Ботаника фанидан он ва ян тест саволлар
Download 88.34 Kb.
|
Ботаника ОН ва ЯН Тест саволлар 2023 талаба
Ботаника фанидан ОН ва ЯН тест саволлар 1.Gul qo‘rg‘oni hosil qiluvchi bir xil rangli barglarning necha qator bo‘lib joylashishidan qatiy nazar nima deyiladi? A.murakkab gulkosasi B.murakkab gulqo‘rg‘oni C.oddiy gulkosasi D.oddiy gulqo‘rg‘oni 2. Oddiy gulqo‘rg‘onning gulbargi har xil ranglarda (sariq, qizil, binafsha, pushti, ko‘k va hokazo) bo‘lsa, ular nima deyiladi? А. gul bargsimon B.gul tojsimon C.gulqo‘rg‘onsimon D.gulkosasimon 3. Botanika so‘zi qanday ma’nolarni anglatadi? А. yunoncha “botane” – ko‘k, yashil o‘simlik B. yunoncha “botane” – o‘simlik, yashil o‘simlik C. yunoncha “botane” – o‘t, ko‘kat D. Barcha javoblar to‘g‘ri 4.Qaysi o‘simliklargina geterotrof o‘simliklar jumlasiga kiradi? A. yashil o‘simliklar B. bakteriyalar hamda zamburug‘lar C. ochiq urug‘li va gulli o‘simliklar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 5. Botanika fanining ya’na bir muhim vazifasi tabiatni va o‘simliklar resurslarini muhofaza qilishning qanday asoslarini yaratishdir? A. ilmiy B. nazariy C.ilmiy va nazariy D. B va C javoblar to‘g‘ri 6. Organizm - qanday hayot kechiradigan mavjudotdir? A. tobiy B. mustaqil C. majburiy D. Barcha javoblar to‘g‘ri 7. Har bir individning paydo bo‘lishidan to nobud bo‘lishigacha o‘zgarishlar to‘plami nima deb ataladi? A. filogenetika B.filogenez C. ontogenez D.o‘sishva rivojlanish 8. Organizmdagi moddalar almashinuvi asosini qanday jarayonlar tashkil etadi? A.faqat assimilyatsiya B.faqat dissimilyatsiya C. o‘sish va rivojlanish D. assimilyatsiya va dissimilyatsiya 9.O‘z-o‘zidan changlanishqanday nomlanadi? A. allogamiya B. ksenogamiya C.avtogamiya D. dixogamiya 10.Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning nimasini ta’minlaydi? A. faqat o‘sishi B. tiklanishi, o‘sishi va rivojlanishi C.faqat rivojlanishi D. Barcha javoblar to‘g‘ri 11.Oziqlanish qayerdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir? A. tashqi muhitdan B.yaylov va o‘tloqlardan C. faqat yaylovdan D. Barcha javoblar to‘g‘ri 12. Filogenez deb tirik organizmlar butun dunyosining yoki alohida taksonomik birlik (tur, avlod, oila va boshqalar) ning qanday rivojlanishiga aytiladi? A. tarixiy B.jinsiy va jinssiz C. populyasiya D. Barcha javoblar to‘g‘ri 13. Geterotrof o‘simliklar avtotrof o‘simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab qanday moddalarga aylantiradi, toping? A. kraxmal B.mineral C. oqsil D. Barcha javoblar to‘g‘ri 14. O‘sishva rivojlanish nimalar uchun xos xususiyatdir? A. barcha tirik organizmlar B. barcha tibiy jismlar C. tirik tabiyatlar D. tog‘ jinslar 15. Biologiyaning filogenezni o‘rganuvchi bo‘limiga nima deyiladi? A. filogenetika B. gistologiya C. sitologiya D. embriologiya 16. O‘simliklarning tashqi tuzilishini ontogenetik (individual) va filogenetik (evolyusion) nuqtai nazardan hamda ularning tashqi muhitga bog‘liqligini o‘rganuvchi dastlabki va asosiy bo‘lim qaysi bo‘lim hisoblanadi? A. gistologiya B. o‘simliklar morfologiyasi C. sitologiya D. embriologiya 17. O‘simliklarhujayrasi haqidagi ta’limot qaysi ta’limot, toping? A. gistologiya B. o‘simliklar morfologiyasi C. sitologiya D. embriologiya 18. O‘simliklarto‘qimalar to‘g‘risidagi ta’limot qaysi ta’limot, toping? A. gistologiya B. o‘simliklar morfologiyasi C. sitologiya D. embriologiya 19. O‘simliklarembrionining paydo bo‘lishi hamda o‘simliklarning boshlang‘ich rivojlanishini o‘rganuvchi bo‘lim qaysi, toping? A. gistologiya B. o‘simliklar morfologiyasi va sitologiya C. embriologiya D. gistoximiya 20. O‘simliklarhujayra va to‘qimalarda moddalarning to‘planishi va tarqalishi kabilarni mikroskop yoki maxsus kimyoviy reaksiyalar yordamida aniqlovchi bo‘lim qaysi, toping? A. gistoximiya B. embriologiya va sitologiya C.sitologiya D. gistologiya 21.O‘simliklardagi hayot jarayonlarini (moddalar almanishuvi, o‘sishi, rivojlanishi va boshqalar) yashash sharoitiga bog‘lab o‘rganuvchi bo‘lim qaysi, toping? A. embriologiya B. o‘simliklar fiziologiyasi C.o‘simliklar biokimyosi va o‘simliklar fiziologiyasi D. o‘simliklar sistematikasi 22. O‘simlik guruhlarini ularning tashqi, ichki va embrional belgi va xususiyatlariga asoslanib klassifikasiyalaydi hamda o‘simliklar olamining evolyusion rivojlanishini ifodalovchi sistemani shakllantiruvchi bo‘lim nomini toping? A.o‘simliklar biokimyosi B. o‘simliklar sistematikasi C. paleobotanika va sitologiya D. o‘simliklar fiziologiyasi 23. O‘simliklarni tashqi muhit sharoiti bilan munosabatini, tashqi muhitning o‘simliklar tuzilishiga va ularda kechadigan hayotiy jarayonlarga ta’sirini o‘rganuvchi bo‘lim nomini toping? A.o‘simliklar geografiyasi B. gistoximiya, embriologiya va sitologiya C.o‘simliklar ekologiyasi D. o‘simliklar sistematikasi 24. Bakteriyalar haqidagi fan nomi qaysi toping? A. bakteriologiya B. embriologiya C. mikologiya D. gistologiya 25. Suv o‘tlari haqidagi fan nomi qaysi toping? A.o‘simliklar sistematikasi B. mikologiya va bakteriologiya C. alkologiya D. o‘simliklar fiziologiyasi 26. Zamburug‘lar haqidagi fan nomi qaysi toping? A. mikologiya B. bakteriologiya, mikologiya va embriologiya C.o‘simliklar fiziologiyasi va alkologiya D. gistologiya va embriologiya 27. Daraxt va butalar haqidagi fan nomi qaysi toping? A. dendrologiya B. o‘simliklar sistematikasi, dendrologiya, mikologiya va bakteriologiya C.o‘simliklar fiziologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi va alkologiya D. Barcha javoblar to‘g‘ri 28. 1609 yilda Galiley tomonidan yaratilgan birinchi mikroskop qurilma nimalardan iborat edi, ayting? A. tubis va buyum oynasi B. botiq mikrolinza, tubis, buyum oynasi, qo‘l lupa, shtativli lupa C. qo‘l lupa va shtativ D. linza va qurg‘oshin naycha 29. Mikroskopdan dastlab qayerlik olim va kim tomonidan 1665 yilda biologik obyektlarni tekshirish maqsadida foydalangan, ayting? A. ingliz, Robert Guk B. italiyalik Goldji C. ingliz, Galiley D. ingliz, N.Gryu va italiyalik Malpigi 30. Xlorofilli yashil o‘simliklar qanday o‘simliklar deyiladi, ayting? A. geterotrof B. parazit va saprofitlar C. avtotrof D. xemonsintez 31. N.I.Jeleznov (1816-1877) nimaning paydo bo‘lish nazariyasi to‘g‘risida ilmiy asar yozgan? A. gul B. navda, barg, poya, gul, urug‘, meva C. urug‘ D. meva 32. A.S.Fominsin (1835-1918) qanday o‘simliklar murtagining dastlabki taraqqiyotini o‘rganadi? A. tuban B. ochiq urug‘li C. yopiq urug‘li D. Barcha javoblar to‘g‘ri 33. I.N.Gorojankin (1848-1904) 1883-yilda qaysi daraxtining urug‘lanish jarayonini aniqladi? A. qarag‘ay B. olcha C. tol, archa, qarag‘ay, olcha va tudana D. archa 34. XIX asrning boshida Aleksandr Fridrix Vilgelm Gumboldt qaysi fanga asos solgan? A. paleobotanika B. o‘simliklar geografiyasi C. o‘simliklar ekologiyasi D. bakteriologiya 35. Nemis botanigi Vilgelm Gofmeyster 1851 yilda “Yuksak sporalilarning unib chiqishi, rivojlanishi va generatsiyasini chog‘ishtirish” nomli asarini yaratishi bilan nimaning rivojlanishiga asos solgan? A. embriologiya B. gistologiya C. sitologiya D. gistoximiya 36. XVIII asr oxirida fransuz botanigi Antuan De Jyusse (1740-1836) birinchi marta o‘simliklarning qanday sistemasini tuzgan? A. tabiiy va sun’iy B. modifikatsion C. tabiiy D. Barcha javoblar to‘g‘ri 37. Ingliz olimi N.Gryu va italiyalik olim Malpigi (1671) o‘z kuzatishlar natijasida turli o‘simliklarda sellyulozali po‘stlar bilan ajratilgan nimalar borligini aniqlagan, toping? A. xaltachalar yoki pufaklar B. xaltachalar yoki pukaklar C. po‘stloqlar D. xloroplastlar, xaltachalar yoki erkin hujayralar 38. Goldji apparatini birinchi marta 1898 yilda italiyalik sitolog olim Goldji qayd qilgan va qanday nom bilan atagan, toping? A. diktiosoma B. sferasoma C. ribosoma D. mikrosoma 39. Hujayradagi nimalarni 1955-yilda G.Palade aniqladi, toping? A. membranalar B. ribosomalar C. mikrosomalar D. mitoxondriylar 40. Birinchi bo‘lib rus olimi N.Jeleznov (1840) qanday bo‘linishni aniqlagan, to‘g‘ri javobni toping? A. amitoz B. meyoz C. qo‘sh urug‘lanish D. metoz 41. Meyozning mohiyati bu bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan hujayralardagi xromosomalar soni necha marta kamayadi, to‘g‘ri javobni toping? A. ikki barobar B. bir barobar C. uch barobar D. to‘rt barobar 42. Endoplazmatik to‘r sistemasi faqat moddalarning harakatida qatnashib qolmay, birinchi navbatda nima sintezida ishtirok etadi, toping? A. assiilyatorlar B. lipidlar C. uglevod va nuklein kislotalar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 43.O‘simliklarning morfologik yuqori va quyi uchlarga ega bo‘lishiga nima deb ataladi? A. qutblilik B. tropizm C.musbat geotropizm D. manfiy fototropizm 44.Ko‘pgina daraxt va o‘t o‘simliklarning ildizlarida yashovchi qaysi o‘simliklarga mikoriza deb ataladi? A. zamburug‘lar B. suv o‘tlar C.suv o‘tlar va zamburug‘lar D. bakteriyalar 45. Sitoplazmaning qisqarishi natijasida uning hujayra po‘stidan ajralib o‘rtaga to‘planishi nima deyiladi? A. diffuziya hodisasi B. plazmoliz hodisasi C. turgor hodisasi D. elastiklik hodisasi 46. Suvda yashovchi suv o‘tlarning tallomi (tanasi) asosan qanday tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan? A. ikki xil B. har xil C. bir xil D. Barcha javoblar to‘g‘ri 47. O‘simlik barglarida qanday vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisidan iborat? A. fotosintez B. ximosintez C. so‘rish D. o‘tkazish 48. Epidermis o‘simlikning barg va yosh novdalarini tashqi tomondan o‘rab turuvchi bir qavat zich joylashgan tirik qanday hujayralardan tuzilgan? A. parenximatik B. interkalyar meristemalar C. prozinximatik D. kutikula 49. Organik moddalarning hosil bo‘lishini fotosintezdan farqli ularoq nima deyiladi? A.avtotroflar B. geterotrof C. fotosintez D. xemonsintez 50. Og‘izchalarning ochilish va yoyilish mexanizmi bu qamrovchi hujayralardagi nimalarga bog‘liq? A. plastidlar B. fermentlar C. xlorofillar D. xloroplastlar 51. O‘simliklar qaysi parenxima hujayralarida kraxmal, yog‘, oqsil va vetaminlar kabi zahira oziq moddalar to‘planadi, toping? A. bulutsimon parenxima B. aerenxima C. g‘amlovchi parenxima D. Barcha javoblar to‘g‘ri 52. Ko‘p yillik daraxt o‘simliklarning poyalari markaziy silindrdan ajralgan va uning tashqi tomonida joylashgan po‘stloqning o‘lik to‘qimalar yig‘indisiga nima deyiladi? A.quruq po‘stloq B. aerenxima C.yasmiqchalar D. po‘kak 53. Yer bag‘irlab o‘suvchi poyalar plageotrop o‘simliklar, tik o‘suvchi o‘simliklar esa qanday o‘simliklar deyiladi? A.ortotrof B. radial C. gomologik D. analogik 54. O‘simliklarning ayrim metamorfozlashgan organlarining tashqi ko‘rinishi (belgilari) bir-biridan farq qilsada, ularning kelib chiqishi bir xil bo‘ladi. Bunday organlar qanday organlar deb ataladi? A. rudimentar B. korrelyativ C. gomologik D. analogik 55. O‘simliklar ba’zi organlarining tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lib, ular bir xil vazifani bajaradi, ammo ularning kelib chiqishi har xil bo‘lishi mumkin. Bunday organlarga qanday organlar deyiladi? A. analogik B. korrelyativ C. gomologik D. rudimentar 56. G‘o‘zaning asosiy va yon shoxlari uchini chilpish natijasida oziq moddalarning asosiy qismi o‘simlikning o‘sish qismiga emas, balki generativ organlariga - mevalariga yetib boradi. Bu qanday hodisa? A. korrelyasiya B. reduksiya C. konvergensiya D. rafleziya 57. Asosiy ildizlar - gulli o‘simliklar urug‘idagi qanday ildizchasining rivojlanishidan hosil bo‘ladi va vertikal holda yo‘nalib, tuproqqa chuqur kirib boradi? A.murtak B. kurtak C. yon va qo‘shimcha D. Barcha javoblar to‘g‘ri 58. Urug‘ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi, toping? A.murtak B. kurtak C. poya D. novda 59. Sebarga, o‘rmalovchi ayiqtovon va qulupnay o‘simliklari poyalari qanday ildiz chiqaradi, toping? A.qo‘shimcha B. yon C. ildizmeva D. Barcha javoblar to‘g‘ri 60. O‘simliklarning morfologik yuqori va quyi uchlarga ega bo‘lishiga nima deb ataladi? А.geotropizm B. qutblilik C.tropizm D.polisimmetriya 61. Sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi, rediska, petrushkalar shakli o‘zgargan ildizlar qanday ildizlar? A. so‘rg‘ich ildizlar B. ildizmevalar C.ildiz tuganaklar D. ildizmevalar va ildiz tuganaklar 62. Ko‘pgina daraxt va o‘t o‘simliklarning ildizlarida yashovchi zamburug‘lar nima deb ataladi? A. tuganak bakteriyali ildizlar B. havo ildizlar C. mikoriza D. so‘rg‘ich ildizlar 63.Novda asosan nimalarning rivojlanishidan hosil bo‘ladi? A.poy va barg B.poy C.murtak D.kurtak 64. Gul hosil qiladigan kurtak esa qanday kurtak deyiladi? А. vegetativ B.generativ C.yashirin D. barg qo‘ltig‘i 65. O‘z poyasini tik tutib tura oladigan, ingichka, uzun poyali, ilashib, o‘ralib o‘suvchi poyali o‘simliklar nimalar deb ataladi? A. gajaklar B. gingalaklar C. lianalar D. tikanlar 66.Ko‘p yillik o‘simliklar orasida hayotida bir marta gullaydigan o‘simliklar ham uchraydi, u qanday nomlanadi? A. monokarpik B. efemer C.polikarpik D. sinkarp 67. Guldagi changchilarning to‘plami nima deb deyiladi? A.megasporabargchalar B. karpella C.androsey D. genesiy 68. Urug‘chilarning to‘plami nima deb ataladi? A.androsey B. genesiy C.megasporabargchalar D. sta’minodiy 69.Urug‘murtakning dastlabki barglari nima deb yuritiladi? A. urug‘palla B. o‘simta C.ildiz D. epikotil 70.Sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi, rediska, petrushkalar qanday o‘simliklar? A. ildiz tuganak B. ildizmevalar C.so‘rg‘ich ildizlar D. tuganak bakteriyali ildizlar 71. O‘simliklarning mevasi va urug‘ida zahira holda to‘planadigan azotsiz moddalarning ikkinchi guruhi qanday moddalar, toping? A. moylar B. kraxmallar C. polisaxaridlar D. monosaxaridlar 72. O‘simlik ildiz uchida suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, o‘simlikning boshqa organlariga yetkazib beradigan vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisi mavjud? A. maxsus tallom B. ximosintez C. maxsus so‘rish D. maxsus o‘tkazish 73. Aftotrof o‘simliklar anorganik moddalardan qanday moddalarni sintez qiladi? A. organik B. sintetik C. organo-mineral D. mineral 74. O‘simliklarning urug‘ holatda tinch saqlanishiga nimadeyiladi, toping? A. anabioz B. efimiroid C. lianalar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 75. Bug‘doydoshlar (bug‘doy, arpa, javdar makkajo‘xori, sholi) da qanday o‘sish hisobiga bo‘g‘im oralig‘i uzayadi? A. loteral B. interkalyar C. apikal D. Barcha javoblar to‘g‘ri 76. O‘simlikning o‘sishi, hujayra bo‘linishini, jinsiy jarayonlarni tezlashtiruvchi garmon qaysi, toping? A. fitogarmon gibberellin B. antibiotiklar C. fitonsidlar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 77. O‘simliklarni har xil zararkunanda mikroorganizmlardan saqlashda himoya vazifasini o‘taydi, bular qanday moddalar, toping? A. fitogarmon gibberellin B. antibiotiklar va fitonsidlar C. auksinlar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 78. Kambiydan hosil bo‘lgan va yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan sklerenxima yog‘ochlik nima deyiladi.? A.kollenxima B. aerenxima C. xlorenxima D. sklerenximasi yoki libriform 79. O‘simliklar rangi, tuzilishi, rivojlanishi va yashovchanligiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Ular orasida qanday turlar uchraydi? А. suv o‘tlari, bakteriyalar, zamburug‘lar, urug‘li o‘simliklar, ochiq urug‘li va gulli o‘simliklar B. suv o‘tlari, urug‘li o‘simliklar, jumladan, ochiq urug‘li va gulli o‘simliklar C. suv o‘tlari, zamburug‘lar, urug‘li o‘simliklar, gulli o‘simliklar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 80. Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo nimalar almashinuvi sodir bo‘lib turadi? A. moddalar va energiya B. suvda erigan moddalar C. havo, suv, kislorod, suvda erigan moddalar va to‘plangan energiya D. Barcha javoblar to‘g‘ri 81.Prokariotlar hujayralar guruhini toping? A.faqat bakteriyalar B.faqat ko‘k-yashil suv o‘tlari C. barcha bakteriyalar , ko‘k-yashil suv o‘tlari D.faqat zamburug‘lar 82. Har bir individning paydo bo‘lishidan (tuxum hujayraning urug‘lanishi, vegetativ ko‘payuvchi organning mustaqil rivojlana boshlashi yoki bir hujayrali ona individning bo‘linishi) to umrining oxirigacha bo‘lgan rivojlanishidagi o‘zgarishlar yig‘indisi nima deb ataladi? A. filogenez B. populyasiya C. ontogenez D. assimilyatsiya 83. O‘simliklar dunyosining kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘lim nomini toping? A. paleobotanika B. o‘simliklar sistematikasi C. embriologiya va gistologiya D. o‘simliklar fiziologiyasi 84. O‘simlik turlari va fitosenozlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘lim nomini toping? A.o‘simliklar biokimyosi va o‘simliklar fiziologiyas, paleobotanika B. o‘simliklar geografiyasi C.o‘simliklar sistematikasi D. Barcha javoblar to‘g‘ri 85. O‘simlik jamoalari (fitosenozlar) tuzilishi, barqarorligi, tur tarkibi va bu tarkibning o‘zgarishi qonuniyatlari kabilarni o‘rganuvchi fan qaysi toping? A.o‘simliklar geografiyasi B. fitosenologiya C.o‘simliklar ekologiyasi D. o‘simliklar sistematikasi 86. Mikroskop” so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, “mikro” ma’nosi, “skopeo” man’nosi nimani anglatadi, toping? A. kichik, ko‘raman B. mayda-cho‘yda, nusxasini olish C. katta-kichik, kuzatish D. hujayralar, hujayralar donasi 87. Yopiq urug‘li o‘simliklarda antosian pigmentlari hamma organlarida bo‘ladi. Ular qanday ranglarda bo‘ladi, toping? A. to‘q-jigar, sarg‘ish, havorang va qizil B. to‘q-qizil, sariq, havorang va ola-sariq, oq C. to‘q-ko‘k, havorang va qizil D. Barcha javoblar to‘g‘ri 88. Barg xlorenximasining hujayralariga nima deyiladi. Bu hujayralarda xloroplastlar ancha ko‘p bo‘lib, fotosintez intensiv o‘tadi, toping? A. bulutsimon parenxima B. ustunsimon yoki palisad parenxima C. g‘amlovchi parenxima D. Barcha javoblar to‘g‘ri 89. Bir biriga yaqin tuproq-iqlim sharoitlarida uzoq yashashi natijasida sistematik holati turlicha bo‘lgan o‘simliklarda ko‘plab tashqi belgilar bir-birinikiga o‘xshash bo‘ladi. Bu hodisaga nima deyiladi? A. rafleziya B. reduksiya C. analogik organlar D. konvergensiya 90. Chirmashib o‘sadigan o‘simliklarga qaysi o‘simliklar poyalari kiradi, toping? A.pechak, xmel B. tarvuz, qavun, bodring C. kartoshka, tok, pechak, tarvuz, sebarga D. Barcha javoblar to‘g‘ri 91. To‘qimalar rivojlanishiga ko‘ra. А. embrional va doimiy B. oddiy va murakkab C. embrional va asosiy D. asosiy va doimiy 92. I.Saksdir 1868 yilda o‘simlik to‘qimalarini bajaradigan vazifasiga ham ularning joylanishiga qarab uch guruhga ajratgan, ualr qaysilar? А. hosil qiluvchi, o‘tkazuvchi va asosiy B. qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy C. o‘tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy D. qoplovchi, asosiy va hosil qiluvchi 93.Kelib chiqishiga ko‘ra hosil qiluvchi to‘qimalar qanday to‘qimalarga bo‘linadi? A.birlamchi yoki ikkilamchi B.asosiyi yoki yon C.ajratuvchi yoki epidermis D.birlamchi yoki so‘ruvchi 94. To‘qimalar shakliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: A. parenximatik va prozinximatik B. oddiy va murakkab C. hosil qiluvchi va qoplovchi D. qoplovchi va o‘tkazuvchi 95. Kuzga borib ko‘p yillik o‘simlikning organlarida epidermis o‘rnini ikkilamchi qaysi to‘qima egallaydi? A. so‘ruvchi parenxima to‘qima B. quruq po‘stloq C. qoplovchi to‘qima - po‘kak (periderma) D. quruq po‘stloq keyin po‘kak (periderma) 96.O‘simliklar vegetativ organlarini ko‘rsating? A.ildiz, poya, barg B.gul, meva va urug‘ C.gul, tikan, ilgakcha D.ildiz, poya, barg, gul 97.Ildiz hamma vaqt yer bag‘riga qarab o‘sganligi sababli qanday xususiyatiga ega bo‘ladi? A.musbat yoki manfiy fototropizm B.manfiy geotropizm va musbat fototropizm C.musbat geotropizm va manfiy fototropizm D.qutblilik 98. O‘simliklaming individual hayotidagi funksiyalarni ko‘payish funksiyasini bajarishga moslashgan organlarini toping? A.vegetativ va generativ B.ildiz, poya va barg C.gul, meva va urug‘ D. faqatgenerative 99. Poya har doim yuqoriga qarab o‘sadi, shunday ekan u qanday xususiyatiga ega? A. radial simmetriya B. manfiy fototropizm va musbat geotropizm C. polisimmetriya D.musbat fototropizm va manfiy geotropizm 100. Gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy qanday qismdan iborat? A.barg plastinkasi, bandi B. barg plastinkasi, bandi va yon bargcha C.faqat barg plastinka D. faqat yon bargcha 101. Nimaga-novdada bo‘g‘in va bo‘g‘in oraliqlarining bir nechta bor takrorlanib turishidir deb ataladi? A. metamateriya B. Metameriya C. simmetriya D. geometriya 102.Agarda gulda ham androsey (changchilar), ham genesiy (urug‘chilar) bo‘lsa gul deyiladi? A. bir jinsli B.ikki uyli C.ikki jinsli D.ikki uyli 103. Uchinchi guruh o‘simliklarga gulli o‘simliklarga qaysilar kiradi? A. zarpechak, shumg‘iya, sistanxe B. ajriq, shumg‘iya, g‘umay C. zarpechak, qo‘ypechak, yontoq D. kakra, sho‘ra, gultojixo‘roz 104. Ham simpodial, ham monopodial shoxlanish qaysi o‘simliklarda uchraydi? A.nok, g‘o‘za, olma, chinor B. olcha, tol, terak, chinor C.gulos, tok, olxo‘ri, tol, behi, chinor D. Barcha javoblar to‘g‘ri 105. Piyozbosh tuganakni qaysi o‘simliklarda uchratamiz? A. gladiolus, za’far B. kartoshka, sabzi, pomidor C. piyoz, lola, cho‘chmoma D. Barcha javoblar to‘g‘ri 106.Poyalarning ko‘ndalang kesimiga ko‘ra shakli o‘simliklar turiga qarab har xil: ularning yumaloq, silindrsimon toping. A. yalpizdoshlar oilasi B. qiyoq, salomalaykum C.arpa, bug‘doy, qamish D. qovoq, tarvuz, sachratqi, kaktus 107.Agarda erkak gullari bir o‘simlikda, urg‘ochi gullari boshqasida bo‘lsa, necha uyli o‘simlik deb ataladi? A. bir B. ikki C. uch D. ko‘p 108.Biologik changlanishning eng muhim vositalaridan biri nimalar hisoblanadi? A. gidrofiliya B. hasharotlar va qushlar C.entomofiliya D. animofiliya 109.Gulning ochilish ekologiyasi turli-tumandir. Bu masalani o‘rganadigan, botanikaning yangi bir tarmog‘i – u qaysi fan toping? A. anatomiya B. entologiya C.entomologiya D. antekologiya 110.Jinsiy hujayralar qo‘shilgan holda, urug‘lanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning vujudga kelishiga nima deb aytiladi? U nima toping? A. Apomiksis B. Perisperm C.Endosperm D. Apogamiya 111.Yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘pgina hollarda zigota qalin po‘st bilan o‘ralib tinim davrini o‘taydi. Zigotaning tinim davri har xil bo‘ladi, u davomiyligi qancha toping? A. 3-4 soniyadan bir necha kunga qadar B. 1-2 soatdan bir necha yilga qadar C.5-6 soatdan bir necha oyga qadar D. 2-8 soatdan bir necha yilga qadar 112. To‘pgullar shoxlanishiga ko‘ra qanday to‘pgullarga bo‘linadi? A.oddiy va murakkab B. monopodial va simpodial C.Oddiy va murakkab monopodial D. faqat simpodial 113. Faqat urug‘chi (ginesey) dan hosil bo‘lgan meva qandaymeva deb ataladi. A. soxta B. murakkab C.oddiy D. haqiqiy 114. Ko‘sak yoki chanoq – qanday urug‘li meva. A. oddiy B. ko‘p C.ikki va uch D. pista 115. O‘simliklar oziqlanish xusisiyatiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi ? A. Avtotroflar va geterotroflar B. Parazitlar va noparazitlar C.Saprofitlar D. Metobolizm 116. Hozirgi zamon o‘simliklar sistematikasi qaysi sistema asosida tuzilgan? A. ontogenetik B. taksonomiya C.solishtirma - morfologik D. filogenetik 117. Geterotrof oziqlanuvchi, xlorofilsiz organizmlar bo‘lib, o‘simliklar olamida alohida o‘rin tutadi. Bu nima toping? A. Bakteriyalar B. Zamburug‘lar C. Suv o‘tlar D. Yuksak o‘simliklar 118. Bakteriyalar nima yordamida yoki tanasining qanday bukilib-yozilishi yo‘li bilan harakatlanadi, toping? A. sporlar yoki zoosporalar B. shamol yoki qo‘shlar C.xivchinlari yoki ritmik D. shamol, suv, odam, hayvonlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari 119. Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan nima? A. tallomdir B. oddiy o‘simlikdir C.ildizdir D. to‘dadir 120. Ko‘k rang beruvchi fikosian, qizil rang beruvchi fikoeritrin va sariq rang beruvchi karotin pigmentlari bor suv o‘t qaysi? A. Chin yashil B. Sariq-yashil suvo‘tlar C.Ko‘k-yashil D. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar 121. Yuksak zamburug‘lar sporasi asosan qayrda yetiladi? A. xaltachalarda B. g‘alla ekinlarining maysalari o‘sish nuqtasida C. g‘alla ekinlarining generativ organlarida D. zigotada 122. Yuksak o‘simliklar quyidagi nechta bo‘limga bo‘linadi? A. 5 ta B. 6 ta C.7 ta D. 8 ta 123. Yuksak o‘simliklar ikki guruhga: qanday urug‘lilarga ajratiladi? A. arxegoniyli (Archegoniata) yoki sporali va yopiq B. zoosporali va yopiq C. arxegoniyli (Archegoniata) yoki sporasiz va yopiq D.ochiq va yopiq 124.Urug‘kurtakdan urug‘ hosil qiladigan o‘simliklar qaysi toping? A. ochiq urug‘li B. zamburug‘lar C. yopiq urug‘li D.suv o‘tlar 125.Moxlarning bo‘yi necha sm. toping? A. 20-40 smdan uzun B. 20-40 smdan oshmaydi C.50-60 smdan uzun D.10-20 smdan oshmaydi 126. Yorug‘likda nima yetarli bo‘lganda o‘simliklarda fotosintez jarayoni o‘tadi? A. suv B. kislorod C. karbonand angidirid D. Barcha javoblar to‘g‘ri 127. Novdalar ma’lum sistematik guruh o‘simliklariga xos ravishda shoxlaydi. Shoxlanish quyidagi usulda bo‘ladi – qanday? A. dixotomik, monopodial, simpodial B. soxta dixatomik, monopodial, simpodial C. faqat monopodial, simpodial D. faqat dixotomik, simpodial 128. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi necha mln. gektarni tashkil qiladi? A. 43,9 B. 44,7 C. 44.9 D. 42,7 129. Planetamizda necha mingga yaqin o‘simlik turlari borligi aniqlangan? А. 500 B. 520 C.400 D. 470 130. Hayvonot va o‘simlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bog‘liq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70 yillarigacha umurtqali hayvonlarning necha turi va kichik turlari butkul yo‘qolib ketdi, toping? A. 220 B. 250 C. 230 D. 240 131.Eukariotlar hujayralar guruhini toping. A. zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar B. zamburug‘lar, bakteriyalar C. zamburug‘lar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari D. ko‘k-yashil suv o‘tlari, o‘simlik va hayvonlar 132. Bakteriyalar va zamburug‘larda kraxmalning o‘rnida zahira modda sifatida polisaxarid qanday modda to‘planadi, toping? A. saxaroza B. glikogen C. maltoza D. Barcha javoblar to‘g‘ri 133. Yer yuzining quruqlikda va suvda yashovchi barcha yashil o‘simliklari har yili fotosintez natijasida necha milliard tonnaga yaqin biomassa hosil qiladi? А. 120 B. 112 C. 105 D. 85 134. Barglar qalin joylashgan simpodial novdalarni ko‘pincha nima beruvchi shox deb ataladi? A. meva B. gul C.urug‘ D.Barcha javoblar to‘g‘ri 135. O‘simliklar generativ organlari qaysilar, toping? A. barg, tikan, gul, meva B. tikan, gul, urug‘ C.gul, meva va urug‘ D. gajak, meva va urug‘ 136.O‘simliklar yer yuzida tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlari va sabablarini o‘rgatadi. Bu qaysi fan? A. Floristik geografiya B. O‘simliklarning ekologik geografiyasi C.Biologiya D. O‘simliklar geografiyasi yoki fitogeografiya 137.Fitosenozlarda ayrim tur o‘simliklarining soni boshqa turlarga nisbatan ko‘p bo‘lib, bu tur ushbu fitosenozda son jihatdan ustunlik holatini egallaydi. Bunday turlar nima deb ataladi? A. dominant turlar B. agrosenozlar C. ekosistema D. redusentlar 138. Quruqlikdagi har qanday biosenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlarga nima deb ataladi? A. konsumentlar B. redusentlar va konsumentlar C. produsentlar D. redusentlar 139. Insonlarning ijodiy mehnatlari mahsuli bo‘lgan bu o‘simliklar qaysi, toping? A. mevali B.yovvoyi C. madaniy D.manzarali 140. O‘simliklar introduksiyasinechta, toping? A. Maqsadli, Tasodifiy B. Tuproq, Fotoperiodik sharoit C.Iqlim,Fotoperiodik sharoit D. Maqsadli, Fotoperiodik sharoit 141. Yopiq urug‘li o‘simliklarning hujayralari o‘lchami (katta-kichikligi) necha mk dan necha mk gacha bo‘ladi? А. 7-9 dan 90 gacha B. 5-8dan70 gacha C.7-9 dan70 gacha D. 2-3dan 90 gacha 142. Energiya nafas olish jarayonida ozuqa moddalarning asosan qanday ajralib chiqadi? A. suv ta’sirida parchalanishidan B. kislorod ta’sirida parchalanishidan C. oshqozon kislotasi ta’sirida parchalanishidan D. A va C javoblar to‘g‘ri 143. Yashil plastidlar dastavval 1791 yilda tomonidan kashf etilgan, toping? A. A.Shimper B. Komparetti C. I.Berselius D. R.Braun 144. Leykoplastlarni birinchi bo‘lib nechanchi yilda Kryuger topgan, toping? A. 1834 B. 1844 C. 1864 D. 1854 145. Mitoxondriylarda fosforlanish natijasida sintez jarayonida va hujayra ishi aktivligida ishlatiladigan energiya’ning bosh manbai bo‘lmish qanday modda ishlab chiqariladi, toping? A. ATF (adenozintrifosfat) B. ADF (adenozindefosfat) C. RNK D. DNK 146. Botanika o‘simliklarning qanday qonuniyatlarini o‘rganadi? А. tuzilishi, o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini hamda yer yuzida tarqalish B. rangi, tuzilishi, rivojlanishi va yashovchanligi C. tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish D. tuban va yuksak o‘simliklarga ajratish 147. Kamayib borayotgan o‘simliklar turlarini yo‘qolib ketishdan asrash, umuman foydali yovvoyi o‘simliklar fondini muhofaza qilish maqsadida nechinch yilda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi ta’sis etilgan., toping? A. 1979 B. 1977 C. 1978 D.1976 148. Rus olimi S.G.Navashin tomonidan yopiq urug‘li o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish hodisasining qacho kashf etgan? A.1798 B.1898 C.1908 D.1896 149. Qush va sut emizuvchilarning qanchadan ortiq turi yo‘qolib ketish arafasida turibdi, toping? A. 1000 B. 970 C. 880 D. 850 150. 1671 yil qayerlik olimlar tomonidan turli o‘simliklarda sellyulozali po‘stlar bilan ajratilgan bo‘shliqlar (xaltachalar yoki pufaklar) borligini aniqlangan, ayting? A. nemis olimi Moldenxover B. ingliz N.Gryu va italiyalik Malpigi C. ingliz Galiley D. ingliz Robert Guk 151. Avtotrof o‘simliklar o‘z navbatida uchga bo‘linadi.ular qaysilar, toping? A. yashil avtotroflar; xlorofili avtotroflar; saprofitlar B. yashil avtotroflar, xlorofilsiz avtotroflar, parazit va saprofitlar C. faqat yashil avtotroflar va xlorofilsiz avtotroflar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 152. Yashil avtotroflar guruhiga kiruvchi o‘simliklar qatorini toping? A. quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o‘simliklar B. kichik xlorofilsiz o‘simliklar C. quyosh nuridan emas,balki oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan kimyoviy energiyadan foydalanuvchi o‘simliklar D. Barcha javoblar to‘g‘ri 153. Ontogenez va filogenez tushunchasini fanga birinchi bo‘lib kim tomonidan nechinchi yilda kiritgan? A. I.V.Gyote,1867 B. E.Gekkel, 1867 C. Robert Guk, 1866 D. E.Gekkel, 1866 154. Yadro nechanchi yilda kim tomonidan kashf etilgan? A. 1831 y. R.Braun B.1837 y. I.Berselius C. 1885 y. A.Shimper D. 1833 y.R.Braun 155. Xemonsintez jarayonini kim tomondan kashf etilgan? A. Andrey Nikolaevich Beketov(1825-1902) B. Moldenxover (1812) C. S.V.Vinogradskiy (1856—1953) D. Vilgelm Gofmeyster (1851) 156. Qaysi olim irsiy o‘zgaruvchaniik to‘g‘risidagi gomologik qatorlar qonunini va madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratadi? A. N.I.Vavilov B. S.V.Vinogradskiy C. N.I.Jeleznov D. A.N.Beketov 157. Hujayra nazariyasini yaratgan olim kim va nechanchi yili? A. I.D.Chistyakovning (1843-1877) B. 1838 va 1839 yillar M.Ya.Shleyden va T.Shvan C. 1851yil Vilgelm Gofmeyster D. N.I. Jeleznov (1816-1877) 158. Shveysariyalik botanik O.P.Dekandol (1778-1841) o‘z davrining yetuk mutaxassis bo‘lib, qanday kashfiyot bilan shug‘ullangan? A. o‘simlik morfologiyasi, fiziologiyasi va sistematikasi B. binar nomenklaturasi C. o‘simliklarning tabiiy sistemasi D. biologik turlarning tabiiy tanlanish mexanizmi 159. N.I.Vavilov qanday o‘zgaruvchanlik to‘g‘risidagi gomologik qatorlar qonunini va madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratadi? A. jinsiy, irsiy, morfologik, modifikatsion B. jinsiy va jinsiz C. modifikatsion D. irsiy 160. Spirtli bijrishda qand moddasi qanday moddalarga aylanadi, toping? A. suv va karbonat angidridga B. spirt va suvga C. spirt va karbonat angidridga D. oksalat kislota va suvga 161. Avtotrof organizmlar fotosintez jarayoni tufayli necha mlrd tonna karbonat angidrid yutib, atmosferaga necha mlrd tonna kislorod ajratib chiqaradi, toping? A. 600,400 B. 650,430 C. 550, 380 D. 600, 420 162. Abu Rayhon Beruniy farmakognoziyaga bag‘ishlagan “Saydana” asarida necha tur o‘simliklarning botanik tavsifi, geografik tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirgan, toping? A. 700 B. 750 C. 650 D. 600 163. Poyasi ikkilamchi tartibda yo‘g‘onlashib, bo‘yi 4-5 metrdan oshmaydi. Markaziy Osiyoda o‘sadigan qaysi o‘simliklar shular jumlasidandir, toping? A. zirk, jing‘il, jiyda, bodom, anor B. faqat tol, qayrag‘och, zirk va jing‘il C. gilos, olcha, xurmo, zirk, jing‘il, jiyda, bodom, anor, D. tol, terak,zirk, jiyda, pista, gilos, anor 164. Mikrosomalarning diametri necha mkga teng, toping? A. 0,5-0,1 B. 0,6-0,2 C. 0,4-0,1 D. 0,3-0,1 165. Birinchi marta mitoxondriylar o‘simliklarda (“xondriosoma” nomi bilan) 1904 yilda tomonidan g‘o‘zadoshlar changdoni - tapetum hujayrasida topilgan, toping? A. Meves B. A.Shimper C. Kryuger D. Komparetti 166. Xloroplastlar o‘simlik organlarining yer yuzasidagi qismlari: asosan qaysi qismlarida uchraydi, toping? A. barglar, qisman poya, gul, meva va urug‘ B. ildiz, ildiz bo‘g‘zi, barglar, qisman novda, gul, meva va urug‘ C. ildiz bo‘g‘zi, barglar, qisman poya va ildiz, gul, meva va urug‘ D. Barcha javoblar to‘g‘ri 167. Xromoplastlar dastlab kim tomonidan 1837 yilda, keyinchalik 1885 yilda kim tomonidan aniqlangan, toping? A. R.Braun, A.Shimper B. A.Shimper, Machado C. I.Berselius, A.Shimper D. Porter va Machado 168. Xloroplastlar tarkibiga xlorofildan tashqari qo‘ng‘ir rang beruvchi va sariq rang beruvchi qanday pigmentlar kiradi, to‘g‘ri javobni toping? A. karotin C40H56 va ksantofill C40H56O2 B. karotin C38H54 va ksantofill C38H54O2 C. karotin C34H50 va ksantofill C34H50O2 D. karotin C36H52 va ksantofill C36H52O2 169. Sitoplazmada o‘rta hisobda qancha % suv, % oqsillar, % nuklein kislotalari, % yog‘lar, % uglevod mavjud, to‘g‘ri javobni toping? A. 80, 10, 2, 3, 1 B. 80, 12, 2, 5, 1-2 C. 70, 12, 2, 5, 2 D. 60, 10, 2, 3, 1-2 170. Murakkab oqsillar oddiy oqsil birikmalari —qanday moddalardan tashkil topgan, to‘g‘ri javobni toping? A. lipid, uglevod va nuklein kislotalar (lipoproteidlar, glyukoproteidlar, nukleoproteidlar) B. lipid, uglevod va glyukoproteidlar, nukleoproteidlar C. uglevod va nuklein kislotalar (lipoproteidlar, nukleoproteidlar) D. Barcha javoblar to‘g‘ri 171. Mitoxondriylarda qanday vita’minlar mavjud, toping? A. A, Ye, C, D B. A, C, PP, Ye C. A, V, K, Ye D. Barcha javoblar to‘g‘ri 172. Yopiq urug‘li o‘simliklarda plastidlarning kattaligi necha mkgacha yetadi, toping? A. 3 dan 8 B. 2 dan 10 C. 2 dan 8 D. 3 dan 10 173. Disaxaridlarga qanday moddalar kiradi, toping? A. saxaroza (C12H22O11) va maltoza B. saxaroza (C12H22O11) va kraxmal C. kraxmal (C6H10O5) va maltoza D. Barcha javoblar to‘g‘ri 174. Qoqi o‘tda (Taraxacum), sachratqida (Cichorium), tapinamburda (Heliantus tuberosus) qanday modda to‘planadi, toping? A. insulin (C6H10O5) B. saxaroza (C12H22O11) C. glyukoza (C6H12O6) D. Barcha javoblar to‘g‘ri 175. Yeryong‘oq urug‘ida va yongoq mag‘zida necha % ga qadar moy bo‘ladi, toping? A. 40, 60 B. 50, 75 C. 45, 60 D. 60, 70 176. Sariq rang beruvchi antoxlor pigmenti ko‘pincha gullardagi gultoj barglarning tarkibida hamda qanday o‘simliklarining mevalarida uchraydi, toping? A. limon, apelsin, mandarin va sitrus B. olma, behi, nok, yong‘oq, mandarin va sitrus C. olcha, apelsin, yong‘oq, gilos va sitrus D. Barcha javoblar to‘g‘ri 177. Xlorofil pigmentini ikkita qanday komponentga, ya’ni xlorofillga ajratadi? A. xlorofill “a” C55H70O5N3Mg va xlorofil “v” C55H70O7 N3 Mg B. xlorofill “a” C55H72O5N4Mg va xlorofil “v” C55H70O6 N4 Mg C. xlorofill “c” C55H72O5N4Mg va xlorofil “b” C55H70O6 N4 Mg D. xlorofill “c” C55H72O5N4Mg va xlorofil “b” C55H70O6 N4 Mg 178. Hujayra shirasi tarkibida qanday moddalar bo‘ladi? A. glikozidlar, polisaxaridlar, mineral tuzlar B. anabazin, oshlovchi moddalar, organik kislotalar C. glikozidlar, oshlovchi moddalar, organik kislotalar D. glikozidlar, kraxmallar, organik kislotalar 179. Antibiotiklar va fitonsidlarning tarkibi qanday moddalar iborat, toping? A. aminokislotalar, alkaloidlar, organik kislotalar, efir moylari va sinil kislotasi B. fitogarmon gibberellin C. sirkakislotalar, alkaloidlar, organik va mineral kislotalar, efir moylari D. Barcha javoblar to‘g‘ri 180. Po‘kkakli eman (Querus suber) daraxtida po‘kkakning qalinligi necha sm gacha borishi mumkin? A.25 B. 20 C. 15 D. 12 181. Aerenxima suvda va botqoqlikda yashovchi o‘simliklarning qaysi qismlarida yaxshi rivojlanadi? A.novda va ildizlarida B. poya, barg va ildizlarida C. faqat ildizlarida D. barcha javoblar to‘g‘ri 182. Afrika baobob daraxti necha yil, drakon esa necha yil yashaganligi aniqlangan, toping? A.5200, 6100 B. 5150, 6000 C. 5000, 5800 D. 4150, 5000 183.Doimiy to‘qimalarga qanday to‘qimalar kiradi? A.embrional, asosiy, mexanik va ajratuvchi B.qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va ajratuvchi C.qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy D.hosil qiluvchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy 184. Hosil qiluvchi to‘qimalaro‘simlikda joylanishiga ko‘ra qanday nomlanadi? A.ucki (tepa), ostki va oraliq hosil qiluvchi B.kambiy, yon (loteral) va interkolyar hosil qiluvchi C.periderma, yon (loteral) va g‘amlovchi D.ucki (apikal), yon (loteral) va interkolyar hosil qiluvchi 185.Asosiy (parenximatik) to‘qimalarni toping? A. ajratuvchi parenxima, assimilyasion parenxima yoki xlorenxima, g‘amlovchi parenxima, aerenxima B. so‘ruvchi parenxima, assimilyasion parenxima yoki xlorenxima, g‘amlovchi parenxima, aerenxima C. sklerenxima, assimilyasion parenxima yoki xlorenxima, g‘amlovchi parenxima, aerenxima D. elaksimon naylar, traxeidlar, g‘amlovchi parenxima, aerenxima 186. Mexanik to‘qimalarni to‘g‘ri toping. A. kollenxima, sklerenxima va sklereidlar B. aerenxima, sklerenxima va sklereidlar C.g‘amlovchi parenxima, sklerenxima va sklereidlar D. kollenxima, g‘amlovchi parenxima va aerenximalar 187. O‘tkazuvchi to‘qima tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra nechiga bo‘linadi? A. g‘amlovchi parenxima, sklerenxima va sklereidlar B. sut naychalari, traxeyalar hamda elaksimon naylar C. traxeidlar va traxeyalar hamda elaksimon naylar D. sxizogen va lizigen bo‘shliqlar 188.Quyida ayrim o‘simlik poyasining yashash davrlari ko‘rsatilgan. Mamont daraxti necha yil, Kiparis, Eman, Tilog‘och, Olma daraxtlari yashash davrlari necha yil? А. 5100,2500, 1100, 450, 180 B. 5000, 3000, 1200, 500, 200 C.4800,2800, 1150, 480, 150 D. 5000,2900, 1180, 480, 180 189.Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra qanday ildizlarga bo‘linadi? A. asosiy, yon, qo‘shimcha B. popuk, asosiy, oq C. asosiy, yon, oq D. yon, oq, kapilyar 190.Poyalarining shakli va yashovchanligiga qarab, barcha gulli o‘simliklar qanday o‘simliklariga bo‘linadi? А. daraxt, buta, chala buta, o‘t B. faqat daraxtlar C.faqat butalar, chala butalar D.ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar, daraxtlar, butalar 191.Ham simpodial, ham monopodial shoxlanish nima kabi o‘simliklarda uchraydi? A. yontoq, chitir, saksovul, g‘oza B.behi, chitir, choy, xina C.nok, g‘o‘za, olma, chinor D.sholi, g‘umay, ajriq, bug‘doy 192. Yer ustki shakli o‘zgargan novdalarga nimalar kiradi? A.tikan, jingalak, gajak, B.tok, qovoq, bodring C.gul, gajak, tikan D.zarpechak, qovoq, bodring 193. Agar o‘simliklarning yoki bir novdaning barglariga quyosh tushadigan tomonidan qaralsa, ularning hammasini ko‘rish mumkin. Hattoki ostki barglar ustki barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug‘ligiga talpinib turadi. Barglarning bunday joylanishiga nima deb ataladi? A. navbat bilan yoki ketma-ket joylashish B. geterofiliya C. qarama-qarshi joylashish D. barg mozaikasi yoki naqshlari 194.Gul o‘rniga nimalar joylashgan? А. gulkosa, gultoj, changchi va urug‘chilar B. oddiy yoki murakkab changchilar C.oddiy gulkosa va gultojlar D.murakkab gulkosa, changchi va urug‘chilar 195. Gul qismlarining gul o‘rinda joylashiga ko‘ra gullar qanday bo‘ladi? A.aktinomorf , zigamorf , assimetrik, siklik, asiklik va gemisiklik B.zigamorf (noto‘g‘ri), assimetrik, siklik, asiklik va gemisiklik C.aktinomorf (to‘g‘ri), siklik va gemisiklik D.zigamorf (noto‘g‘ri), asiklik va gemisiklik, aktinomorf (to‘g‘ri) 196. Shved tabiatshunosi kim (1707-1778) o‘zining “Botanika falsafasi” (1751) nomli asarida 1000 ga yaqin atamalami fanga kiritadi? A.I.V. Gyote va O.P. Dekandol B. Antuan De Jyusse C. Karl Linney D. O.P. Dekandol 197.Kimlar tomonidan 1874 yilda va 1875 tomonidan mitoz bo‘linish kashf etildi? A. Chistyakov va Gerdvig B. E. Straburger va V.I.Belyayev C.Chistyakov va E. Straburger D. V.I.Belyayev va S.G. Navashin 198. Kimlar tomonidan 1874 yilda va 1875 tomonidan mitoz bo‘linish kashf etildi? A. Chistyakov va Gerdvig B. E. Straburger va V.I.Belyayev C. Chistyakov va E. Straburger D. V.I.Belyayev va S.G. Navashin 199.Ayrim jinsli (bir jinsli) urg‘ochi gul belgisini toping? A. * B. ♂ C. D. ♀ 200.Chunonchi bug‘doydoshlar oilasi vakillarini yetilgan chang donachalari tarkibida necha foiz kraxmal, oqsillar, aminokislotalar va nuklein kislotalar, lipoidlar, kul va cho‘qindi moddalar bo‘ladi? A. 32,3 ... 31,2 ... 1,2 ... 3,1 ... 3,2 B. 43,3 ... 40,2 ... 2,2 ... 5,1 ... 8,2 C.23,3 ... 20,2 ... 0,2 ... 2,1 ... 5,2 D. 33,3 ... 30,2 ... 3,2 ... 1,1 ... 8,2 201. Hozir sistematikada 6 ta taksonomik birlik keng qo‘llaniladi, qaysilar toping? A. Bo‘lim; Sinf; Oila; Tur. B. Bo‘lim; Sinf; Tartib; Oila; Turkum; Tur. C.Sinf; Tartib; Oila; Tur. D. Tartib; Oila; Turkum; Tur. 202. Sabzi ildizmevasini ho‘l chirishi, kartoshka tuganagi, karam boshchalari chirishini keltirib chiqaruvchi Pectobacter carotovorum bakteriyasining salbiy ta’siri natijasida hosildorlik necha % pasayadi, toping? A. 60-70 B. 40-100 C.30-70 D. 40-70 203. Yashil suvo‘tlar sinfiga nechadan ortiq tur kiradi.? A. 5500 B. 5300 C.5100 D. 5000 204. Zamburug‘lar qanday usullarda ko‘payadi? A. jinsiy, jinssiz B. vegetativ C.jinsiy, jinssiz va vegetativ D. kurtaklanish 205.Barg poyali moxlar.Bu sinf 3 ta tartibni o‘z ichiga oladi.? A. Yashil moxlar (Bryales), Sfagnum moxlar (Sphagnales), Andrea moxlar (Andrales) B. Jigar moxlar(Hepaticae), Sfagnum moxlar (Sphagnales), Andrea moxlar (Andrales) C. Yashil moxlar (Bryales), Jigar moxlar(Hepaticae), Kakku-zig‘iri D. Yashil moxlar (Bryales), Riniya (Rhynia), Jigar moxlar(Hepaticae) 206.Dala qirqbo‘g‘imini lotincha nomini to‘g‘ri toping? A. Bryales B. Cycadopsida C. Equisetum arvense D. Ginkgopsida 207. O‘rta Osiyo tog‘li rayonlari quyidagi vertikal zonallik (poyaslik)larga bo‘linadi, qaysi zonalar toping? A. sahro, dasht, tog‘, yaylov B. cho‘li, adir, tog‘, yaylov C. cho‘li,subtropik, tog‘ oldi, tog‘, yaylov D.tropik, adir, tog‘ oldi, tog‘ 208. Cho‘l zonasidan yuqoriroqdagi adir zonasi dengiz sathidan, qanha balandlikda joylashgan, toping? A. 500-700 m, ba’zi joylarda esa 1200-1600 m B.300-500 m, ba’zi joylarda esa 800-1000 m C.200-400 m, ba’zi joylarda esa 700-900 m D.600-900 m, ba’zi joylarda esa 1300-1800 m 209. Adir zonasidan yuqorida tog‘ zonasi uchraydi. Bu zona dengiz sathidan qancha metrgacha bo‘lgan balandliklarni egallaydi, toping? A. 1200 dan1600 B. 1000-1200 dan1800-2000 C. 1200-1500 dan 2800-3000 D.800-1000 dan1800-2000 210. Tog‘larning 2000-2800 m balandligida har xil daraxtlar ko‘p bo‘ladi. Bu yerlarda ko‘pincha ninabarglilardan qaysilari uchraydi, toping? A. Tol, qora qarag‘ayi, o‘rik archa, qizil archa, savr archa B. Shrenk yeli, Semenov oq qarag‘ayi, o‘rik archa, qizil archa, savr archa C.zirk, Semenov oq qarag‘ayi, o‘rik archa, qizil archa, terak D.olcha, Semenov oq qarag‘ayi, bodom, qizil archa, savr archa 211. Archalar orasida qaysi o‘simliklar o‘sadi, toping? A. shilva, zag‘aza, tabulg‘i, olcha kabi butalar, ko‘p yillik o‘tlar B.tudana, o‘rik archa, majnuntol, shaftoli, lola, ko‘p yillik o‘tlar C.zirk, Semenov oq qarag‘ayi, o‘rik archa, qizil archa, terak D.yontoq, lola, tabulg‘i, ba’zan olcha kabi butalar,bir yillik o‘tlar Download 88.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling