Botanika indd


Ishning tuzilishi va hajmi


Download 1.37 Mb.
bet3/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI

Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kompyuterda terilgan 30 ta sahifadan iborat bo'lib, ish kirish, xulosa va adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi. Mazkur ishda 7 ta rasmlar keltirilgan.
I.BOB. SUVO’TLARI BO’LIMLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
1.1 .Tallomi va xujayrasining tuzilishi. hujayrasidagi zaxira moddar.


Bu bo‘lim vakillari har xil sharoitda keng tarqalgan bo‘lib, chuchuk suv havzalarida ko‘proq uchraydi. Ular yashil suvo‘tlariga juda o‘xshash. Shuning uchun ham ilgari bu bo‘lim vakillari yashil suvo‘tlariga qo‘shib o‘rganilgan. Hozir bir qancha muhim belgilarini hisobga olib, u mustaqil bo‘lish si-fatida ajratilgan. Eng muhim belgilari qatoriga quyidagi-lar kiradi: harakatchan vakillarida shakli va uzunligi har xil bo‘lgan ikkita xivchin bo‘lib, uzuni shoxlangan, qisqasi zsa silliq bo‘ladi. Tuban tuzilgan vakillarining hujayra po‘sti periplastdan, ko‘pchilik turlarida nektindan, ba’zi vakillarida esa sellyulozadan tashkil topgan. Ba’zan ikki qatordan tashkil topgan hujayra po‘sti qum tuproqli bo‘ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida bitta yoki ko‘p sonli juda ham mayda yadrosi, disksimon, plastinkasimon, yulduzsi-mon yoki kosachasimon xromatofora bo‘ladi. Xromatofora ko‘-pincha pirenoidsiz, ayrim hollarda pirenoid uchraydi. Xro-matoforada xlorofill «a», «s», ss va r— karotin hamda uch xil ksantofil: lyutein, violaksantin va neoksantin pigmentlari uchraydi. Bu pigmentlarning turli nisbatlarda qo‘shilishidan ularning rangi oqish sariqdan — qoramtir sariq, ba’zilari yashil va hatto havoranglarda bo‘lishi mumkin. Hujayrada kraxmal to‘planmay, balki yog‘ tomchilari, ba’zan volyutin va xrizolaminarin to‘planadi. Harakatchan vakillarida xromato-forning uch tomonida qizil ko‘zcha joylashadi. Monad shakldagi vakillarining old qismida bitta yoki ikkita qisqaruvchan vakuolasi bo‘ladi. Hujayrada mayda kristallchalar tarzidagi tanachalar bo‘lib, ularning tabiati va ahamiyati haligacha aniqlanmagan.
Vegetativ ko‘payishi hujayraning teng ikkita bo‘linishi vositasida boradi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yoki aplo-nosporalar hosil qilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi ayon, ba’zi vakillarida izo- yoki oogamiya. Noqulay sharoitda sista hosil qiladi.
Har xil xivchinlilarni sistemaga solishda (sinf va tar-tiblarga ajratishda) ularning tarixiy taraqqiyot davrlari a’tiborga olinadi. Evolyutsiya jarayonida ularda vegetativ tana turlicha shakllangan (monad, amyoboid yoki rizopodial, palmelloid, kokkoid, ipsimon, plastinkasimon va sifonsi-mon).
Bu bo‘lim quyidagi sinflarga bo‘linadi: ksantomonadsimonlar (Xanthomonadophyceae), ksantopodsimonlar (Xanthopodophyceae), ksan-tokokksimonlar (Xanthococcophyceae), ksantotrixsimonlar,) (XanShoxp-chophyceae) va ksantosifonsimonlar (Xanthosiphonophyceae).


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling