“Assalom Navro'zi olam” nomli
TADBIR SSENARIYSI
Jarchi chaqirig'i:
jarchi: Odamlar-u odamlar,
Bog'da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Navro'zni olqishlanglar,
Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
jarchi: Bozorlar bo'lsin to'kin,
Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar,
Chevar-u holvagarlar, Barcha-barchangiz bu kun, Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
(Doirachilar to'garagining “ZARB” guruhi chiqishi)
boshlovchi: Bugun shodiyona Navro'zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to'yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
boshlovchi: Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo'llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag'ishlab chiroy, Yurtga keldi yana ko'klamoy.
boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o'quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo'lsin!
boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro'z - bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she'r-u g'azallar, kuy-qo'shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |