Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- P. D. Yaroshenko
1910 yili Bryuselda o‘tkazilgan xalqaro botaniklar kongressida qabul qilingan.
Akademik V. N. Sukachyov fikricha assotsiatsiya deb bir xil tarkibga, bir xil tuzilishga bir xil yashash sharoitiga va tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan turlarning birgalashib yashashiga aytiladi. Geo- botanikada assoasiasiyalar ikki xil usulda nomlanadi. 1- usulda assoasiasiya nomi ikkita o‘simlik nomi bilan nomlanadi. Masalan: sfagnum o‘tli qarag‘ayzor assoasiasiyasi. 2- usulda hukmron o‘simlik turlarini ko‘rsatish bilan. Masalan: yaltirbosh qo‘ng‘irbosh as- sotsiatsiyasi, qo‘ng‘irbosh - rang assotsiatsiyasi. O‘zaro o‘xshash assoasiasiyalar. Assotsiatsiyalar guruhini bir necha assotsiatsiyalar birlashib for- matsiyalarni, bir necha formatsiyalar birlashib formatsiya sinfini va ular eng yirik geobotanik birlik o‘simlik tiplarini hosil qiladi. yer sharidagi o‘simlik tiplari juda xilma xil bo‘lib, (o‘romn, dasht, bot- qoq, o‘tloq, savanna va hokazo) ularning yig‘indisi o‘simlik qoplami tushunchasini beradi. Bu o‘simlik qoplami doimo dinamik harakatda bo‘lib, rivojlanadi, o‘zgaradi va almashib turadi. Yilning ma’lum faslida, yil davomida umumiy iqlim va tuproq sharoitining o‘zgarishi natijasida o‘simlik jamoasida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bunday o‘zgarish xususiy va umumiy harakterga ega bo‘lib, jamoa taraqqiyotiga yoki inqirozga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xususiy o‘zgarishlar muayan bir yerda bir xil o‘simlik qoplamini ikkinchisi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Umumiy o‘zgarishlar katta hududda (zonada) sodir bo‘ladi va fitosenozni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. P. D. Yaroshenko fikricha bunday o‘zgarishlar quyidagi II guruhga bo‘linadi. 1. Tabiat ta’siridagi o‘zgarish. 2. Insonlar ta’siridagi o‘zgarishlar. Tabiat ta’siridagi o‘zgarishlar doimiy va tasodifiy o‘zgarishlarga bo‘linadi. Savollar: 1. Geobotanika fani nimani o‘rganadi? 2. Fitotsenoz deganda nimani tushunasiz? 3. Agrofitotsenoz degandachi? 4. Dominant tur deganda nimani tushunasiz? 5. Yarus (qavatlilik) degandachi? 6. Geobotanikada qanday taksonomik birliklar qo‘llaniladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling