Tadbir ssenariysi


Download 12.66 Kb.
bet3/6
Sana15.03.2023
Hajmi12.66 Kb.
#1271310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
www.idum.uz Assalom Navruzi olam tadbir ssenariysi

boshlovchi: - Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg'ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro'z bayrami, u bilan bog'liq urf-odatlar haqida ko'plab ma'lumotlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o'zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro'z haqida fikr yuritadi. Alisher Navoiy Navro'z haqida gapirar ekan, “Har tuning qadr o'lubon, har kuning o'lsun Navro'z” deydi.

  1. boshlovchi: Bugungi bayramni ko'tarinki ruhda o'tkazish uchun maktab- internatimizning 9-sinf bitiruvchi o'quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog'ingan qalblar uchun ko'klam haqidagi qo'shiqni e'tiboringizga havola etamiz.

(O'quvchi tomonidan “Fasli navbahor o'ldi" qo'shig'i ijro etiladi).

  1. boshlovchi: Yurtim! Ilhomimga sarchashma o'zing,

Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she'r aytmoqchiman, Vatanim, muborak bo'lsin Naro'zing.

  1. boshlovchi: Boshingda hurriyat quyoshing bordir,

O'z tug'ro, bayrog'ing, yurtdoshing bordir. Maqsading, g'ayrating, bardoshing bordir, Vatanim, muborak bo'lsin Navro'zing.

  1. boshlovchi:-Navro'z -yangi kun, yangi fasl,yangi yil demakdir.Xalqimiz uni yilboshi deb ham ataydi. Navro'z biz uchun millatning ulug' kuni , yosharish, yangilanish, yuksalish bayrami bo'lib qolaveradi.

  1. boshlovchi: -Navro'z shunchaki bir bayram emas. U millatning tarixi, falsafasi, madaniyati va san'ati, tafakkur tarzini o'zida mujassam etgan ayyomdir.

  2. boshlovchi: -Darhaqiqat, mustaqillik sharofati tufayli bu ulug' bayramning tiklanishi xalqimiz uchun unutilmas voqea bo'ldi. Navro'z bayramida odamlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, yor-u birodarlar, qarindoshlar diydor ko'rishadi. Mehribonlik uylarida sahovatpesha yurtdoshlarimiz ko'magida turli xayriya tadbirlari o'tkaziladi.


  3. Download 12.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling