Dars mavzusi: “Gulli o‘simliklar” bo‘limi bo‘yicha umumlashtiruvchi dars.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘quvchilarni darsning maqsadi, borishi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishtirish.
Darsning ta'limiy maqsadi.O‘quvchilarga gulli o‘simliklar yaxlit organizm ekanligi, ularning
tashqi muhit bilan aloqasi, o‘simlik organlari va vazifalari haqida tushunchalar berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O‘quvchilarning tirik olamning manzarasini tasavvur qilishini
rivojlantirish, estetik, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.o‘quvchilarning gulli o‘simliklarning xilma-xilligi va
ahamiyati haqidagi bilimlari, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, fikrini
bayon
etish
ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Gulli o‘qimliklarning tuzilishi madaniy va yovvoyi xillari, o‘simlik organlari
aks ettirilgan jadvallar, gerbariy namunalari va laboratoriya jihozlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya. Xamkorlik ta'lim texnologiyasi.Topishmoqlar asosida.
O‘quvchilar 4-5 ta guruhga ajratiladi. Har bir guruhga quyidagi topshiriqlar beriladi. Yangi
mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi topishmoq
diktant o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ekin gullab ochilar, meva tugar, etilar, qaysi ekin
mevasi kiyim bo‘lib to‘qilar...................., oq gulim-
oppoq gulim ushlab tursam yumshoq gulim, terib
xirmon qilgan qushim, bo‘lib ketdi tog‘-tog‘
gulim................., ko‘m-ko‘k yaproq orasidan qaraydi,
jilmayadi, tebranadi, yayraydi, yumshoqqina oppoq
yuzin ko‘rsatib, beri kel, deb chevar qizni
chorlaydi...........
Do'stlaringiz bilan baham: |