Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1567405
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya virusologiya (1)



2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar 
ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak 
bakteriyalar tahlili
Mashg’ulotning maqsadi: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlar 
bilan tanishish, ulardan preparat tayyorlash texnikasi bilan o’rganish, tugunak 
bakteriyalarni tahlil qilish. 
Nazariy qism: Tuganak bakteriyalar dukkakli o’simliklar bilan simbioz 
holatda yashaydi. Bu bakteriyalarning shunday deb atalishiga sabab - ular o’simlik 
ildiziga o’tganda ildiz to’qimalari kattalashib tuganaklar hosil bo’ladi.
Tuganak bakteriyalar Rhizobium avlodiga kiradi. Bakteriyalar asosan qaysi 
o’simliklarda tuganak hosil qilishiga qarab, shu o’simlik nomi bo’yicha tur nomi 
beriladi: Rh.phaseoli (loviya), Rh.trifolii (beda), Rh.meliloti (yo’ng’ichqa), 
Rh.leguminosarum (no’xat).
Tuganak bakteriyalar, odatda, tuproqda uchraydi. Ular uzunasiga 3 mkm dan 
oshmaydigan 
mayda, 
harakatchan, 
grammanfiy 
tayoqchalar 
bo’lib 
psevdomonadalarga juda o’xshab ketadi. O’simliklar urug’i o’sayotganda tuganak 
bakteriyalar ildiz tukchalari bilan to’qnashadi. O’simlik ildiz tizimining 
zararlanishi faqat yosh ildiz tukchalari orqali bo’ladi. Rhizobium ta’sirida va 
o’stiruvchi modda ishtirokida ildiz to’qimasi o’sib ketadi, natijada tuganaklar hosil 
bo’ladi. Tuganaklarda bakteriyalar tez ko’payadi, hajmi oshadi va shaklini 
o’zgartiradi: tayoqchalardan kolbasimon shishgan hujayralarga - bakteroidlarga 
aylanadi. Turli dukkakli o’simliklarning tuganaklarining shakli va o’lchamlari 
turlicha bo’ladi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, 
immersion moy, buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik 
ob’ekt, steril ozuqa muhit, dezinfiktsiyalovchi modda, termostat. 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling