’pgul - … A qalqon B boshoq C shingil D soyabon 120. Changlanish nima? A changdondagi chang zarrachalarining yetilishi B chang hujayrasi va urug’kurtakdagi tuxum hujayrasining qo’shilishi C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi 121.Changlanish qanday turdagi xillarga bo’linadi? A 2; chetdan va o’z-o’zidan B 2; tabiiy va sun’iy C 3; hasharot, shamol yordamida va o’z-o’zidan changlanish D 3; chetdan, o’z-o’zidan va sun’iy 122.Faqatgina … gulgina meva tugadi. A gullagan B changlangan C tinim davrini o’tagan D ozuqa bilan yaxshi ta’minlangan 123.Yetilgan urug’chining tumshuqchasi uchun xos bo’lgan xususiyat. A chang yo’li bo’ladi B yopishqoq va quruq bo’ladi C nam va yopishqoq bo’ladi Dtep-tekis va nam bo’ladi 124.O’simlik gullaridagi hasharotlarga kerak bo’lgan narsa(lar)(a) va ularni hasharotlar qaysi a’zolari(b) orqali boshqa gullarga olib o’tishadi? 1)chang 2)nektar 3)xartum 4)oyoqlar 5)tuk A a-1; b-3,5; B a-1,2; b-3,4,5; C a-2; b-3,4,5; D a-1,2; b-4,5; 125.Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13 D 1,3,4,8,12,13 126. Mevali daraxtlar va g’o’za gullaganda bog’bonlar va paxtakorlar asalari qutilarini bog’larga va paxta dalalariga olib chiqishadi – bundan ko’zlangan maqsad nima? A gullarni changlatish B mo’l hosil olish C yaxshi va sifatli asal olish D hammasi 127.1 gr asal yig’ish uchun bitta asalari taxminan nechta gulga qo’nadi? A yuzlab B millionlab C minglab D o’n minglab 128. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat A chiroyli gulli, ochilgan vaqtda xushbo’y hid taratadi B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi D guli ko’rimsiz, mayda va hidsiz bo’ladi 129. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat A dastlab barg kurtakdan barg, so’ngra gul kurtakdan gul chiqaradi B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi D avval gullab, so’ngra barg chiqaradi 130.Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13 D 1,3,4,8,12,13 131. Bug’doyda qanday tur(lar)dagi changlanish uchraydi? A chetdan changlanish B o’z-o’zidan changlanish C shamol yordamida changlanish D A va C 132.Bug’doy gulining qaysi qismi to’pguldan tashqarida osilib turadi? A urug’chi B changchi C gulpoya D gul qipiqlari 133. Bug’doy gullari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi A 1,4,6 B 2,3,5 C 2,4,6 D 1,4,5 134.Bug’doy gullari uchun xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi A 1,4,6 B 2,3,5 C 2,3,6 D 2,4,5 135. O’z-o’zidan changlanish deb nimaga aytiladi? A bir turdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga B ma’lum bir o’simlikning changi shu yoki boshqa o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga o’tkazilishiga C bir tupdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga D bir o’simlik changining shamol yordamida shu o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga kelib tushishi 136.Urug’chisi changchisiga nisbatan qisqaroq bo’lgan, changchi va urug’chilari bir xil vaqtda yetiladigan o’simliklarni belgilang. A oqquray, nok, do’lana B na’matak, olma, bug’doy C makkajo’xori, g’o’za, nastarin D nok, olma, na’matak 137.O’z-o’zidan va chetdan changlanish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1) olma 2)nok 3)g’o’za 4)na’matak 5)oqquray 6)o’rik A 1,2,4 B 1,2,3,4,5,6 C 1,2,4,6 D 1,2 138. Agar o’simlik odam tomonidan changlantiriladigan bo’lsa bunda turdagi changlanishga … deyiladi. A o’z-o’zidan changlanish B chetdan changlanish C sun’iy changlanish D tabiiy changlanish 139. Qaysi o’simlik ko’pincha sun’iy yo’l bilan qo’shimcha changlantiriladi? A g’o’za B bug’doy C makkajo’xori D kungaboqar 140.Sun’iy chanlantirishdan ko’zlangan maqsad nima? A hosildorlikni oshirish, yangi turlarni yaratish B kasalliklar,zararkunandalarga nisbatan chidamlilikni oshirish C yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish D hammasi 141. Urug’lanish nima? A urug’chidagi tuxum va markaziy hujayralarning yetilishi B changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi 142. Gulli o’simliklarning changdonida nechta chang donachalari yetiladi? A 1 ta B 2 ta C yuz-minglab D yuz minglab 143. Chang donachalarining har xil shaklda yoki kattalikda bo’lishi nimaga bog’liq? A gulga B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga D A va B 144.Har bir chang donasi nechta va qanday hujayra(lar)dan tuzilgan bo’ladi? A 1ta yirik B 2 ta bir xil kattalikda C 2 ta; mayda va yirik D 1 ta mayda 145.Chang donasi hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)2ta hujayradan tashkil topgan 2)hujayralarining yirigi jinsiy(generativ) hujayra, maydasi vegetativ hujayra deyiladi 3)hujayralarining yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy(generativ) hujayra deyiladi 4)vegetativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi 5)generativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi A 1,3,4 B 1,3,5 C 1,3,4,5 D 1,2,5 146.Chang donasi jinsiy hujayrasining hujayraviy tarkibini belgilang A sitoplazma mag’iz B 2ta sperma C hujayra qobig’i, sitoplazma, mag’iz D sitoplazma, mag’iz va 2ta sperma 147.Chang donasining qaysi hujayra(lar)si o’sish xususiyatiga ega? A faqat jinsiy hujayrasi-vegetativda B faqat vegetativ C faqat generativ D vegetativ va generativ hujayralarda 148.Chang donasi turli yo’llar bilan tumshuqchada ushlanib qolingandan keyin ro’y beradigan jarayonlarni belgilang. 1)generativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 2)vegetativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 3)vegetativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 4)generativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 5)spermalardan biri tuxum, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi-qo’sh urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi A 1,4,5 B 2,4,5 C 1,3,5 D 2,3,5 149. Chang yo’lidagi generativ hujayra nechta sperma hosil qiladi (yopiq urug’lilarda)? A o’simlik turiga bog’liq holda har xil sonda B 1 ta C 2 ta D 4 ta 150.Tuxum hujayradan(1), markaziy hujayradan(2), urug’kurtakchadan(3), urug’kurtak po’stidan(4) nima hosil bo’ladi? a)urug’ b)endosperma c)urug’ po’sti d)murtak A 1-d; 2-b; 3-d; 4-c; B 1-c; 2-d; 3-a; 4-c; C 1-d; 2-b; 3-a; 4-d; D 1-d; 2-b; 3-a; 4-c; 151. Turpning urug’kurtagidan nima rivojlanadi? A meva B markaziy hujayra C urug’ D murtak 152. Bitta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating. 1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6 153. Bir nechta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating. 1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6 154.Agar tugunchada ko’p urug’kurtak bo’lsa, … A tugunchaga faqat bitta chang nayi o’sib kiradi, bir necha urug’li meva hosil bo’ladi B tugunchaga faqat bitta chang nayi o’sib kiradi, bir urug’li meva hosil bo’ladi C tugunchaga ko’plab chang naylari o’sib kiradi, bir urug’li meva hosil bo’ladi D tugunchaga ko’plab chang naylari o’sib kiradi, bir necha urug’li meva hosil bo’ladi 155. Spermalar gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi? A urug’chidan B gulqo’rg’ondan C changdonachasidan D changchi va urug’chidan 156.Dunyodagi eng yirik gulga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)1918-yilda Sumatra orolidan topilgan 2)ilk bor o’simlikni doktor Arnold Tomas va Stafford Raffls uchratishgan 3) 1818-yilda Sumatra orolidan topilgan 4) ilk bor o’simlikni doktor Arnold va Tomas Stafford Raffls uchratishgan 5)diametri 5m keladi 6)gultojbarglarining qalinligi 1 sm keladi 7) diametri 1m keladi 8) gultojbarglarining qalinligi 5 sm keladi 9)rangi, poyasi va bargi yo’q 10) rangi, ildizi va bargi yo’q 11)qo’lansa hidli 12)boshqa o’simlikning uzun po’stlog’i ichiga kirib olib uning shirasi hisobiga yashaydi A 2,3,5,6,10,11,12 B 3,4,7,8,9,11,12 C 3,4,7,8,10,11,12 D 2,3,7,8,9,11,12 157.Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi? 1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi A 1,2 B 1,2,3,6 C 1,2,3,4,6 D 1,2,3,5,6 158. Ayrim jinsli gullari turli xildagi to’pgullarda (urug’chili gullari so’ta, changchili gullari ro’vak) joylashgan o’simlikni belgilang. A yong’oq B tol C makkajo’xori D sholi 159. Changchisi 6ta urug’chi tumshuqchasi 3ta bo’lgan o’simlikni belgilang. A g’o’za B oshpiyoz C tol D lola Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling