Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1567405
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya virusologiya (1)

Ishning bajarilish: Simbiotik azotfiksirlovchi mikroorganizmlar bilan 
tanishish uchun mosh, no’xat, vika, soya, lyupin kabi dukkakli o’simliklarning 
ildizini tuganaklari bilan umumiy ko’rinishi chizib olinadi.
1. Tuganak bakteriyalarning preparati Rh. meliloti ni 3-4 sutkali kulturasidan 
tayyorlanadi. Bular mayda, harakatchan 0,5-0,6 x 1,2-3 mkm li tayoqchalar spora 
hosil qilmaydi, grammanfiy.
2. Tuganaklarning bakteroidli to’qimasidan preparat tayyorlash. 
Buyum oynachasiga tuganak qo’yiladi va uning ustidan boshqa buyum oyna 
bilan bosiladi. Ezilgan tuganakka bir tomchi suv qo’shilib aralashtiriladi, qoplagich 
oyna bilan yopib mikroskopda ko’riladi. Preparatda bakteroidlar - harakatsiz, 
yo’g’onlashgan, rogatkasimon, hamda kolbasimon shishgan, noksimon yoki sferik 
hujayralar ko’rinishi kerak. 
Tugunak bakteriyalar tahlili   
Nazariy qism: M. S. Voronin (1886) dukkakli o’simliklar ildizida 
mikroorganizmlar borligini aniqlagan. Nemis olimlari G. Gelrigel va T. Vilfort 
(1886) qizdirilgan (ya’ni barcha bakteriyalari nobud qilingan) qumga dukkakli 


o’simlik ekib, uning ildizida tuganaklar hosil bo’lmaganligini kuzatganlar. O’z 
tajribalaridan ular shunday xulosa chiqaradilar:
1. Azot bilan oziqlanish jihatidan dukkakli o’simliklar boshqa o’simliklardan 
keskin farq qilar ekan.
2. Dukkakli o’simliklarning o’zi atmosfera azotini o’zlashtira olmasdan, ular 
ildizida simbioz holda yashaydigan bakteriyalar o’zlashtirar ekan.
Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M.Beyerink sof holda ajratib 
oladi va Bact. radicola deb nomlaydi. Hozir bu bakteriyalar Rhizobium avlodiga 
kiritilgan.
Bu bakteriyalar sun’iy muhitda yaxshi o’sadi. Lekin erkin azotni 
o’zlashtirmaydi, faqat dukkakdosh o’simliklar bilan simbioz holda yashaganda 
azotni o’zlashtiradi.
Tayoqchalar shu vaqtda tarmoqlanadi va bakteroiod deb nomlanadi. Ular har xil 
shaklga ega bo’ladi: tayoqcha, bukilgan tayoqcha, rogatkasimon ko’rinishga ega va 
kokklarga ajraladi, bulardan yana harakatchan tayoqchalar o’sib chiqadi. 
Tuproqda uchraydigan tuganak bakteriyalar dukkakli o’simlik ildiz tukchalari 
atrofida to’planadi va ularning po’stini eritib, ildiz hujayrasiga o’tadi va ko’paya 
boshlaydi, hujayralarni to’ldirib yuboradi. O’simlik o’z navbatida ildiz 
hujayralarining bo’linish protsessini tezlashtiradi va bakteriyalarni tuganak ichiga 
o’rab oladi. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan fiziologik aktiv moddalar ildiz 
hujayralarining bo’linishini yanada tezlashtiradi va ildizga ko’p miqdorda shakar 
oqib kelishini ta’minlaydi. Bakteriyalar shakarlar bilan oziqlanadi va o’simlikni 
azot bilan ta’minlaydi.
Agar dukkakli o’simlikka bor mikroelementi berilsa, simbioz ikkala organizm 
uchun foydali bo’ladi, agar bor elementi yetishmasa, N. Toriton ko’rsatganidek, 
floema naylari yaxshi rivojlanmaydi, natijada shakarlar ildizga kam keladi va 
tuganak bakteriya parazit holda oziqlanishga o’tadi. Shunday qilib, tuganak 
bakteriya o’simlikka, o’simlik bakteriyaga moslashib boradi.
Tuganak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatga (spetsifiklik) ega. Hozir 
bularning 20 dan ortiq irqi ma’lum. Har bir irq ma’lum o’simlikda yashaydi. 
Masalan, sebarga ildizida rizobium trifolia, soya ildizida - rizobium yaponikum, 
loviya ildizida - rizobium fasoli, beda va qashqarbeda ildizida - rizobium meliloti, 
no’xat, xushbo’y no’xat, burchoq va nutda - rizobium legiminozarum, lyupin 
ildizida - rizobium lupini tuganaklar hosil qiladi .
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuganak bakteriyalarda har xil 
dukkakdosh o’simliklarga nisbatan moslanish bor, ya’ni ular ma’lum bir 
turlardagina o’sa oladi. Shu xususiyatiga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’lish 
mumkin: 
1) no’xat, yovvoyi no’xat, china va burchoq bakteriyalari;
2) lyupin va seradella bakteriyalari; 
3) beda va qashqarbeda bakteriyalari; 
4) loviya bakteriyalari; 
5) soya bakteriyalari;
6) nut bakteriyalari;
7) sebarga bakteriyalari. 



Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling