Botanika ixtisosligiga qo‘yiladigan talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan
Download 145 Kb.
|
Nazariy-metodologik kurs dasturi.2023 Mohira (3)
Dasturining asoslanishi
(Ixtisoslikka bo‘lgan zarurat) Jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtirilib, nazariyalar shakllantiriladi va kelgusi amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda barcha sohalar qatorida ilm-fanni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilib, e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar ilm-fan va ta’lim taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu borada, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorliyoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, jahonning yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish eng asosiy vazifalar etib belgilangan. So‘nggi ikki yillikda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi kuchayib, ochiqlik siyosati yakdillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki, hayotning har bir jabhasida dunyoning ko‘plab rivojlangan mamalakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Qayd etish lozimki, ushbu aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish bo‘yicha yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj tug‘diradi. Ayni kunlarda respublikada xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi bo‘yicha yirik oliy ta’lim dargohi bo‘lishiga qaramasdan 03.00.05 – Botanika ixtisosligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning soni juda ozchilikni tashkil etadi. Oxirgi yigirma yillikda yurtimizda mazkur ixtisoslik bo‘yicha kam sonli fan nomzodiyoki falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya himoya qilingani ham buning yaqqol dalilidir. Bu borada, tarkibida tabiiy fanlar fakulteti mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligida botanika kafedrasi mavjudligi, biroq, bu kafedlarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy qismi o‘z ilmiy tadqiqotlarini boshqa ixtisosliklarda amalga oshirganliklari yoki oshirayotganligini ham ta’kidlash zarurdir. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling