O‘quvchilar bilimini mustaqil topshiriqlar yordamida nazorat qilish va
baholash.
A- variant (reproduktiv xarakterdagi topshiriqlar):
1-topshiriq. Quyidagi jadvalda berilgan topishmoqlarni ularga tegishli javoblar
bilan juftlang.
1
Xashak edi chim bo‘ldi.
D
lola
2
Pilla kabi shakli bor, ekiladi har baxor. Pishgach kovlab olinar undan halvo
qilinar.
E
piyoz
3
Qirda qizil shapkali, bir ungurda turadi kimki oldidan o‘tsa unga salom
beradi.
F
eryong‘oq
4
Ustidagi ko‘ylagi xuddi qog‘ozga o‘xshar, to‘g‘rasang jahli chiqar ko‘zingni
darrov yoshlar
H
silos
5
Jigar emas jigarrang, bodring singari tarang.
G
qo‘ziqorin
6
Yomg‘irdan so‘ng chiqadi, cho‘tir qalpoq kiyadi.quyoshni yoqtirmaydi
shamolni chaqirmaydi
J
baqlajon
7
Bag‘ri yonadi lov-lov ichida bordir olov berolmaysan hech bardosh
ko‘zingdan chiqarar yosh, tekizsang til uchiga tan berasan kuchiga gapni
aysang ochig‘in, chiqib turar achchig‘i.
I
pomidor
8
Ko‘chati ko‘m-ko‘k guli sap-sariq, mevasi qip-qizil,odamga oziq.
K
garmdori
Topishmoqning javobi: 1 - ; 2- ; 3- ; 4- ; 5- ; 6- ; 7- ; 8- ;
2-topshiriq. O‘quvchilarda ijodiy va mustaqil flkrlashni tarkib toptirish uchun savollar.
1. Gulli o‘simliklarning urug‘idan ko‘payishining vegetativ ko‘payishga nisbatan qanday
afzalliklari bor deb o‘ylaysiz?
2. Nima sababdan bog‘ va ekinlar ekilgan maydonlarga asalari uyalarini qo‘yish lozim?
3. Nima sababdan urug‘dan unib chiqqan o‘simlik vegetativ yo’l bilan ko‘paytirilgan
o‘simlikka nisbatan tashqi muhitning noqulay sharoitiga chidamli bo‘ladi? Javoblaringizni
asoslang.
III. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IV. Uyga vazifa. Darslikda berilgan test topshiriqlarining javobini topish. Eng yirik va
kichik gul bo‘yicha malumotlarni o‘qish. «Gul» krossvordini ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |