Tadbir ssenariysi


Download 12.66 Kb.
bet4/6
Sana15.03.2023
Hajmi12.66 Kb.
#1271310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
www.idum.uz Assalom Navruzi olam tadbir ssenariysi

boshlovchi: Navro'z bayramida tabiat uyg'onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo'lmish Navro'zbek hamda dehqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.

(Dehqon bobo va Navro ’z chiqishadi)
Navro'z: Assalomu alaykum aziz o'quvchilar, zahmatkash ustozlar, jonajon vatandoshlar! Sizlarni bayram bilan qutlash uchun uzoq yurtlardan tashrif buyurdim. Bilaman, sizlar meni intiqib kutgansizlar. Shuning uchun ham sizlar bilan diydorlashish, sizlarga quvonch ulashish uchun shoshilib keldim. Lekin men yolg'iz kelmadim o'zim bilan bahor oylari: mart, aprel, maylarni ham olib keldim. Bugungi bayram tantanangiz orqali sizlarni xushnud etishni maqsad qilgan ekanman, go'zallik va nafosat bayrami barchangizning dilingizga xush va a'lo kayfiyat olib kirsin. Men esa sizlarga hamisha ko'tarinki kayfiyat va sog'lik tilayman. Shunday qilib, keyingi bahor bayramida uchrashguncha xayr, aziz birodarlar.
Dehqon bobo: Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim, mehribon ustozlar, qadrli o'quvchilar! Ona vatanimizga Navro'z bayrami tashrif buyurmoqda. Navro'z kelishi bilan tabiat uyg'onadi. O'z-o'zidan bobo dehqonga, ya'ni menga ish ko'payadi. Chunki erta bahorda qilingan ish doimo o'z samarasini beradi. Mehnat qilganlar esa kam bo'lmaydi. Bugungi bayram tantanasi xalqimizni mehnat qilishga, halol rizq topishga undashi shubhasiz. Hayot charag'on bo'lishi uchun astoydil harakat qilish bevosita mehnatga bog'liq. Men bahoriy bayramda barchaning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilayman.

  1. boshlovchi: Navro'zning kelib chiqishi haqida ko'plab fikrlar, afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davridagi ba'zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Ahuramazda bahor va yozda, yomonlik xudosi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunida yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g'olib chiqqan. Muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana Navro'z bayrami deb tan olingan emish.


  1. Download 12.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling