Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi


bakterium rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola)


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1567405
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya virusologiya (1)

bakterium rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola) degan nom 
bergan. Shunga asosan ular tugunak bakteriyalar deb atalgan. Bu 
bakteriyalarning yo’g’onligi 1 mkm, uzunligi 4-5 mkm keladi. Ba’zilari shoxlanib 
turadi. Mayda tayoqcha shaklidagi shakllari ham uchraydi, ularning uzunligi 0,9 
mkm, yo’g’onligi 0,2 mkm dan oshmaydi. 
Bakterium rizobium radisikolaning rivojlanish davri juda murakkab bo’lib, 
bu davr mobaynida uning shakli ham juda o’zgarib turadi. Yosh
tugunak 
bakteriyalar ancha harakatchan bo’lib, ularning yo’g’onligi 0,18 mkm va uzunligi 
0,9 mkm, keladi. Vinogradskiy ma’lumotlariga ko’ra, bu bakteriyalar 24 soat 
mobaynida 2,5 sm masofaga siljir ekan. 
Harakatchan bakteriyalar rivojlanish davrining birinchi bosqichida oddiy 
bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa xivchinlarini to’kib, 
harakatdan to’xtaydi va hajmi kattalashadi. Bakteriyaning hujayrasi ichida vakuola 
vujudga keladi, hujayraning o’zi esa belbog’li bo’lib ko’rinadi. Belbog’li hujayra 
kokk shaklidagi bir necha harakatchan hujayralarga bo’linadi. SHu paytdan 
e’tiboran rivojlanish davrining birinchi bosqichi yangidan boshlanadi (1-rasm).
Qarib qolgan bakteriyalarning ba’zi birlari shoxlangan shaklda bo’ladi va 
bakteroid deb ataladi. Ular ham belbog’li bo’lib ko’rinadi (2-rasm). 
Tugunak bakteriyalar tugunak ichidagina yashamasdan, tuproqda ham bir 
necha yilgacha nobud bo’lmay saqlanadi. Bu bakteriyalar radisikola degan 
umumiy nom bilan atalsa ham, har qaysi dukkakli o’simlikning o’ziga xos 
bakteriyasi bo’ladi (3-rasm).
Tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra: no’xat, vika, china va 
burchoq; lyupin va seradella; beda va qashqarbeda; loviya, soya; nut; sebarga va 
boshqa dukkakli o’simliklar ildizida rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi. 
Dukkakli o’simliklar tugunak bakteriyalarni tarkibida azot bo’lmagan
organik moddalar bilan ta’minlab turadi. Bakteriyalar esa dukkakli 
o’simliklarga azotli birikmalarni etkazib beradi, ya’ni ular o’zaro simbioz hayot 
kechiradi. 
Tuproqda erkin holda yashaydigan tugunak bakteriyalar o’simlikning ildiz 
to’qimalariga kirishdan oldin, ildiz tukchalari yoniga to’planib ko’payish bilan bir 
qatorda, ularning po’stini yumshatadi. 
Hujayra ichiga kirgan bakteriyalar o’zidan shiliq chiqaradi, u ipsimon bo’lib 
cho’ziladi. Bu infeksion ip deb ataladi (4-rasm). Ildiz tukchalarining hujayralari 
bakteriyalar tomonidan yumshatilgandan so’ng tez fursatda bo’linadi va cho’zilib 
tugunakka aylanadi. Tugunak hosil bo’lgandan keyin hujayralarning protoplazmasi 
tugunak bakteriyalar bilan to’ladi. O’simliklar hujayrasi bo’linganda tugunak 
bakteriyalar ham deyarli baravar taqsimlanadi (5-rasm). 


 Dukkakli ekinlarni o’ziga xos aktiv tugunak bakteriyalar bilan boyitish 
maqsadida ular sun’iy yo’l bilan tayyorlangan bakterial o’g’itlar bilan 
oziqlantiriladi. Bu o’g’itlar nitrogen deb ataladi. Nitrogenni suvda eritib,
ekiladigan dukkakli o’simlikning urug’i shu eritmada namlanadi. Nitrogen 
bilan namlangan urug’larni shu kunning o’zidayoq ekish zarur aks holda 
bakteriyalarning aktivligi pasayib ketishi mumkin. Urug’i nitrogen bilan namlab 
ekilgan dukkakli o’simliklarning hosili 14-50% ortadi. 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling