Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. V. Alexin
A. A. Кorchagin taklifiga ko‘ra o‘simliklar jamoasida yuz beradigan o‘zaro munosabatlar
quyidagi toifalarga bo‘linadi. 1. To‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlar. Bunga parazitlik, epifitlik, sim- biozlik, fiziologik, biokimiyoviy va maxanik munosabatlar kiradi. 2. Vositali munosabatlar. Bunga mu- hit hosil qiluvchi va raqobatlik qiluvchi munosabatlar kiradi. 3. Fitosenozlarni taqqoslashda har bir jamoaning turlar tarkibi, yarusligi, davriyligi, yashash joyi kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Turlar tarkibi o‘rganilganda har bir to‘rning va hukmron (daminant) to‘rning yer yuzini qoplash darajasiga alohida e’tibor beriladi. Bunda ma’lum kattalikdagi (1,10 yoki 100 m 2 ) maydonda uchraydi- 47 gan o‘simliklar o‘rganilganda ular soni aniqlanadi va ro‘yxatga olinadi. Ma’lum maydondagi har bir tur soni va barcha turga mansub o‘simlikning biomassasi aniqlanadi. Eng ko‘p biomassaga ega bo‘lgan tur dominant, (edifikator) qolgan turlar subdominant turlar hisoblanadi. Professor V. V. Alexin fikricha Kursk viloyatidagi dasht zonasida 1m 2 maydonda 1939 ta o‘simlik bo‘lib, ular 77 turga mansubligi aniqlangan. O‘simlik jamoasida-fitosenozlarda uchraydigan turlar bir biriga nisbatan turli baland pastlikda joylashadi, bunday joylashishga yaruslik yoki qavatlilik deyiladi. Yaruslar uni hosil qiluvchi o‘simliklarga bog‘liq ravishda bir necha qavatda joylashishi mumkin. Masa- lan o‘rmon zonasida o‘suvchi o‘simliklar quyidagi 5 ta yarusni hosil qiladi. 1- yarus daraxt, 2 -yarus bo‘ta, 3- yarus o‘t o‘simliklari, 4 -yarus moxlar, 5- yarus lishayniklar, suv o‘tlari zamburug‘lar bakteri- yalar. Yarusni hosil bo‘lishi tuproq sharoitiga bog‘liq, nam yetarli bo‘lgan yerlarda ko‘proq yarus hosil bo‘ladi. Eng ko‘p yaruslik tropik zonada uchraydi. Yaruslik yer usti va yer osti yarusligini hosil qiladi. O‘tloq zonasining yer osti yaruslarida yer yuziga yaqin joylarda bir yillik o‘t o‘simliklar, 2 - yarusda o‘q ildiz hosil qiluvchi dukkakli, mu- rakkabgulli, labguldoshlar ildizi joylashsa 3 - yarusda g‘alla guldoshlar oilasi vakillari ildizi joylashadi. O‘simliklarni yarus hosil qilib joylanishi muhim biologik ahamiyatga ega. Natijada yer usti yaruslari quyosh energiyasidan muntazam foydalanishga sabab bo‘lsa, yer osti yaruslarda tuproqdan olinadigan mineral moddalarni me’yorida olishga imkon beradi.Tabiatdagi fitosenozlarning bir biriga taqqoslasak o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘ramiz. Fitosenozlar farqini ko‘rsatib ularni ma’lum klassi- fikatsiyaga solinadi. 4. Hozirgi vaqtda o‘simliklar jamoalarida quyidagi geobotanik birliklar qo‘llaniladi. 1. Assotsiatsiya. 2. Assotsiatsiya guruhi. 3. Formatsiya. 4. Formatsiya guruhi. 5. Formatsiya sinfi. 6. O‘simliklar tipi. O‘simliklar jamoasidagi ma’lum bir maydondagi o‘simliklar guruhi assotsiatsiya deyiladi. Bu nom Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling