Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1567405
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya virusologiya (1)

Kerakli jihozlar va reaktivlar: MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, 
immersion moy, buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik 
ob’ekt, steril ozuqa muhit, dezinfiktsiyalovchi modda, termostat. 
Ishning bajarilishi: Tuproqdagi tuganak bakteriyalarni ajratib olish uchun 
Krasilnikov va Korenyanko (1940) metodi qo’llaniladi. Buning uchun dukkakli 
o’simliklar urug’i sulema eritmasi bilan sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan 
yuviladi. Keyin urug’ mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi. 
Bakteriya yuqtirish uchun tuproq eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Agar tuproqda 
tuganak bakteriyalar bo’lsa, ular o’simlikda tuganaklar hosil qiladi. Ular 2—3 
haftadan so’ng aniq ko’rinadi. Dukkakli o’simlik ildizidan qirib olingan 
tuganakdan NN3 ajraladi. Fin olimi Virtanen aytishicha, tuganak bakteriyalar azot 
o’zlashtirganda eng avval asparagin kislota hosil bo’lar ekan:
N2→NN2ON 
yoki gidroksilamin 
NH3→SOON . SN . NH2 . SN2 . SOON 
asparagin kislota 
Uglerod manbai → SOON . SO . SN2 . SOON 
Oksalat-sirka kislota 
Virtanen fikricha, bakteriyalar ko’p miqdorda azotni o’zlashtirib, uning 
bir qismi ildizlardan gidroksilamin va oksalat-sirka kislota shaklida ajralib 
chiqadi. 
Tugunak bakteriyalarni to’plash va aniqlash. 
Nazariy qism: Dukkakli ekinlar mahalliy yoki mineral o’g’it berilmaganda 
ham normal rivojlanib, hosilga kirishi qadimdan ma’lum. Buning sabablarini 
birinchi marta fransuz olimi Jan-Batist Bussengo 1838 yildan boshlab tekshirgan. 
SHu tekshirish natijalariga asoslanib, u dukkakli o’simliklar molekulyar azotni 
o’zlashtira oladi degan xulosaga kelgan. Oradan 20 yil o’tgach, Bussengo dukkakli 
va don ekinlari ustidagi tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini 
tobora takomillashtiradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli 
birikmalarni yo’qotish uchun shu birikmalar batamom yonib bo’lguncha tuproqni 
qizdiradi (sterillaydi). SHu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning 
yarmiga no’xat va qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini ekadi. Lekin ekilgan 
no’xat va don ekinlari urug’i ko’karib chiqsa ham, keyinchalik o’smay 
qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu tajriba natijalariga asoslanib, o’zining 
dastlabki, ya’ni dukkakli o’simliklar havodagi erkin azot bilan oziqlanib, bemalol 
o’sadi va rivojlanaveradi degan fikridan voz kechadi. 
1888 yilda nemis olimlari Gelrigel bilan Vilfart ham dukkakli o’simliklar 
bilan tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu tajribalarda dukkakli o’simliklar urug’ini 
qizdirilgan hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga ekadilar va shu tajriba 
natijalariga aeosan quyidagi xulosaga keladilar: 
1) qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan 
ko’kargan dukkakli o’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan 
tuproqqa ekilgan dukkakli o’simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi


2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o’simliklargina 
molekulyar azotni o’zlashtira oladi. 
Dukkakli o’simliklar molekulyar azot o’zlashtirishi sabablarini rus olimi M. 
S. Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin 
1865 yilda dukkakli o’simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va 
shoxlangan bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni 
davom ettirib, tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib olgan va ularga 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling