Botanika indd
Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales
Download 1.37 Mb.
|
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI
Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales
Vosheriya (Vaucheria)1 turkumi vakillari chuchuk suvlarda, dengizlarda yoki sernam tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, ba’zan moxlarning protonemasi orasida usadi va baxmalsimon chim qatlamlari hosil qiladi. Ularning ayrimlari haqiqiy galo-fit {galo — tuz, fit — o‘simlik) bo‘lib, suv tarkibidagi tuz-iing miqdorini aniqlashda indikator sifatida foydalani-1 ladi. Vaucheria. A — anteridiy va oogoniyali ip; B — zoospo-rangiidan zoosporaning chiqishi; S-chapda qairilgan anteridii va oogoniy. Vosheriyaning yo‘g‘on ipsimon tallomi uzunligi bir necha santimetr, shoxlangan va rangsiz rizoidlari yordamida subst-ratga birikkan xolda usadi. Ipsimon tallomi hujayrasining sitoplazma devori atrofida ko‘p miqdorda do-nasimon yoki duksimon, pirenoidsiz xromatoforalar va yog tom-chilari bo‘ladi. Sitoplazma ko‘p yadroli, unda bir qancha mayda yadrolar xromatofora ostida joylashgan. Vosheriya jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi ipining yon shoxchalari uchidagi to‘siqlar bilan ajralgan zoosporangiylarda hosil bo‘ladigan bitta yirik zoospora vositasida boradi. Zoospora vujudga kelishidan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bilan aralashadi, so‘ng yadro hujayra devori atrofida va xromatofora esa hujayraning ichki qismida joylashadi. Zoospora yirik oval shaklda bo‘lib, ko‘p xivchinli. Har qaysi juft xiv-chin tagida sitoplazma, bitta yadro, uning ostida donador xromatofor joylashadi. Zoosporalar yetylganidan keyin zoosporangiy ustida asta-sekin teshikcha hosil bo‘ladi. Zoospora ana shu teshikcha orqali tashqariga chiqadi. Suvda xivchinlari yordamida harakat qilib, bironta substratga o‘rna-shadi, xivchinlarini tashlab, harakatdan to‘xtaydi va o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi. YEr ustida o‘sadigan ba’zi turlarida, zoosporalar bilan bir qatorda qalin po‘stli harakatsiz aplonosporalar va aki-netsporalar vujudga keladi. Vosheriyaning chuchuk suvlarda tarqalgan turlari bir uyli bo‘lib, dengizlarda tarqalganlari ham bir uyli, ham ikki uylidir. Vosheriyaning jinsiy ko‘payishi oogamiya. Uni ipida oogoniya va anteridiyalari bir-biriga yaqin joylashadi. Oogoniya tagi-dagi ko‘ndalang to‘siq bilan ipidan ajralib turadi, ichida bitta tuxumhujayra bo‘ladi. Bir uyli turlarida oogoniya yoni-da erkak jinsiy hujayra—anteridiy joylashadi. Anteridiy ilmoqsimon, qayrilgan silindrsimon, yon o‘simta ko‘rinishida bo‘lib, bukilgan joyidan ko‘ndalang to‘siq bilan ajraladi. To‘siqning yuqori qismida anteridiy bo‘lib, unda xromatoforalari bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Oogoniya ichidagi tuxum-hujayraning urug‘lanishi ancha masofada joylashgan anteri-diydan hosil bo‘ladigan spermatozoidlar yordamida sodir bo‘-lishi sababli, jinsiy organlar bir vaqtda taiyor bo‘lmaydi. Tuxumhujayra yetilgandan so‘ng, oogoniya yorilib, yoriqcha hosil bo‘ladi, undan rangsiz modda ajraladi, bu modda spermatozo-idni o‘ziga jalb etadi. Spermatozoidlardan faqat bittasi oogoniya burunchasidagi yoriqcha orqali ichkariga o‘tib, tuxum-hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish natijasida hosil bo‘l-gan zigota qalin pust bilan o‘ralib, moy tomchilari va gema-toxrom bilan to‘ladi. Tinim davrini o‘tab bo‘lgandan so‘ng, gaploid naslli ip o‘sadi. Vosheriyaning ba’zi turlarida oogoniya va anteridiy tal-lomining pastki o‘siqlaridan taraqqiy etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling