Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

Adabiyotlar: 1, 3. 
1. Iqlim omillari yer yuzida o‘simliklarning geografik taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bunga 
asosiy sabab quyosh radiatsiyasining yer yuzi bo‘ylab turlicha taqsimlanishidir. Natijada ekvatordan 
shimolga borgan sari o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Materiklarning 
dengiz bilan o‘ralganligi va ularning turli masofada joylanishi ham ularda o‘ziga xos iqlimni hosil 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Iqlim omillariga yorug‘lik, issiqlik, suv va havo kiradi. 
2. Yorug‘lik omili. Barcha yashil o‘simliklar rivojlanishi uchun yorug‘lik zarurdir. Yorug‘lik avva-
lo fotosintez jarayoni uchun zarurdir. Bu jarayonning jadalligi suv bug‘latish, oziqlanish, nafas olish 
jarayonini muntazam amalga oshishini ta’minlaydi. 
Yorug‘lik o‘simlikning ichki va tashqi tuzilishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik kuchsiz bo‘lgan joyda 
o‘suvchi o‘simliklarning tanasi ingichka, bo‘g‘im oraliqlari uzun, sarg‘ish yoki och yashil rangda 
bo‘ladi, barg va poyada maxanik to‘qimalar yaxshi rivojlanmaydi. Yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga 
ko‘ra o‘simliklar ikki guruhga bo‘linadi.
1. Yorug‘sevar o‘simliklar. 2. Soyasevar o‘simliklar. 
O‘rmon zonasidagi keng bargli daraxtlarga va ninabargli qarag‘ayga qancha yorug‘lik ko‘p tushsa 
ularda hayot jarayoni shuncha tez amalga oshadi. Bu daraxtlar orasida o‘suvchi paporotniklar va gru-
jankalar yorug‘likni juda kam talab qiladi hatto yorug‘lik ko‘payib ketsa ular qurib qoladi. 
Yorug‘likning ta’sirchanlik doirasi yer yo‘zining turli nuqtasida turlichadir. Masalan: ekvatorda kun va 
tun 2 marta teng bo‘lsa, qutublarda kunlar oylab davom yetadi. Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olib 
o‘simliklar 2 guruhga bo‘linadi. 


43
1. Uzun kunli o‘simlilkar. 2.Qisqa kunli o‘simliklar. 
Qisqa kunli o‘simliklarga tropik, subtropik va cho‘l zonasi o‘simliklari kiradi. Masalan soya, sholi, 
tamaki, g‘o‘za, makkajo‘xori, tariq, bodiring, qovoq kabilar. 
Uzun kunli o‘simliklar arpa, suli, zig‘ir javdar kabilardir. Uzun kunli o‘simliklar janubga, qisqa 
kunli o‘simliklar shimolga olib borib o‘stirilsa gullamaydi va meva hosil qilmaydi. Shimoliy hududlar-
da issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda.
3. Harorat omillari. Yer sharining quyosh radiatsiyasini turli miqdorda qabul qilishi ekvatordan 
qutblarga borgan sari o‘simlik qoplamini o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bunnig asosiy sababi ekva-
tordan shimolga borgan sari har 100 km masofada havo haroratini 0,5
0
- 0,6

ga pasayib borishidir. 
Natijada yer sharida quyidagi 6 ta iqlim zonasini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1. Arktik zona, 2. Tun-
dra zonasi, 3. O‘rmon zonasi, 4. Dasht zonasi, 5. Subtropik zona, 6. Tropiik zona. 
Issiqlikning o‘zgarishi yer yo‘zining tog‘lik qismida ham iqlimni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Dengiz sathidan har 100 m ga ko‘tarilgan sari havo haroratisi 0,5 - 0,6
0
ga pasayib boradi. Natijada 
tog‘larda vertikal zonallanishni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan: O‘rta Osiyo tog‘larida adir, 
tog‘, yaylov mintaqalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Umuman olganda o‘simliklarnig o‘sish va rivojlanishi 0
0
dan 100
0
S gacha bo‘lgan harorati orasida 
bo‘ladi. Harorat 0
0
dan pasaysa yoki 100
0
S dan ko‘tarilib ketsa o‘simlik halokatga uchraydi. Suv 
o‘tlarining arktikada yashaydigan ayrim vakillari -45
0
ga, ba’zi zamburug‘larning sporasi +90
0
Sga, 
ayrim o‘t o‘simliklarning urug‘i -80
0
S sovuq va +120
0
S issiqlikka bardosh beradi. Qarag‘ay o‘simligini 
-20

t a da assimiliyatsiya jarayonini amalga oshirishi aniqlangan. 
Suv o‘tlarining ayrim vakillari yuqori haroratili issiq buloqlarda ko‘p o‘sishi kuzatilgan. Masalan: 
Кamchatkadagi geyzerlar-da 28 tur ko‘k-yashil, 17 tur diatom, 7 tur yashil suv o‘tlari, xuja obigaram 
issiq buloqlarida ham yuqoridagidek suv o‘tlari borligi aniqlangan. 
Yuqori haroratiga bo‘lgan munosabatiga qarab o‘simliklarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. 
1. Mo‘tadil iqlimda o‘suvchi o‘simliklar Q30
0
. Bularga tundra, o‘rmon tundra va o‘rmon zonasi 
o‘simliklari kiradi. 2. Issiq sharoitda o‘suvchi o‘simliklar Q50 Q60
0
. Cho‘l va chala cho‘l o‘simliklari. 
3. Issiqqa chidamli o‘simliklar Q80 Q85
0
S (suv o‘tlari va bakteriyalar)
Issiqsevar o‘simliklarga haroratning pasayishi halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: g‘o‘za -2 -3
0
da, 
apelsin -5 -6
0
da halok bo‘ladi. Кaramning ayrim navlari -12
0
ga bardosh beradi. O‘simliklar hayoti 
uchun yillik haroratning o‘rtacha miqdori muhim rol o‘ynaydi. Masalan: Toshkentda u 5000, 
Astraxanda 4000
0
, Odessada 3500, Leningrada 2000
0
ni tashkil qiladi. 
4. Havo omili. Havo o‘simlikka muhim ekoloigk omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Yer sharida hav-
oning tarkibi doimo bir xil meyyorda turadi. Uning tarikbida 78% azot, 21% kislorod, 1% azon va 
0,03% karbonat angidirid gazi bo‘ladi. 
Кislorod o‘simliklarning nafas olish jarayoni uchun zarurdir. Кarbonat angidrid ega fotosintez ja-
rayoni uchun kerak. 
Havo oqimiga shamol deyiladi. Shamol o‘simlikka ekologik va fiziologik omil sifatida ta’sir 
yetadi. Shamol ta’sirida o‘simliklarda suv bug‘latiladi va havoda gazlar harakati yuzaga keladi. Shamol 
ta’sirida ko‘pchilik o‘simliklar changlanadi, meva va urug‘lari tarqaladi. 
Shamol o‘simlikka maxanik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ko‘pchilik o‘simliklar bayroqsimon shakil 
hosil qiladi yoki ko‘p hududlarda (vohalarda, dengiz qirg‘oqlarida, tundrada) o‘simliklarning yo‘q 
bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. 
O‘rta Osiyo hududida garimsel shamoli suv bug‘lanishini kuchayishiga sabab bo‘ladi va o‘simlikni 
halokatga olib keladi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarni anemofill o‘simliklar deyiladi.
Кo‘pchilik o‘simliklar - tuyaqorin, kermek, saksovul, juzg‘un, chalov, qoqio‘t, kabilarning urug‘i 
shamol yordamida tarqaladi. Bunday o‘simliklar anemoxor o‘simliklar deyiladi. 
5. Suv omili. Suv o‘simlik hayoti uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Barcha 
o‘simliklarnig 30 - 90% ni suv tashkil qiladi. Suv mavjudligi tufayli o‘simliklarda chiqish va tushish 
oqimi hosil bo‘lib, fotosintez va biokimiyoviy jarayonlar amalga oshadi, suv bug‘latib o‘simlik o‘zini 
o‘zi sovitadi. Tabiatda suv par, suyuq va qattiq holat da bo‘ladi. (qor, do‘l, qirov, muz). 
Barcha o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling