Botanika indd


KSANTOKAPSIMONLAR SINFI - XANTHOCAPSOPHYCEAE


Download 1.37 Mb.
bet5/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI

KSANTOKAPSIMONLAR SINFI - XANTHOCAPSOPHYCEAE
Bu sinf vakillari tabiatda kam tarqalgan. Ular ko‘pincha chuchuk suvlarda, ayrim vakillari esa sho‘r suvlarda uchraydi. Vegetativ hujayra palmelloid shaklda bo‘lib, koloniya hosil qiladi. Koloniya siljib harakat qiladi. Shilimshiq ichida tartibsiz joylashgan protoplast bo‘lib, unda hujayra devori bo‘lmaydi. Ba’zan palmelloid koloniya shilimshiqdan tashkil topgan ustunchalarda o‘rnashadi. Shilimshiq ichidagi hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, shu sababli koloniya yirikla-shib boradi. Qarigan koloniyaning bo‘laklarga bo‘linishi yoki zoosporalar hosil qilishi natijasida yangi yosh koloniya hosil bo‘ladi. Ba’zan yosh koloniya shilimshiqdan tashqariga chiqib, mustaqil rivojlanadi.
Bu sinf faqat bitta geteroleylilar tartibidan iborat.
Geteroleylilar tartibi — Heterogloeales
Bu tartibning tipik vakili sho‘r suvlarda tarqalgan gel-mintogleya (Hehninthogloea) dir. Hujayrasi shoxlangan tort-malardan tashkil topgankoloniyadan iborat. Koloniyaning osti ancha kengaigan va shilimshiqbilano‘ralgan bo‘ladi. Shilim-shiq ichida protoplastlar tartibsiz holda joylashgan, har bir protoplast alohida-alohida shilimshiq o‘rami bilan qop-langan.
Shakli sharsimots yoki ellipssimon koloniyali vakillariga gleoxloris (Gloeochloris planctonica, B) misol bo‘la oladi. Uning koloniyasi erta bahorda erigan qor suvl'arining to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘lmak suvlarida tarqaladi va plankton holda o‘sadi. Noqulay sharoitda sista hosil qiladi. Sista ikki qavat pust bilan o‘ralgan.




A — Helminthogloea ramosa, yosh koloniya; B — Cloeochloris plan-ctonica: G‘ — koloniya chetlari, 2— zoospora hosil bo‘lishi, 3aplanospo-ralar; V — Botrydiopsis; G‘ — vegetativ hujayra; 2 —zoospora hosil qi-lish,
3— aplanosporalar; G — Mis chccoccus confervicola: 1 — tashqi ko‘ri-nishi; 2 — zoosporalari.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling